Universitet ustavi

Images

O'zbekiston Respublikasi

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining

2025-yil 21-yanvardagi 19-son buyrug'iga ilova

 

Qarshi davlat texnika universiteti

USTAVI

 

TOSHKENT — 2025

I. Umumiy qoidalar

1

Qarshi davlat texnika universiteti O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-428-son qarori bilan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiali negizida tashkil etilgan.

2

Universitet davlat oliy ta'lim muassasasi hisoblanib, oliy ta'limning asosiy va qo'shma ta'lim dasturlarini bajarish bo'yicha ta'lim faoliyati bilan shug'ullanadi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq o'quv, ilmiy-metodik va boshqa faoliyatlarni amalga oshiradi hamda ta'lim xizmatlarini ko'rsatadi.

3

Universitet o'z faoliyatida quyidagi hujjatlarga amal qiladi:

O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun
Prezident farmonlari va qarorlari Vazirlar Mahkamasi qarorlari
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyruqlari Mazkur Ustav
4

Universitet bakalavriat ta'lim yo'nalishlari, magistratura va doktorantura mutaxassisliklari bo'yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini ta'minlaydi. Shuningdek, shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi oliy ma'lumotni olishni tashkil etadi.

5

Universitetda ta'lim olish shakllari:

KunduzgiIshlab chiqarishdan ajralgan holda Sirtqi / MasofaviyIshlab chiqarishdan ajralmagan holda KechkiIshlab chiqarishdan ajralmagan holda
MagistraturaIshlab chiqarishdan ajralgan holda Oliy ta'limdan keyingiIshlab chiqarishdan ajralgan holda Boshqa shakllarQonunchilikka muvofiq joriy etilishi mumkin
6

Universitet yuridik shaxs hisoblanadi. Operativ boshqaruvida mol-mulkka egalik qiladi, o'z majburiyatlariga muvofiq javob beradi, o'z nomidan mol-mulk sotib olishi va mulkiy hamda nomulkiy huquqlarni amalga oshirishi mumkin. Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida faoliyat yuritadi.

7

Universitet quyidagilarga ega:

Mustaqil balans Shaxsiy g'azna hisob varaqlari Valyuta bo'yicha hisob raqamlari Davlat gerbi tushirilgan muhri va shtamplari
8
Rasmiy nomlar (uch tilda)
O'zbek Qarshi davlat texnika universiteti (QarDTU)
 
Rus Каршинский государственный технический университет (КарГТУ)
 
Ingliz Karshi State Technical University (KarSTU)
Manzil: 180119, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Xonobod shox ko'chasi, 19-uy Rasmiy web-sayt: www.kstu.uz
9

Universitet o'z faoliyatini quyidagilar bilan hamkorlikda amalga oshiradi:

Davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari Mahalliy davlat hokimiyati organlari Kadrlar buyurtmachilari va boshqa tashkilotlar Xorijiy hamkor tashkilotlar

II. Universitetning asosiy maqsadi, vazifalari va funksiyalari

10-band. Asosiy maqsad

Har tomonlama rivojlangan, Vatanini qadrlovchi, davlat va jamiyat oldidagi o'z mas'uliyatini his qiluvchi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qiluvchi, xalqaro ta'lim maydonida raqobatbardosh, yuqori malakali, zamonaviy iqtisodiyotning tegishli sohalari bo'yicha oliy ma'lumotli mutaxassislarni va ilmiy-texnik kadrlarni tayyorlash, shartnoma asosida maslahat va ekspert-tahliliy xizmatlar ko'rsatish hamda ilmiy tadqiqot innovatsion xizmat ko'rsatuvchi korxonalarni tashkil etish.

