Ma'lumot | |
---|---|
![]() |
Dekan Qurbonov Azizali Ilxomovich Telefon: +998 97 315 04 48E-mail: azizali.kurbonov@kstu.uz |
![]() |
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.Koromov Telefon: +998 91 192 11 12 |
![]() |
O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Lutfullaev Аbduvali Аbdunabievich Telefon: +998 90 175 42 07 |
FAKULTET HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-maydagi 437– sonli Qaroriga asosan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali tashkil etildi.
Respublikada innovatsion ta’lim va texnologiyalar transferini qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish, ta’lim va ishlab chiqarishni uzviy bog‘lash, oliy ta’lim muassasalari faoliyat yo‘nalishlarini tubdan takomillashtirish, ularning xalqaro nufuzini oshirish, samarali boshqaruv tizimini tashkil etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini izchil ta’minlash maqsadida:
2021-yil 10-dekabrda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti deb qayta nomlanishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-42-son qarori qabul qilindi hamda Universitetning Qarshi filiali negizida Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutini tashkil etildi
2024 yil 10 dekabrda Qarshi davlat texnika unversitetti deb qayta nomlanishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-428-son qarori qabul qilindi hamda Universitetning tashkil etildi
Respublikamizda gidroenergetika, irrigatsiya tizimlarini boshqarish, suv xo‘jaligi obyektlari qurilishi, kadastr va geoinformatika, “yashil iqtisodiyot”, “yashil energetika”, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi,sug‘orish tizimlari samaradorligini oshirish, tejamkor sug‘orish texnologiyalarini yaratish, “raqamli qishloq xo‘jaligi” va geoaxborot tizimlari asosida yerlarning meliorativ holatini baholashni yo‘lga qo‘yish hamda tuproq unumdorligini oshirishning takomillashgan usullarini ishlab chiqish, raqamli texnologiyalar tarmoqlari uchun oliy ma’lumotli muhandis kadrlarni tayyorlash maqsadida institutda Gidromelioratsiya fakulteti tashkil etildi,
Fakultetda ixtisoslashgan “Gumanitar fanlar” “Irrigatsiya va melioratsiya”, “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalari ”, “Agrotexnologiyalar” “Ekologiya va gidrologiya” kafedralari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Fakultet professor-o‘qituvchilari 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab suv xo‘jaligi obyektlari qurilishi, gidroenergetika, “aqlli” qishloq xo‘jaligi texnologiyalari va geoinformatika kabi yo‘nalishlar bo‘yicha xorijiy davlatlarning nufuzli oliygohlari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlarini hamda keng ko‘lamli fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish bo‘yicha;
Qishloq va suv xo‘jaligining dolzarb muammolarini hal etishga qaratilgan fundamental va amaliy izlanishlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha;
Zamonaviy o‘quv va ilmiy-laboratoriya bazasini shakllantirish, uni ilg‘or texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda sohani rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni kengaytirish va ularning transferi bo‘yicha samarali tizimni shakllantirish bo‘yicha;
Gidrotexnika inshootlari konstruksiyalarini takomillashtirish, hisoblash, loyihalash va xavfsizligini ta’minlash borasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha;
Ilmiy ishlanmalar hamda innovatsiyalar transferini joriy etish va ularni tijoratlashtirish uchun sharoitlar yaratish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar
Bugungi kunda fakultetda Suv xo‘jaligi va melioratsiya, Gidrotexnika inshootlar va nasos stansiyalaridan foydalanish, Gidrotexnika qurilishi, Ekologiya va atrof muhit muhofazasi, Professional ta’lim (Suv xo‘jaligi melioratsiyasi),Iqtisodiyot, Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 683 nafar talaba ta’lim olmoqda.
Bakalavriat ta’lim yo’nalishlari
60812300-Suv xo‘jaligi va melioratsiya
Fan va texnika sohasidagi ta’lim yo‘nalish bo‘lib, u o‘z tarkibiga sug‘oriladigan yerlardan yuqori hosil olish maqsadida, yer va suv resurslaridan mukammal foydalanish, yerlarni meliorativ holatini yaxshilash, mukammal suv xo‘jaligi, gidromeliorativ tizimlarni va inshootlarni barpo qilish va ekspluatatsiya qilishga kasbiy ko‘nikmaga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, uslublari va yo‘llari majmuini qamrab oladi. Kasbiy faoliyatning ob’yektlariga melioratsiya qilinayotgan va qilingan yerlar, suv resurslari, sug’orish, zax qochirish tarmoqlari va tizimlari, ulardagi inshootlar, xo‘jalik va ichimlik extiyojlari uchun suv ta’minoti tizimlari, gidromeliorativ tizimlarni boshqarish ob’yektlari kiradi.
Kirish imtihonlari: matematika, fizika
60112400-Profissional ta’lim (Suv xo’jaligi va melioratsiya)
-ta’lim yo’nalishini bitirgan talabalar asosan professional ta’lim muassasalarida, professional ta’lim tizimida, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarida, Suv xo‘jaligi boshqarmalarida, magistral kanallari boshqarmalarida va ilmiy tadqiqot institutlarida o’qituvchi, muhandis, ilmiy xodim lavozimlarida faoliyat olib boradi.
