Yosh olimlar maktabi

Yosh olimlar maktabi

  Ma'lumot
Shuxrat Komilovich

 

Kengash raisi

Jumayeva Anora Adham qizi

t.f.f.d (PhD)


Kimyo muhandisligi va biotexnologiya kafedrasi dotsent

Telefon: 90-427-27-77

 

 

Bahodir Mamatkulovich Kengash raisi o‘rinbosari

Achilova Firuza Kurbanovna

i.f.f.d (PhD)

Axborot tizimlari va texnologiyalari kafedrasi dotsenti

Telefon: +998 97 311 87 18

Azamat Sattorovich Kengash raisi kotibi

Nurov Suxrob Qo‘zi o‘g’li.

Kimyo muhandisligi va biotexnologiya kafedrasi doktaranti

Telefon: +998 90 889 99 77
   

 

Qarshi davlat texnika universiteti  Kengashining 2025-yil 25-dekabrdagi 5- sonli yig‘ilishida tasdiqlangan. Yosh olimlar kengashi nizomi

 UMUMIY QOIDALAR

  1. Qarshi davlat texnika universiteti "Yosh olimlar kengashi" yosh olimlarning jamoat tashkiloti bo‘lib, ilmiy-tadqiqot va ijod bilan shug‘ullanuvchi yoshlarni birlashtirish, oliy ta’lim tizimida yoshlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tizimli asosda yo‘naltirish, mavjud ilmiy maktablar an’analarini davom ettirish hamda yangi ilmiy maktablarni shakllantirishga zamin yaratish, yosh olimlar kasbiy va ijtimoiy-maishiy miqyosdagi ilmiy-ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, universitetda fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni rivojlantirish orqali ta’lim sifatini oshirish va shu tarzda ilmiy kadrlar tayyorlashning barqaror rivojlanishini ta’minlash hamda yosh olimlar ijodiy yutuqlarini targ‘ib qilishda ko‘maklashish vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi.
  2. Qarshi davlat texnika universiteti "Yosh olimlar kengashi" (keyingi o‘rinlarda - Kengash) 40 yoshgacha bo‘lgan olimlar va mutaxassislar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil-izlanuvchilardan iborat tarkibda shakllangan (keyinchalik - yosh olimlar) jamoat tashkiloti hisoblanadi.
  3. Kengash barcha imkoniyatlarini qo‘llagan holda yosh olimlar ijodiy faolligining rivojlanishiga, ularning mutaxassisliklari bo‘yicha kamol topishiga, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi muhim ilmiy va amaliy muammolarning ilmiy jihatdan yechimini topishiga ko‘maklashadi. Yosh tadqiqotchilarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga, o‘z salohiyat va imkoniyatlarini to‘liq namoyon etishlarida yordamlashadi va sharoit yaratadi.
  4. Kengash o‘z faoliyatini yosh olimlar jamoat tashkilotining asosiy yo‘nalishlari va faoliyat shaklini belgilab beruvchi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari, qarorlari va ko‘rsatmalari, hamda mazkur Nizomga asosan olib boriladi.
  5. Kengash o‘z faoliyatida institut rektoriga bo‘ysunadi va hisobot beradi.

 