11-band. Asosiy vazifalar

1
Zamonaviy talablar, ilg'or xalqaro tajriba va mehnat bozori ehtiyojlari asosida yuqori malakali, ijodiy fikrlaydigan, halol kadrlar tayyorlashni ta'minlash
2
Iqtisodiyotning tegishli sohalari bo'yicha talabalarning fundamental, bazaviy, shuningdek, amaliy kasbiy tayyorgarligini ta'minlaydigan o'quv reja va dasturlar asosida bakalavrlar, magistrlar tayyorlash
3
Tahliliy fikrlash va kasbiy ko'nikmalarni rivojlantirish, yangi bilimlarni mustaqil ravishda egallash ko'nikmasini shakllantirishni ta'minlaydigan o'qitishning zamonaviy shakl va metodlarini keng qo'llash
4
Fanlarni tanlash imkoniyatini ta'minlagan holda Yevropa kredit tizimini (ECTS) joriy etish va o'quv jarayonini tashkil etish
5
Professor-o'qituvchilar tarkibini yuqori darajada kasbiy pedagogik mahoratga, huquqiy va siyosiy madaniyatga ega mutaxassislar bilan mustahkamlash
6
Rivojlangan xorijiy davlatlarning yetakchi ta'lim va ilmiy muassasalari bilan hamkorlikni, qo'shma tadqiqotlarni, professor-o'qituvchilar va talabalar o'zaro almashinuvini faollashtirish
7
Milliy iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va natijalarini amaliyotga tatbiq qilish
8
HEMIS platformasini joriy etgan holda ochiq, shaffof, subyektivlik va suiiste'molchiliklardan holi bo'lgan ta'lim muhitini yaratish
9
Talabalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash, vatanparvarlik, yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarni va korrupsiyaga murosasizlik tuyg'usini shakllantirish hamda rivojlantirish
 

11-band. Funksiyalari

1
Davlat ta'lim standartlari asosida iqtisodiyotning tegishli sohalari bo'yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etadi
2
O'quv jarayonini kredit-modul tizimi va innovatsion o'qitish usullarini qo'llagan holda xalqaro ta'lim standartlariga muvofiq olib boradi
3
O'quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo'llaydi va global axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi
4
Tizimli asosda pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va stajirovkadan o'tkazish, xorijiy mutaxassislarni jalb qilishni ta'minlaydi
5
Yetakchi xorijiy ilmiy-ta'lim muassasalari, tahliliy va tadqiqot markazlari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlaydi
6
Davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etib, fan – ta'lim – ishlab chiqarish integratsiyasini ta'minlaydi
7
Xorijiy hamkorlar bilan birgalikda kadrlarni tayyorlash bo'yicha qo'shma ta'lim dasturlarini (double degree) mustaqil amalga oshiradi
8
Falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini olish uchun dissertatsiyalar tayyorlash va himoya qilish bo'yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi
9
O'z oldida turgan vazifalarni bajarish maqsadida zamonaviy o'quv va moddiy-texnik bazani yaratadi, kafedralarni zamonaviy texnik vositalar bilan ta'minlaydi
10
Axborot-resurs markazini bosma va kitob mahsulotlari, xorijiy adabiyotlar fondi va global axborot-ta'lim resurslari bilan muntazam yangilab borishni ta'minlaydi

III. Universitetning talabalari, tinglovchilari va izlanuvchilari

a) Talabalar

12

Talabalar qabuli

Universitetga talabalarni qabul qilish kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy imtihon, yozma imtihon) natijalariga ko'ra toʻplangan ballarning reyting tizimi bo'yicha amalga oshiriladi.

Qabul barcha uchun teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshiriladi. Xorijiy fuqarolarni qabul qilish amaldagi qonunchilikka muvofiq tashkil etiladi.

13

Talabalar huquqlari

1
Fan, texnika, zamonaviy texnologiyalar taraqqiyoti va yutuqlariga mos bilim olish
2
Axborot resurs markazida kitoblar, davriy nashrlar, elektron ta'lim vositalaridan belgilangan tartibda bepul foydalanish
3
Bepul maslahatlar va tavsiyalar olish
4
Auditoriyalar, ta'lim jarayoniga oid vositalardan o'rnatilgan tartibda bepul foydalanish
5
Ta'lim jarayoni samaradorligi yuzasidan takliflarini bildirish va ko'rib chiqilishini talab qilish
6
Universitet va fakultet miqyosida o'tkaziladigan ommaviy tadbirlarda ishtirok etish
7
Ilmiy tadqiqot ishlarining barcha turlarida, ilmiy konferensiyalar, simpoziumlarda ishtirok etish
8
Universitetda qonuniy ravishda faoliyat yuritayotgan jamoat birlashmalariga a'zo bo'lish va ular ishida qatnashish
9
O'qishdan bo'sh vaqtlarda mehnat qonunchiligiga muvofiq ishlash
10
Yetakchi xorijiy ta'lim muassasalarida akademik almashinuvda ishtirok etish
14

