Elektr ta'minoti va intellektual energetik tizimlar kafedrasi

Elektr ta'minoti va intellektual energetik tizimlar kafedrasi

 

  Ma'lumot
Mamatov Nurbek

Kafedra mudiri

NORBOYEV ANVAR ESHMO'MINOVICH

Telefon: +998 97 109 19 84
e-mail: a_noboyev@list.ru

 

Kafedra tarixi, o‘quv, ilmiy va manaviy ma’rifiy ishlari haqida malumot

1991 yilda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qarshi filiali (filial direktori Toshniyoz Qarshiyevich Nuriddinov, filial direktori o‘rinbosari f-m.f.n. Abdurasulov Abduhalil) tarkibida “Umumtexnika fanlari” (uning tarkibi: neft va gaz, issiqlik energetikasi va elektr energetikasi) kafedrasi tashkil etilgan bo‘lib, o‘sha paytda kafedra mudirlik lavozimida t.f.n. Allaqulov Panji Egamberdiyevich ishlagan. 1993-yilda «Energetika fanlari» kafedrasi shaklida faoliyatini davom ettirdi va kafedra mudirlik lavozimida Alisher Aymakov ishlagan. 1995-yilda kafedra mudiri lavozimiga Denmuhammadiyev Aktam Movlonovich saylandi. Kafedra QarMII rektorining 1999 yil 5 fevraldagi №33/M sonli buyrug‘iga asosan «Elektrenergetikasi» deb nomlandi.

1999-2000 yillarda kafedra mudiri lavozimiga t.f.n. Fayziyev Maxmanazar Mansurovich ishlagan. 2001-2002 yillarda kafedra mudiri lavozimiga Mallayev Alisher Rajabaliyevich ishlagan. 2002-2015 yillarda kafedra mudiri lavozimida i.f.n. Zayniyeva Oliyaxon Egamberdiyevna ishlagan. 2015-2016 yillarda kafedra mudiri lavozimiga Xoliqov Yusuf Do‘stmurodovich saylandi. 2016-2017 yillarda kafedra mudiri lavozimiga Zayniyeva Oliyaxon Egamberdiyevna ishlagan. 2017-2020 yillarda kafedra mudiri lavozimiga f-m.f.n. Sa’dullayev Aloviddin Bobakulovich saylandi. 2020-2023 yillarda kafedra mudiri lavozimiga t.f.n. dotsent Fayziyev Maxmanazar Mansurovich saylandi. 2023-yildan hozirgi vaqtga qadar t.f.f.d (PhD), dotsent Norboyev Anvar Eshmo‘minovich kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

Kafedrada 1995-yildan 2000-yilgacha 1004-Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti mutaxassisligi bo‘yicha muhandis-elektriklar tayyorlangan.

1999-yildan 5310200-Elektr energetika (Elektr ta’minoti) talim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar  tayyorlanmoqda. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi o‘quv shaklida o‘qish muddati 4 yil, sirtqi o‘quv shaklida 5 yil belgilangan.

2020-yildan Elektr energetikasi tizimlari va tarmoqlari (faoliyat turlari bo‘yicha), 2023 yildan Elektr ta’minoti (sanoat korxonalari va shaharlar), 2024 yildan Elektr mexanika mutaxasisliklari bo‘yicha magistrantlar tayyorlab kelinmoqda. 

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi:

60710500-Elektr muhandisligi, 60710600 – Elektr energetikasi (elektr ta’minoti) va 60710700-Elektrotexnika, Elektr mexanika va elektr texnologiyalari ta’lim yо‘nalishilari  – fan va texnika sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, u sanoat korxonalari va shaxarlarni elektr energiyasi bilan ta’minlash va istе’mol qilish uchun yaratish  va ulardan foydalanishga, soha istiqbolini bеlgilashga, kasbiy kо‘nikma, mutasaddilik qobiliyatiga yо‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, mеtodlari va uslublarining majmuasini о‘z ichiga oladi.

