Neft-gaz ishi va ularni qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi

Neft-gaz ishi va ularni qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi

 

  Ma'lumot
Mamatov Nurbek

Kafedra mudiri

Ne’matov Xusan Ibodullayevich

Telefon: +998973192969

Kafedra 2025-yil 1-martdan Qarshi davlat texnika universiteti “Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish” va “Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi” bazasida ochilgan. Kafedrada Bino inshoatlar qurilishi (neft va gazni qayta ishlash sanoati ob’yektlari), Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi, Neft-gaz kimyo sanoati texnologiyasi “Neft va gaz ishi (Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish)” bakalavriatlari hamda Neft va gazni qayta ishlash jarayonlari va apparatlari, Neft va gazni qayta ishlash va kimyoviy texnologiyasi, “Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish”, “Neft va gaz konlari mashina va jihozlaridan foydalanish”,“Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlarni tayyorlaydi.

“Neft-gaz ishi va ularni qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasining tuzilmasi

Proffesor o‘qituvchilarning tarkibi:

5-ta professor

14-ta dotsent texnika fanlari nomzodi

9-ta katta o‘qituvchi

8-ta assistent

 

60730300-Bino va inshoatlar(neft va gazni qayta ishlash sanoati ob’yektlarini loyihalashtirish va qurish) bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitiruvchilari 75 ta.

60721100-“Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi” bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitiruvchilari 60 ta.

60720900-“Neft-gaz kimyo sanoati texnologiyasi” bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitiruvchilari 56 ta.

70721601-“Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi” magistratura mutaxassisligi-18 ta.

60721100 – “Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi” sirtqi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitiruvchilari 128 ta.

 

 

60730300-Bino va inshoatlar(neft va gazni qayta ishlash sanoati ob’yektlarini loyihalashtirish va qurish) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha.

faoliyat turlari:

  • Loyihaviy-konstruktorlik;
  • Ishlab chiqarish-texnologik;
  • Tashkiliy-boshqaruv;

5340200-Bino va inshootlar qurilishi (neft-gazni qayta ishlash sanoati ob’yektlari) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha

faoliyat turlari:

  • O‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat;
  • Muhandislik-qidiruv va loyiha konstruktorlik faoliyati;
  • Ishlab chiqarish-texnologik faoliyati;
  • Tashkiliy-boshqaruv faoliyati;
  • Ilmiy-tadqiqot faoliyati;
  • Foydalanish servis faoliyati;

60721100-Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha

faoliyat turlari:

  • Ishlab chiqarish;
  • Ilmiy-tadqiqot;
  • Tashkiliy-boshqaruv;
  • Loyihaviy-konstruktorlik;
  • Foydalanish va servis hizmatini ko‘rsatish;
  • Pedagogik (umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida)

60720900-Neft-gaz-kimyo sanoati texnologiyasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha

faoliyat turlari:

  • Ishlab chiqarish;
  • Ilmiy-tadqiqotlar;
  • Tashkiliy-boshqaruv;
  • Loyihaviy-konstruktorlik;
  • Foydalanish va hizmat ko‘rsatish;
  • Pedagogik (umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida)

70720601-Neft va gazni qayta ishlash jarayonlari va apparatlari mutaxassisligi bo‘yicha

faoliyat turlari:

  • Ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik;
  • Loyihaviy-konstruktorlik va texnologik;
  • Tashkiliy-boshqaruv;

Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi bitiruvchilarining faoliyat olib boradigan korxonalari.

 

  1. “Sho‘rtangaz kimyo majmuasi” MChJ
  2. O‘zbekiston GTL korxonasi
  3. Sho‘rtanneftgaz qazib chiqarish boshqarmasi
  4. Muborak gazni qayta ishlash zavodi
  5. Muborakneftgaz qazib chiqarish boshqarmasi
  6. Muborak magistral gaz quvurlar boshqarmasi
  7. Hududgaz Qashqadaryo xududiy filiali.

“Neft-gaz va ularni qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi neft va gazni qayta ishlash sanoati ob’yektlari bo‘yicha bitiruvchilarni tayyorlashga yo‘naltirilgan bo‘lib yetakchi tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi:

  1. “Sho‘rtangaz kimyo majmuasi” MChJ
  2. O‘zbekiston GTL korxonasi

 

Kafedraning namunaviy mavzulari

  1. Geterokompozit polimer materiallarni deformatsion xossalarini oshirish xisobiga neft quvurlarni ekspluatatsion ishonchliligini ta’minlash.
  2. Difeniya amino mochevinalarning sintez texnologiyasi, xossalari va qo’lanilishi.
  3. Sintez gazidan gibrid katalizatorlar ishtirokida yuqori molekulali birikmalar olish texnologiyasi.
  4. Yengil benzin fraksiyasini izomerizatsiyalash jarayoni uchun katalizator olish texnologiyasini ishlab chiqish.
  5. Tabiiy gazlarni adsorbsion quritish jarayononi takomillashtirish.
  6. Konservatsiyadan so‘ng ishlatishga kiritilgan quduqlarning ko‘rsatkichlariga geologik-fizik va texnologik omillarning ta’sir darajasini o‘rnatish
  7. Gazni qayta ishlash korxonalarida energiya samaradorligiga erishish.
  8. Sintetik CaA tipidagi seolitlarni adsorbsion va regenarasion xususiyatlari tadqiqi.