Talabalar majburiyatlari

1
O'quv reja va dasturlar talablarini belgilangan muddatlarda bajarish hamda bilimlarni egallash
2
Mazkur Ustav, Universitet ichki tartib-qoidalari, Odob-axloq kodeksi va korrupsiyaga qarshi kurashish dasturiga rioya etish
3
Universitet binolari va uning boshqa mol-mulkini asrab-avaylash, to'lov-kontrakt majburiyatlarini o'z vaqtida bajarish
4
Puxta bilim olish, o'z kasbiy salohiyatini rivojlantirish, Vatanga halol xizmat qilishga tayyor yuqori bilimli mutaxassis bo'lib yetishish
5
Jamiyatning axloqiy tamoyillariga, ma'naviy qadriyatlariga va qonun talablariga qat'iy amal qilish
6
O'quv mashg'ulotlarini uzrli sababsiz qoldirmaslik, darslarga kech qolib kelmaslik
7
Tegishli kafedra va fakultet bilan mustahkam aloqada bo'lish, fakultet rahbariyatining qonuniy topshiriqlarini o'z vaqtida bajarish
8
Sanitariya qoidalariga rioya qilish, alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi va isteʼmol qilinishiga yo'l qo'ymaslik
9
Kiyinish madaniyatiga rioya qilish, axloq-odob normalariga so'zsiz bo'ysunish
 
15

Universitet hududida taqiqlanadi

✕ Alkogol va tamaki mahsulotlarini tarqatish va isteʼmol qilish ✕ Milliy, irqiy, diniy adovatni targʻib qiluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish va targʻib qilish ✕ Universitet binolari va hududidagi moddiy-texnik, boshqa mol-mulkka zarar yetkazish
24

Talabani universitetdan chetlashtirish asoslari

a
O'z xohishiga binoan
b
O'qishning boshqa ta'lim muassasasiga ko'chirilishi munosabati bilan
d
O'quv intizomini va oliy ta'lim muassasasining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi
e
Bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli
f
O'qish uchun belgilangan to'lov o'z vaqtida amalga oshirilmaganligi (to'lov-kontrakt bo'yicha)
g
Talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan
h
Sud qaroriga ko'ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda
i
Vafot etganligi sababli

b) Tinglovchilar

27

Universitet huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy yoki tarmoq markazida o'qiyotgan shaxslar tinglovchilar hisoblanadi. Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibi, tinglovchilarni o'qitish shartlari va huquqlari qonun hujjatlariga muvofiq tegishli normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.

d) Tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilar

28
Tayanch doktorant / Doktorant

Davlat budjeti mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini olish maqsadida ilmiy izlanishlar olib boruvchi fuqaro.

Mustaqil izlanuvchi

Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida PhD va DSc ilmiy darajalari bo'yicha ilmiy izlanishlar olib boruvchi fuqaro.

Tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarni o'qitish shakllari va muddatlari, ularni qabul qilish hamda faoliyatini tashkil etish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

IV. O'quv-tarbiyaviy va ilmiy-uslubiy ishlar

29-band. Ta'lim turlari

29

Universitet mutaxassisligi bo'yicha quyidagi ta'lim turlari asosida o'qitishni amalga oshiradi:

① Oliy ta'lim Bakalavriat va magistratura bosqichlari ② Oliy ta'limdan keyingi ta'lim Doktorantura (PhD, DSc) ③ Kadrlarni qayta tayyorlash Va ularning malakasini oshirish
BAKALAVRIAT
Yo'nalish: Oliy ta'lim yo'nalishlaridan biri bo'yicha
Davomiyligi: Kamida 3 yil
Daraja: «Bakalavr»
Hujjat: Davlat namunasidagi diplom
MAGISTRATURA
Yo'nalish: Aniq mutaxassislik bo'yicha (bakalavriat negizida)
Davomiyligi: Kamida 1 yil
Daraja: «Magistr»
Hujjat: Davlat namunasidagi diplom

31-band. O'quv mashg'ulotlarining asosiy turlari

31
1
Ma'ruza
2
Konsultatsiya
3
Seminar
4
Amaliy mashg'ulot
5
Laboratoriya ishi
6
Yakka mashg'ulot
7
Nazorat ishi
8
Kollokvium
9
Mustaqil ish
10
Amaliyot
11
Kurs loyihasi (kurs ishi)
12
Bakalavrlik bitiruv malakaviy ishi
13
Magistrlik dissertatsiyasi
 
Akademik soat

Auditoriya mashg'ulotlarining barcha turlari uchun 80 daqiqalik akademik soat belgilangan. O'quv mashg'ulotlari orasidagi tanaffus kamida 10 daqiqa.