Magistratura mutaxasisliklari:

70710409 – Elektr energetika tizimlari va tarmoqlari (faoliyat turlari bo‘yicha) va 70710407-Elektr ta’minoti (sanoat korxonalari va shaharlar) hamda 70710501-Elektr mexanika magistratura mutaxassisliklari – oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash, o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish; O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akadеmiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida; ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari;  elеktr enеrgеtikasi tizimlari, tarmoqlari va ularning jihozlarini loyihalash, ishlab chiqarish, montaj qilish, sozlash va ishlatish bilan shug‘ullanuvchi barcha sanoat tashkilotlar majmui.

 

Professor-o‘qituvchilarning F.I.SH. Lavozimi
1. Norboyev Anvar Eshmo‘minovich PhD, dotsent.Kafedra mudiri
2. Fayziyev Maxmanazar Mansurovich professor, texnika fanlari nomzodi
3. Sa’dullayev Aloviddin Bobakulovich professor, fizika-matematika fanlari nomzodi
4. Zayniyeva Oliyaxon Egamberdiyevna dotsent, iqtisod fanlari nomzodi
5. Mamatqulov Asom Norovich dotsent, p.f.f.d (PhD)
6. Beytullayeva Rumiya Hamidullayevna dotsent
7. Кurbonov Najmiddin Abdihamidovich dotsent
8. Umirov Asror Pardayevich t.f.f.d (PhD)
9. Mustayev Ruslan Aktamovich t.f.f.d (PhD)
10. Ochilov Dilshod Muborakbek o‘g‘li t.f.f.d (PhD)
11. Toshev Tojiddin O‘ngboyevich dotsent v.b
12. Karimov Ilhom Normamatovich dotsent v.b
13. Safarov Xoliyor Sayyid Safar o‘g‘li katta o‘qituvchi
14. Imomnazarov Azizbek Botirovich dotsent v.b
15. Nimatov Kamoliddin Baxritdinovich katta o‘qituvchi
16. Sayfiyev Sardor Erkinovich katta o‘qituvchi
17. Xalikova Xurshida Abdullayevna assistent
18. Aliqulova Saodat Muxitdinova assistent
19. Rajabov Muzaffar Najimovich assistent
20. Qarov Botir Xamro o‘g‘li assistent
21. Qurbonov Nurali Abdullayevich assistent
22. Ochilov Yunus Ochil o‘g‘li assistent
23. Babayev Otabek Elmurodovich assistent
24. Jiyanqulov Laziz Akrom o‘g‘li assistent
25. Djurayev Shuxrat Ixtiyorovich assistent
26. Tuxtayev Bobur Baxodir o‘g‘li assistent
27. Nurova Malika Abduzairovna assistent
28. Rahmonov Shahobiddin Safaraliyevich assistent
28. Shoyqulova Dilnoza Sobir qizi assistent
29 Bobokulova MuhabbatMahammadiyevna stajyor-o‘qituvchi

Hozirgi vaqtda kafedrada doimiy faoliyat ko‘rsatib kelayotgan proffessor-o‘qituvchlar bilan bir qatorda I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston FA Energetika muammolari instituti olimlari hamda viloyatning yirik ishlab chiqarish korxonalari mutaxassislari o‘quv mashg‘ulotlariga jalb etilgan:

  • Gayibov Tulkin Shernazarovich – professor, texnika fanlari doktori, Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti “Elektr stansiyalari, tarmoqlari va tizimlari” kafedrasi professori;
  • Bobojanov Maxsud Kalandarovich – t.f.d., prof. О‘zR Intellektual mulk Agentligi direktori о‘rinbosari;
  • Pirmatov Nurali Berdiyorovich-texnika fanlari doktori, professor, Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Elektr mashinalari kafedrasi professori;
  • Xudoyarov Muzaffar Burxanovich – professor, texnika fanlari doktori, Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti “Elektr stansiyalari, tarmoqlari va tizimlari” kafedrasi professori;
  • Raxmonov Ikrom Usmonovich-texnika fanlari doktori, professor, Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti “Elektr ta’minoti” kafedrasi mudiri;
  • Ishnazarov Oybek Xayrullayevich- texnika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston FA Energetika muammolari instituti ilm-fan bo‘yicha direktor o‘rinbosari;
  • Yusupov Dilmurod Turdaliyevich - texnika fanlari falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim, O‘zbekiston FA Energetika muammolari instituti ilmiy kotibi;
  • Bobonazarov Bobomurot Akborovich – Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi energomenejeri;
  • Xurramov Elyor Elmurodovich- Amu-Qashqadaryo ITHB huzuridagi NS va EB direktori.