Moddalarni aralashtiruvchi o‘quv laboratoriya uskunasi bulib issiqlik ta’sirida xam ayrim kimyoviy reaksiyalarni amalga oshirish mumkin.

 

Analitik tarozi 0.0002 gr gacha aniqlikda va maksimal 160 gr gacha tortadigan tarozi bulib neft mahsulotlarini aniq gr da ulchash uchun ishlatiladi.

 

400 0C temperaturagacha qizadiradigan o‘quv laboratoriya uskunasi bilib neftni deyarli oxirgi mahsulotgacha ajratib olishga moslashgan. Bu laboratoriya uskunasida o‘ndan ortiq reaksiyalarni amalga oshrish mumkin masalan polimerlanish, polikondensatlanish, kationidalar va anionidlar v.b.

 

Adsorbentlar va ba’zi moddalar tarkibidagi namlik miqdorini aniqlash uchun ishlatiladigan o‘quv laboratoriya uskunasi.

 

Vakumli sharoitda neft tarkibidan mexanik aralashmalarni ajratib olish uchun ishlatiladigan laboratoriya qurilmasi. Undan tashqari ko‘pgina suyliklarni feltrlash va ayrim moddalarni neytrallash uchun ishlatiladi.

Neft yoki neft mahsulotini kinematik qovushqoqligini viskozimetr yordamida aniqlash. Bu usul aniq bir hajmda tekshiriladigan suyuqlikni o‘z og‘irlik kuchi ta’sirida kapillyardan oqib o‘tish vaqtini o‘lchashga asoslangan laboratoriya uskunasi.

Neft va neft mahsulotlarini zichligini areometr yordamida aniqlaydigan o‘quv laboratoriyasi. Bu areometrlar deyarli barcha suyuqliklarni zichligini o‘lchay oladi sababi ularning zichligi 0-2 gacha.

Neft mahsulotlari tarkibidagi to‘yinmagan uglevodorodlar miqdorini aniqlash uchun yod va brom sonlarini aniqlash usullari qo‘llaniladi. Bu usullar neft mahsulotlarining tarkibidagi qo‘shbog‘larga yod yoki bromni birikish qobiliyatiga asoslangan bulib rasmda keltirilgam laboratoriya idishlaridan foydlaniladi.

Zichlikni aniqlash uchun xar xil hajmga ega bo‘lgan darajalangan shisha piknometr qo‘llaniladi. Har bir piknometr uziga xos “suv soni”, ya’ni shu piknometrning 20°C dagi suv massasi bilan tavsiflanadi. Bu usul yordamida neft va neft mahsulotlarini zichligi aniqlanadi.

 

Mufliniy pech yuqori temperaturada ya’ni 900 0C gacha qizdirishga muljallangan laboratoriya uskunasi bulib bu pechda bir necha tajribalar amalga oshriladi.

 

Spektrofotometr biologik, kimyoviy, klinik va ekologik tadqiqotlarda keng qo'llaniladi. Spektrofotometriya kimyoviy nurni spektrofotometrdagi namuna orqali o'tkazish orqali qancha nur olishini o'lchaydi. Aniqlangan yorug'lik intensivligini o'lchash orqali namunadagi eritmaning konsentratsiyasini aniqlash uchun usuldan foydalanish mumkin. Undan tashqari neft yoki neft mahsulotini guruh tarkibini aniqlashga muljallangan.

Dina va Starka usuli. Bu usul yordamida Neft va neft mahsulotlari tarkibidagi suv miqdorini aniqlash. U neft yoki neft mahsulotlari namunalari bilan erituvchini azeotrop haydashga asoslangan.

 

Oddiy haydash usuli yordamida motor yoqilg‘ilari, kerosin, benzol, toluol, ksilollarni fraksiya tarkibini aniqlash. Neft mahsulotlarini fraksiya tarkibini aniqlash atmosfera bosimida oddiy haydash uskunalarida olib boriladi. Neft mahsulotlari tarkibida, ba’zan, suv bo‘lganligi sababli haydashdan avval suvni ajratib olish kerak. Yengil dizel yoqilg‘isini suvsizlantirish uchun natriy sulfat yoki kalsiy xlorid granulalari bilan chayqatiladi va yirik osh tuzi qatlami orqali filtrlanadi. Oddiy haydash suyuq moddalar aralashmalarini ajratishni eng tez usullaridan biri hisoblanadi, biroq bu usulni, faqat qaynash harorati bir-biridan 80oC farq qiladigan komponentlar aralashmasini ajratish uchun muvaffaqiyatli qo‘llash imkoniyati bor. Shuning uchun oddiy haydash usulini past haroratda qaynaydigan erituvchilar aralashmasini ajratishda va suyuqliklarini tozalashda qo‘llash samarali natijalar beradi.