  1. KENGAShNING MAQSADI VA VAZIFALARI
  2. Kengashning asosiy maqsadi - oliy ta’lim tizimida yoshlarni ilmiy-tadqiqot faolitiyatiga tizimli asosda yo‘naltirish, mavjud ilmiy maktablar an’analarini davom ettirish hamda yangi ilmiy maktablarni shakllantirishga zamin yaratish, yosh olimlar kasbiy va ijtimoiy-maishiy miqyosdagi ilmiy-ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini izchil rivojlantirish asosida ilmiy tadqiqotlar bilan muntazam shug‘ullanuvchi yoshlarni birlashtirish, ularning mutaxassisliklari va ijtimoiy sohalarga oid qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash - shu tarzda yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashning barqaror rivojlanishini ta’minlashga ko‘maklashishdan iborat.
  3. Yosh olimlarni mamlakat ilm-fani uchun dolzarb, milliy iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishiga, xalqimiz ma’naviyati va madaniyatining yuksalishiga ko‘maklashuvchi fundamental, amaliy va innovatsion yo‘nalishlarlardagi ilmiy faoliyatga jalb qilish.
  4. Yosh olimlar faoliyati orqali ilm fanining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar tashkil qilish va olib borishda ishtirok etish hamda ustoz-shogird tizimini shakllantirish.
  5. Kengashning va nufuzli ilmiy tadqiqot muassasalari bilan tajriba almashish maqsadida rivojlantirish va mustahkamlash, yosh olimlarning ijodiy faolligini kuchaytirish, ilmiy anjumanlar, seminarlar o‘tkazishga ko‘maklashish.
  6. Yosh olimlarning ilmiy tadqiqot ishi natijalarini umumlashtirish va amaliyotga tadbiq etish, uning yangi shakllarni izlash hamda universitet faoliyatiga tatbiq etishda barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda tashabbuskorlik ko‘rsatish.
  7. Ilmiy anjumanlarda ishtirok etish uchun yosh olimlarning ilmiy safarlarini rejalashtirish va har tomonlama yordam ko‘rsatish.
  8. Yosh olimlarning yetakchi ilmiy markazlar va universitetdagi xorijiy xamkasblari bilan o‘rnatilgan tartibda faol xalqaro xamkorligini tashkil etish, xorijiy davlatlarning nufuzli ilmiy markaz va muassasalari bilan ilmiy hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, hamkorliqda ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy maktablar, anjumanlar, seminarlar va boshqa ilmiy tadbirlarda ishtirok etishga, xorijiy mamlakatlarda maqolalar e’lon qilishga ko‘maklashish.
  9. Yosh olimlar ilmiy ishlari tanlovini muntazam tashkil etish va o‘tkazish, davlat grantlari, xorijiy mamlakatlar grantlari va xo‘jalik shartnomalarida yosh olimlar ishtirokini ta’minlash, ular ishlarini mukofotlarga taqdim etish, eng yaxshi va respublika uchun ustuvor hisoblangan ilmiy tadqiqot natijalarini nashr etish va ommalashtirishga ko‘maklashish.
  10. O‘z faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan yosh olimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha tavsiyalar berish.
  11. Noyob jihozlarda tadqiqot ishlarini o‘tkazishga amaliy yordam ko‘rsatish.

11.Yosh olimlarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi grant ajratuvchi tashkilotlar to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘ish va ularni tarqatish.

III. KENGASHNING BOSHQARUV ORGANLARI VA ULARNING VAKOLATLARI

  1. Kengash tarkibi 21-25 nafardan iborat bo‘lib, universitet rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
  2. Kengash raisi va kotibi universitetdagi yosh olimlardan iborat a’zolardan, jamoatchilik asosida Kengashi yig‘ilishida 2 yilgacha muddatga saylanadi.
  3. Kengash kamida oyda bir marta yig‘iladi. Kengash qarori a’zolarning ko‘pchilik ovozi bilan ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi. Ovoz berish Kengash a’zolarining ishtiroki 2/3 qismidan kam bo‘lmagan holda haqiqiy hisoblanadi.
  4. Kengash yig‘ilishlari orasidagi davrda uning faoliyat yo‘nalishiga doir tezkor masalalarni Kengash kotibiyati tarkibi (rais, uning muovinlari va kotibdan tashkil topgan) hal qiladi.
  5. Kengash raisi:

- O‘zining vakolati doirasida Kengashning barcha ishlarini tashkil etadi va boshqaradi, kengashning boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro aloqasini amalga oshiradi, Kengash faoliyatiga taalluqli xujjatlarga imzo chekadi;

- Kengash yig‘ilishlarining o‘tkazilish vaqti va kun tartibi to‘g‘risida qaror qabul qiladi;

- Kengash nomidan yosh olimlarning talab va istaklarini himoya qiladi;

- Kengash raisi har chorakda qilingan ishlar yuzasidan kengash yig‘ilishida hisobot beradi;

- Belgilangan maqsad va vazifalari, ish rejasining amalga oshirilishi umumiy faoliyati yuzasidan yilda ikki marta institut Ilmiy Kengashiga hisobot beradi.

  1. Rais vakolatini to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiriladi, agarda a’zolarning kamida uchdan bir qismi faoliyatni to‘xtatish taklifi bilan chiqib, a’zolarning kamida uchdan ikki qismi yoqlab ovoz bergan hollarda, Kengash raisi vakolati to‘xtatiladi.
  2. Kengash raisi xizmat safari, betobligi, ta’tildaligi vaqtida uning vazifasini Kengash raisi o‘rinbosari bajaradi.
  3. Kengash raisi va kotibi universitet tomonidan moddiy va ma’naviy rag‘batlantiriladi.

1. KENGASH FAOLIYATI

Kengash o‘zining faoliyatida:

  • joriy yil uchun o‘zining ish rejalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, ularning bajarilishi to‘g‘risidagi axborotlarni tinglaydi. Kengash tadbirlari, ilmiy anjumanlari, seminarlari rejalarini, zarur hollarda joriy yil uchun o‘zining Tashkiliy qo‘mitasi tarkibini tasdiqlaydi, tadbirlarga tayyorgarlik va o‘tkazish jarayoni to‘g‘risidagi axborotlarni tinglaydi.