Ta'lim tillari
O'zbek tili Rus tili Ingliz tili

33-band. O'quv yili va baholash tizimi

33
2
Semestr

(yoki uch semestr) — o'quv yili tarkibi

Kredit-modul
Baholash tizimi

Talabalar o'zlashtirishini kurslar kesimida kredit-modul tizimi asosida olib boriladi

Yakuniy attestatsiya
Davlat attestatsiyasi

Bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi Nizom qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi

V. Universitetning professor-o'qituvchilari tarkibi, o'quv-yordamchi va ma'muriy-xo'jalik xodimlari

39-band. Lavozimlar tarkibi

39

Universitetda professor-o'qituvchilar tarkibi, ilmiy xodimlar, muhandislik-texnika, ma'muriy-xo'jalik, ishlab chiqarish, o'quv-yordamchi va boshqa xizmatchilar lavozimlari mavjud.

Professor-o'qituvchilar tarkibiga quyidagi lavozimlar kiradi:

1
Kafedra mudiri
2
Professor
3
Dotsent
4
Katta o'qituvchi
5
O'qituvchi (assistent)
6
O'qituvchi-stajyor

40-band. Ishga qabul va prorektorlar

40

Professor-o'qituvchilar tarkibidagi lavozimlarga ishga qabul qilish sinov darsi o'tkazish natijalari bo'yicha tanlov asosida mehnat shartnomasi bo'yicha amalga oshiriladi. Kafedra kengaytirilgan ochiq majlisida pedagog kadrlar va jamoatchilik kengashining a'zolari ishtirokida o'tkaziladi.

Universitet prorektorlari (rektor tavsiyasiga asosan Vazir tomonidan tayinlanadi):

1
Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor
2
O'quv ishlari bo'yicha prorektor
3
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor
4
Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor
5
Moliya-iqtisod ishlari bo'yicha prorektor
 

42-band. Professor-o'qituvchilar va ilmiy xodimlar huquqlari

42
1
Oliy ta'lim muassasasi va fakultet Kengashlariga saylash va saylanish
2
Universitetning faoliyatiga taalluqli masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish
3
Axborot-resurs markazi, o'quv va ilmiy bo'linmalar xizmatlaridan foydalanish
4
O'qitishning uslub va vositalarini tanlash, ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish
5
Qonunchilikda belgilangan tartibda tanlovlarda qatnashish, lavozimlarni egallash
6
Xorijiy hamkasblarning sohaga doir ilmiy va o'quv-uslubiy adabiyotlari bilan tanishish va fikr almashish
7
Ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, fundamental, amaliy va innovatsiya loyihalarida ishtirok etish
8
Darslik va o'quv qo'llanmalar tayyorlash, monografiya va ilmiy maqolalar yozish, ixtiro uchun patent olish
9
Ta'lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta'minlashda qatnashish
10
Xorijiy yetakchi olimlar, ilmiy markazlar va ta'lim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirishda ishtirok etish

43-band. Professor-o'qituvchilar va ilmiy xodimlar majburiyatlari

43
1
Ta'lim to'g'risidagi qonunchilik hujjatlari, mehnat intizomi, Ustav, Ichki mehnat-tartib qoidalari va Odob-axloq kodeksiga qat'iy rioya qilish
2
O'zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish va o'qituvchilik sha'niga dog' tushirmaslik
3
Ish jarayonida muloqot qiladigan Universitet xodimlari, talabalari va boshqa shaxslar bilan xushmuomalada bo'lish
4
Har yili tasdiqlanadigan shaxsiy reja asosida o'quv-uslubiy, ilmiy va ma'naviy-ma'rifiy ishlarni o'z vaqtida va sifatli bajarish
5
Malakasini uch yilda bir marta oshirish (Universitet kafolat ta'minlaydi)
6
Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalarga rioya qilish
7
Dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash, ilmiy salohiyat va pedagogik mahoratini oshirish
8
Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish, "Ustoz-shogird" tizimida ishtirok etish
9
Kamida bir yoki ikkita xorijiy tilni bilish, axborot texnologiyalaridan savodxonligini oshirib borish
10
Kiyinish madaniyatiga rioya etish, o'zining odobi, madaniyati, ma'naviy saviyasi bilan o'rnak bo'lish
44
Malaka oshirish kafolati