Professional ta’lim tizimini ilg’or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, boshlang’ich, o’rta va o’rta maxsus professional ta’lim bosqichlarini joriy qilish orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda mazkur jarayonga ish beruvchilarni keng jalb qilishni nazarda tutadi.
Kirish imtihonlari: matematika, fizika
60812500-Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish
“Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish”– bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalarini loyihalash foydalanish metodlarini o‘rganish, nasoslardagi ish jarayonlarini o‘rganish, gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalarini qurish, ulardan foydalanish ta’mirlash va rekonstruksiya qilish jarayonlarini o‘zlashtirish, gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash strategiyasini belgilash va qo‘llash bo‘yicha tayanch bilimlar oladilar.
Kirish imtihonlari: matematika, fizika
60812500-Gidrotexnika qurilish
Gidrotexnika qurilishi ta’lim yo‘nalishida talabalar gidrotexnika inshootlari qurilishi va rekonstruktsiyasi loyihasini tuzish, gidrotexnika inshootlari optimal variantlarini tanlash va joriy qilish, suv resurslaridan foydalanish va taqsimlash, gidrotexnika qurilishi samaradorligini aniqlash, gidrotexnika inshootlarini qurish va loyihalash, tajriba tadqiqotlarini o‘tkazish, tajriba tadqiqotlariga ishlov berish va tahlil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan kompleks ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, gidrotexnika qurilishida grunt, loyiha-qidiruv va qurilish ishlarining texnikaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni aniqlashni bilish bo‘yicha tayanch bilimlar oladilar.
Kirish imtihoni: matematika, fizika,ona tili
60112400-Profissional ta’lim (Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish)
-ta’lim yo’nalishini bitirgan talabalar asosan professional ta’lim muassasalarida, professional ta’lim tizimida, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarida, Suv xo‘jaligi boshqarmalarida, magistral kanallari boshqarmalarida va ilmiy tadqiqot institutlarida o’qituvchi, muhandis, ilmiy xodim lavozimlarida faoliyat olib boradi.
Professional ta’lim tizimini ilg’or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, boshlang’ich, o’rta va o’rta maxsus professional ta’lim bosqichlarini joriy qilish orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda mazkur jarayonga ish beruvchilarni keng jalb qilishni nazarda tutadi.
Kirish imtihonlari: matematika, fizika
60710400-Ekologiya va atrof muhit muhofazasi
bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar ekologiya va atrof muhit muhofazasi tarmoqlarida ekologik muammolarni hal qilish, suv obyektlarini muhofaza qilish va suvning zararli ta’siri bilan kurashish, suv xo‘jaligi ekspluatatsiya tashkilotlari, suv xo‘jaligi ist’emolchilari uyushmalari, suv xo‘jaligi qurilishi tashkilotlari, dehqonchilik bilan shug‘ulanuvchi fermer va dehqon xo‘jaliklari va ularga hizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma faoliyatini tashkil etishning zamanoviy usullarning o‘rganish bo‘yicha tayanch bilimlar oladilar.
Kirish imtihoni: kimyo, biologiya
60812200-O’simlikshunoslik (Ekin guruhlari bo’yicha)
Respublika Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, qishloq xo‘jaligi viloyat boshqarmalari, tuman qishloq xo‘jalik bo‘limlari, Respublika fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi, viloyat va tuman bo‘limlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, Urug‘chilikni rivojlantirish markazi va uning elita va urug‘chilik xo‘jaliklari, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan agroklasterlar, ekin turlari bo‘yicha dorivor o‘simliklar plantatsiyalari, o‘rmon xo‘jaligi Respublika va viloyat boshqarmalari, ishlab chiqarish birlashmalarida faoliyat yurtishlari mumkin.
Kirish imtihoni: biologiya va kimyo, onatili, matematika, tarix
60310100-“ Iqtisodiyot”ta’lim yo’nalishi- Iqtisodiyot ta’lim yo’nalishi qishloq va suv xo’jaligi iqtisodiyotiga uchun chuqur bilimga ega kadrlar chiqarirish bilan birga, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish majmualari, assotsiatsiyalar, koorporatsiyalar, kontsernlar, xolding, ishlab chiqarish birlashmalari, suv iste’molchilari uyushmalari, agrofirma va kompaniyalar, ilmiy tadqiqot muassasalari va mahalliy organlariga yetuk kadrlar tayyorlaydi
Kirish imtihonlari: matematika, ingliz tili,ona tili
60412300-Suv xo’jaligini tashkil etish va boshqarish -
bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar iqtisodiyotning suv xo‘jaligi tashkilotlariga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma subyektlari, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish majmualari va ularning tarkibi;
Suv ist’emolchilari uyushmalari, agrofirma va kompaniyalar, shuningdek, turli mulk shaklidagi korxonalarning raqobatbardoshligi, ilmiy tadqiqot muassasalari va mahalliy davlat organlarida iqtisodiy faoliyatini ta’minlash.
Kirish imtihonlari: matematika, chet tili