- universitet Ilmiy Kengashiga ilmiy-tadqiqot ishida muhim yutuqlarga erishgan va ijtimoiy faol yosh olimlardan rahbar kadrlar zahirasi bo‘yicha takliflar kiritadi;

- yosh olimlar kengashi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

- yosh olimlar ilmiy ishlari tanlovini tashkil etadi va o‘tkazadi;

- universitet rahbariyatiga yo‘nalishlar bo‘yicha yosh olimlarni xorijga ilmiy tajriba va malaka oshirishiga va xalqaro ilmiy anjumanlarda ishtirok etishga yuborish to‘g‘risida takliflar kiritadi;

- kengash yig‘ilishlarida xorijiy markazlar va muassasalarda stajirovka o‘tagan yosh olimlarning hisobotini tinglaydi;

- universitet rahbariyatiga yosh olimlarning eng yaxshi ishlarni taqdirlash va nashr etish bo‘yicha takliflar kiritadi;

- universitet Ilmiy Kengashiga quyidagi masalalar bo‘yicha takliflar kiritadi:

- katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilar va yosh mutaxassislarning ilmiy ishlaridagi yuqori ko‘rsatkichlari uchun taqdirlash to‘g‘risida;

- katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar va boshqa yosh olimlarga moddiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida;

- katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar va yosh olimlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini talab darajasida olib borishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida;

- ilmiy tadqiqot ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan yosh olimlarni ish bilan taminlash to‘g‘risida.

 KENGASH A’ZOLARINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

  1. Keshash a’zosi huquqlari:

- kengash a’zolari teng huquq va majburiyaga egadirlar va ushbu huquq va majburiyatlardan teng xuquqlilik asosida foydalanadilar.

- kengash yig‘ilishida qatnashish, Kengash faoliyatiga oid asoslangan takliflar kiritish;

- 2. Kengash a’zosining majburiyati:

- kengash faoliyatiga tegishli qaror, majburiyat va topshiriqlarni o‘z vaqtida sifatli bajarish;

- ixtiyoriy ravishda o‘z zimmasiga olgan Kengash faoliyatiga taalluqli bo‘lgan topshiriq va majburiyatlarni vijdonan, faol va ijodiy bajarish;

  1. Kengashga a’zolik quyidagi hollarda to‘xtatiladi:

- yosh olim ta’lim muassasasidan ishdan bo‘shaganda:

- kengash yig‘ishining tegishli qaroriga ko‘ra;

- o‘z arizasiga ko‘ra;

-yoshiga ko‘ra.

  1. KENGASH MAJBURIYATLARI
  2. Katta ilmiy xodim-izlanuvchi, mustaqil izlanuvchi va yosh olimlar ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish va rejalashtirishda ko‘maklashish, ularga ilmiy-tadqiqotni muvaffaqiyatli amalga oshirishlari uchun tegishli shairoit yaratishda yordam ko‘rsatish, ularning manfaatlarini vakolat doirasida himoya qilish.
  3. Universitet rahbariyatini katta ilmiy xodim-izlanuvchi, mustaqil izlanuvchi yosh olimlar va mutaxassislarning ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi muammolari to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish hamda ushbu muammoning yechimi to‘g‘risida rahbariyatga takliflar kiritish.
  4. Katta ilmiy xodim-izlanuvchi, mustaqil izlanuvchi va yosh olimlar tomonidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga joriy qilish bo‘yicha ularga ko‘maklashish va bu borada tegishli takliflarni tayyorlash.

VII. KENGASHNING ISH TARTIBI VA HUJJATLARNI RASMIYLASHTIRISH

  1. Kengash o‘z ishini Kengash yig‘ilishida qabul qilingan va Kengash raisi tomonidan tasdiqlangan yillik rejaga binoan amalga oshiradi.
  2. Kengashning majlislari, yig‘ilishlari va boshqa tadbirlari Kengash raisi va kotibi tomonidan imzolangan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
  3. Kengash xujjatlarini rasmiylashtirishni Kengash kotibi amalga oshiradi.
  4. Qabul qilingan qarorlar bajarilishining nazorati Kengash raisi tomonidan amalga oshiriladi.

VIII. KENGASH NIZOMIGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH TARTIBI

Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar Kengash tomonidan kiritiladi va Kengash a’zolarining 2/3 qismi ishtirok etgan umumiy yig‘ilishda ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Umumiy yig‘ilishda qatnashayotgan Kengash a’zolarining 2/3 qismi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni yoqlab ovoz berganda Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan hisoblanadi.

