Ma'lumot | |
---|---|
![]() |
Dekan NORQOBILOV ADHAM TILOVOVICH Telefon: +998 99 301 55 67E-mail: adham.norkobilov@gmail.com |
![]() |
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari BOBOYEV MAQSUDJON ESHMAMATOVICH Telefon: +998 97 757 41 07E-mail: mboboyev84@gmail.com |
![]() |
O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari ELMANOV ABBOS BEGMAT O‘G‘LI Telefon: +998 90 373 93 45E-mail: abb.elmanov@gmail.com |
FAKULTET HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-dekabrdagi PQ-428-sonli qarori asosida tashkil etilgan. Qarorga binoan, sobiq Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali negizida Qarshi davlat texnika universiteti tarkibida yangi fakultet sifatida faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Fakultetda hozirgi kunda quyidagi ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanib kelinmoqda:
- Oziq-ovqat texnologiyasi
- Oziq-ovqat xavfsizligi
- Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish
- Texnologik mashina va jihozlar
- Kimyo muhandisligi
- Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifatini boshqarish
- Iqtisodiyot
Talabalar zamonaviy o‘quv dasturlari asosida nazariy va amaliy bilimlarni oladilar. Fakultet ko‘plab ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik qilib, amaliyot va stajirovka imkoniyatlarini taqdim etadi.
Fakultetda ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish bo’yicha alohida e’tibor qaratilgan. Talabalar va professor-o‘qituvchilar:
- O‘zbekiston va xalqaro miqyosdagi ilmiy konferensiyalarda, simpoziumlarda faol ishtirok etadilar.
- Oziq-ovqat texnologiyalari, kimyo muhandisligi, avtomatlashtirish tizimlari, ekologik xavfsizlik, innovatsion uskunalar ishlab chiqish yo‘nalishlarida tadqiqotlar olib boradilar.
- Startap loyihalar, amaliyotchi-tadqiqotchi dasturlari va sertifikatlashtirish bo‘yicha xalqaro onlayn kurslarda ishtirok etadilar.
Shuningdek, yosh tadqiqotchilarni rag‘batlantirish maqsadida "Eng yaxshi ilmiy loyiha" va "Innovatsion g‘oyalar tanlovi" kabi ichki grantlar tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Fakultetda talabalarning ma'naviy va ma'rifiy saviyasini oshirishga katta e'tibor qaratiladi:
- "Zakovat" intellektual o‘yinlari va fan olimpiadalari o‘tkaziladi.
- Milliy qadriyatlar, madaniy merosni targ‘ib qilish maqsadida tarixiy ziyoratlar (masalan, “Xazrati Bashir”, “Langar Ota”, “Xo’ja Ilm Koni” va boshqa ziyoratgohlarga) tashkil etiladi.
- Talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish uchun sport musobaqalari, “Yoshlar forumi”, “Ma'rifat soatlari” kabi tadbirlar o‘tkaziladi.
- Turli mavzularda ma'naviy-ma'rifiy uchrashuvlar, kitobxonlik kechalari va targ‘ibot seminarlari uyushtiriladi.
Manzil: Shahrisabz shahri, Shahrisabz ko’chasi, 20-uy, 181306