Universitet professor-o'qituvchilar tarkibini uch yilda kamida bir marotaba malakasini oshirish kafolatini ta'minlaydi.

45
Ma'muriy-xo'jalik xodimlari

Universitetning ma'muriy-xo'jalik, muhandislik-texnika, o'quv-yordamchi va boshqa xodimlarining huquq va majburiyatlari Ichki tartib qoidalari, Odob-axloq kodeksi va lavozim yo'riqnomalari bilan belgilanadi.

VI. Universitetning tarkibi

46-band. Universitetning tuzilmasi

46

Universitetning tuzilmasiga belgilangan tartibda qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish mumkin bo'lgan quyidagi bo'linmalar kiradi:

🎓
Fakultetlar
📚
Kafedralar
🔬
Ilmiy va o'quv laboratoriyalari
🏢
Boshqarmalar
📋
Bo'limlar
🏛️
Markazlar
🏫
Akademik litsey
🎒
Texnikumlar va politexnikumlar

47-band. Fakultet va kafedra boshqaruvi

47
Fakultet boshqaruvi
 
Dekan — rektor tomonidan tayinlanadi
 
Dekan mustaqil shtat lavozimida ishlaydi
 
O'rindoshlik taqiqlanadi
 
Fakultetda Kengash tashkil etilishi mumkin. Tarkibi, vakolatlari va faoliyat tartibi Nizom bilan belgilanadi
Kafedra boshqaruvi
 
Kafedra mudiri — tanlov asosida Kengash tomonidan saylanadi
 
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq
 
Kafedra mudirining vakolatlari va faoliyat tartibi "Kafedra to'g'risidagi Nizom" bilan belgilanadi

48-band. Akademik litseylar, texnikumlar va politexnikumlar

48
Huquqiy maqomi
 
Mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi
 
O'z Ustavi asosida faoliyat yuritadi
 
Universitet tasarrufida faoliyat ko'rsatadi
Faoliyat asosi
 
O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni
 
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari
 
Boshqa normativ-huquqiy hujjatlar va o'z Ustavi

49-band. Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi

49
To'liq nomi

Universitet huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi

Faoliyat asosi

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-sentyabrdagi «Oliy ta'lim muassasalari pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 278-son qaroriga muvofiq faoliyat ko'rsatadi.

VII. Universitetni boshqarish

50-band. Boshqaruv tamoyili

50
👤
Yakka rahbarlik

Rektor tomonidan bevosita amalga oshiriladi

👥
Jamoatchilik boshqaruvi

Oliy ta'lim muassasasining Kengashi orqali amalga oshiriladi

Universitetni boshqarish O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi hamda ushbu Ustavga muvofiq yakka rahbarlik va Kengash orqali jamoatchilik boshqaruvini uyg'unlashtirish tamoyili asosida amalga oshiriladi.

51-band. Rektor

51
Tayinlanish tartibi
 
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining tavsiyasi asosida
 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi
 
O'z vazifalarini o'rindoshlik bo'yicha bajarishi mumkin emas
Mas'uliyat doirasi
 
Universitet faoliyatiga to'la mas'ul
 
Ustav, Ichki mehnat tartib qoidalari, Odob-axloq kodeksi talablariga rioya nazorati
 