  1. YAKUNIY HOLATLAR

Kengash faoliyatining qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi universitet Ilmiy Kengashining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Ushbu Nizom Qarshi davlat texnika universiteti Ilmiy Kengashining “___” __________ 2026 yildagi ____ - sonli yig‘ilishida tasdiqlangan.

№ Tadbirlar nomi Bajarilish muddati Mas’ullar
1 Kengashning yillik ish rejasi, meyoriy hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash 2026 yil, yanvar Kengash raisi va muovini
2 Kengash a’zolarining ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish Doimiy Kengash raisi, muovini va kotibi
3 Universitet talabalari orasidan ilmiy faoliyatga intiluvchan va izlanuvchan iqtidorli yoshlarni saralash, ularning ro‘yxatini shakllantirish hamda “Yosh olimlar kengashi” faoliyatiga jalb qilish Doimiy Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi, yosh olimlar kengashi, fakultet dekani va kafedra mudirlari
4 Kengash yig‘ilishini tashkil etish va rasmiylashtirish Har chorakda Kengash raisi, muovini va kotibi
5 Universitetning tajribali professor-o‘qituvchilari tomonidan yosh olimlar, pedagoglar va talabalarga ularni ilmiy muhitga kirishi uchun ilmiy maqolalar, tezislar va ilmiy referatlar yozish hamda chop etishni o‘rgatish yuzasidan ilmiy seminarlar tashkil etish 2026-yil, fevral-mart Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, Kengash raisi va muovini
6 Universitetning tajribali professor-o‘qituvchilari tomonidan yosh olimlarga fan va texnikaning dolzarb yo‘nalishlarida fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar, shuningdek, xo‘jalik shartnomalarini tuzishda ehtiyojlarga asoslangan muammoli takliflar ishlab chiqish bo‘yicha seminarlar tashkil etish 2026-yil, aprel-may Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, Kengash raisi va muovini
7 Yosh olimlarning ilmiy-amaliy anjumanini tashkil etish 2026-yil, iyun Kengash raisi, muovini va kotibi
8 Xalqaro ta’lim grantlari hamda xalqaro loyihalarni qo‘lga kiritish va ularda ishtirok etish uchun belgilangan dolzarb yo‘nalishlarda muammoli takliflar tayyorlash Doimiy Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, Kengash raisi va a’zolari
9 Universitetning tajribali professor-o‘qituvchilari tomonidan yosh olimlarga OAK e’tirof etgan va yuqori impakt faktorga ega bo‘lgan SCOPUS jurnallarida maqolalar tayyorlash va nashr qilish bo‘yicha seminarlar tashkil etish Har chorakda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, Kengash raisi va muovini
10 Universitetning yosh olimlari o‘z malakasini muntazam oshirishini rag‘batlantirish maqsadida turli yo‘nalishlar bo‘yicha “Eng yaxshi yosh olimi” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish 2026-yil, dekabr Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, Kengash raisi va muovini
11 Boshqa oliy o‘quv yurtlariga yo‘nalishlar bo‘yicha yosh olimlarni xorijga ilmiy tajriba, malaka oshirish va xalqaro ilmiy anjumanlarga yuborish to‘g‘risida takliflar kiritish Doimiy Kengash raisi va xalqaro aloqalar bo‘limi
12 Ishlab chiqarish korxonalari vakillari va respublika oliy o‘quv yurtlarida faoliyat ko‘rsatayotgan tajribali professor o‘qituvchilar ishtirokida davra suhbatlarini uyushtirish Yil davomida ikki marta Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, Kengash raisi va muovini
13 Kengash raisining bajarilgan ishlar yuzasidan kengash yig‘ilishida hisobotini tinglash Har chorakda Kengash raisi
14 Kengash a’zolarini turli xil nufuzli respublika tanlovlarida ishtirokini ta’minlash Doimiy tanlov e’lon qilinganda Kengash raisi va a’zolari
15 Yosh olimlar tomonidan olib borilgan ITI natijalari asosida har yili monografiya, risolalar tayyorlash, xorij va OAK e’tirof etgan ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish Doimiy Kengash raisi va a’zolari
16 Kengash yig‘lishlarida xorijiy markazlar va muassasalarda stajirovka o‘tagan yosh mutaxassislarning axborotini tinglash va seminar-treninglar tashkil etish Doimiy Kengash raisi va a’zolari
17 Kengash raisining umumiy faoliyati yuzasidan universitet Kengashiga hisobot berish 2026-yil, dekabr Kengash raisi