Kafedrada asosiy shtatda 9 nafar professor-o‘qituvchilar ilmiy-pedagogik faoliyat olib bormoqdalar. Kafedra professor-o‘qituvchilarining:

  • 2 nafari t.f.n., профессорлар;
  • 8 нафар доцентлар;
  • 6 nafari dotsent v.b. va katta o‘qituvchilar;
  • 14 nafari assistеnt o‘qituvchilar;
  • 2 nafar katta o‘qituvchi ishlab chiqarish korxonalarining yetakchi mutaxassislari o‘rindoshlik asosida;
  • 7 nafar t.f.d., professor soatbay fond hisobidan ilmiy-pedagogik faoliyat olib bormoqda.

Kafedraning moddiy-texnik bazasi

Kafedrada zamonaviy o‘quv jihozlari bilan ta’minlangan 14 ta laboratoriya o‘quv xonalari, axborot kommunikatsiya texnologiyalari jihozlari bilan ta’minlangan 2 ta kompyuter sinfi mavjud.  Ta’lim sifatini oshirish maqsadida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan mutaxassislik fanlaridan 26 ta o‘quv-uslubiy majmualar hamda 84 ta virtual laboratoriyalar yaratilgan va laboratoriya mashg‘ulotlarini ishlab chiqarish korxonasi bazasida o‘tkazish to‘g‘risida 6 ta yirik ishlab chiqarish korxonalari bilan shartnomalar tuzilgan.

Kafedrada asosiy e’tibor ilmiy-tadqiqot faoliyatini va ilmiy salohiyatni oshirishga hamda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli talabalarni yanada ko‘proq jalb etishga qaratilgan.

Kafedra bitiruvchilari faoliyat yuritayotgan korxonalar

Hozirgi kunda bitiruvchilar viloyatdagi yirik ishlab chiqarish korxonalaridan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Qashqadaryo hududiy filiali, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Qashqadaryo MET” filiali, Amu-Qashqadaryo ITHB huzuridagi NS va EB, “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali Qashqadaryo bo‘linmasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Uzbekistan GTL, “IES” AJ Muborak IEM filiali, “Tallimarjon IES” AJ, “Hisorak GES” UK, “Dehqonobod  kaliy zavodi” AJ, Shurtan gaz-kimyo majmuasi, “Lukoyl” AJ, “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” larida faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirmoqdalar.

Kafedraning ishlab chiqarish korxonalari bilan integratsiyasi

Kafedraning viloyatdagi yirik ishlab chiqarish korxonalaridan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Qashqadaryo hududiy filiali, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Qashqadaryo MET” filiali, Amu-Qashqadaryo ITHB huzuridagi NS va EB, “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali Qashqadaryo bo‘linmasi, Uzbekistan GTL, “IES” AJ Muborak IEM filiali, “Tallimarjon IES” AJ, “Hisorak GES” UK, “Dehqonobod  kaliy zavodi” AJ, Shurtan gaz-kimyo majmuasi korxonalari bilan uzviy aloqalari o‘rnatilgan.

Kafedraning ilmiy yo‘nalishi

Kafedraning bosh ilmiy yo‘nalishi:

«Kombinatsiyalashgan elektr ta’minoti va elektr energetika tizimida integratsiyalashgan intellektual texnologiyalar tadqiqi».

Amu-Qashqadaryo ITHB huzuridagi NS va EB da kafedra tashkil etilgan bo‘lib, mutassislik fanlarining amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari korxona bazasida tashkil etilgan. Shuningdek Shurtan gaz kimyo majmuasida tashkil etilgan Ilg‘or muhandislik maktabida 70710407-Elektr ta’minoti magistratura mutaxassisligi magistrantlari 3+2 shaklida tahsil olishmoqda.

Kafedraning xalqaro aloqalari

Belorus Davlat Texnika Universiteti (Minsk, Belorusiya)

Moskva energetika instituti (Moskva, Rossiya);

Kuban Davlat Universiteti (Krasnodar, Rossiya);

Almata energetika va aloqa instituti (Almata, Qazaqistan);

Sankt-Peterburg texnika universiteti.