Universitet nomidan ishonchnomasiz ish olib boradi

52-band. Rektor vakolatlari

52
1
Barcha xodimlar va talabalar uchun majburiy bo'lgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi, topshiriqlar beradi
2
Fakultet dekanlari, bo'lim boshliqlari va bosh hisobchini tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi
3
Akademik litseylar, texnikumlar va politexnikumlar faoliyatidagi ishni tashkil etish ustidan prorektorlar kuratorligi vazifalarini belgilaydi
4
Prorektorlar lavozimiga nomzodlarni tavsiya etadi va ularning vazifalari hamda mas'uliyatlarini belgilaydi
5
Universitet xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi, o'zgartiradi va bekor qiladi
6
Tarkibiy bo'linmalar vazifalarini belgilaydi, ular to'g'risidagi nizomlarni tasdiqlaydi
7
Xodimlarning lavozim maoshlariga ustamalar va qo'shimchalarni o'rnatilgan tartibda belgilaydi
8
Ichki tartib qoidalari va Odob-axloq kodekslarini kasaba uyushma qo'mitasi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi
9
Shtat birligini tasdiqlaydi va lavozim maoshlarini belgilaydi
10
Kengash tavsiyasiga ko'ra kafedralarni ochish yoki yopish qarorlarini tasdiqlaydi

53–54-band. Universitet Kengashi va Ilmiy kengashlar

53
Kengash tarkibi
 
Rektor — Kengash raisi
 
Prorektorlar
 
Fakultetlar dekanlari
 
Kafedra mudirlari
 
Bo'lim boshliqlari
 
Kasaba uyushmasi kengashi vakillari

Kengashning boshqa a'zolari umumiy majlisda (konferensiyada) yashirin ovoz berish yo'li bilan saylanadi. Kengashning vakolati, uni saylash va faoliyat yuritish tartibi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan Nizom bilan belgilanadi.

54
Ilmiy kengashlar

Universitetda quyidagi ilmiy darajalarni beruvchi Ilmiy kengashlar faoliyati tashkil etilishi mumkin:

PhD — Falsafa doktori (Doctor of Philosophy)
DSc — Fan doktori (Doctor of Science)

VIII. Jamoat tashkilotlari

55-band. Jamoatchilik kengashi

55

Jamoatchilik kengashi tarkibi:

🎓
Talabalar
👨‍👩‍👧
Ota-onalar
🤝
Yoshlar ittifoqi faollari
🏭
Kadrlar buyurtmachilari
👨‍🏫
Professor-o'qituvchilar
🏛️
Fuqarolik jamiyati universitetlari vakillari

Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari:

1
Ta'lim sifati, professor-o'qituvchilarning bilimi va pedagogik mahorati, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar ustidan tizimli ravishda monitoring o'rnatish
2
Universitetga professor-o'qituvchilar tarkibiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlar bo'yicha tavsiyalar berish
3
Talabalarning murojaatlarini ko'rib chiqish, ularning pedagog kadrlar haqidagi fikrini o'rganish maqsadida ijtimoiy so'rovlar o'tkazish
4
Ta'lim jarayonini takomillashtirish bo'yicha takliflar tayyorlash va universitetning tegishli kengashi muhokam asiga kiritish
56
Kasaba uyushmasi va boshqa jamoatchilik tashkilotlari

Universitetda kasaba uyushmasi va boshqa jamoatchilik tashkilotlari faoliyat ko'rsatadi. Professor-o'qituvchilar va xodimlarning mehnat huquqi va manfaatlarini himoya qilish maqsadida kasaba uyushmasi markaziy kengashi hamda ularning universitetda saylangan vakili amaldagi qonunchilik asosida o'z ish faoliyatini olib boradi.

IX. Moliya-xo'jalik faoliyati va moddiy-texnik bazasi

57-band. Moddiy-texnik baza

57

Universitetga ushbu Ustavda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida operativ boshqarish huquqi bilan davlat (ta'sischi) tomonidan quyidagilar biriktirilgan:

Binolar va inshootlar Mulkiy majmualar Asbob-uskunalar Ijtimoiy va madaniy maqsadlardagi mulklar

Universitetga ajratilgan yer uchastkalari muddatsiz tekin foydalanish uchun biriktirilgan.

58-band. Moliyalashtirish manbalari

58
1
Davlat budjeti — O'zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag'lari
2
To'lov-kontrakt — bakalavriat va magistratura talabalarini to'lov-kontrakt asosida o'qitishdan tushadigan mablag'lar
3
Xorijiy fuqarolar — xorijiy fuqarolarni to'lov-kontrakt shakli asosida o'qitishdan tushadigan mablag'lar
4
Rivojlantirish jamg'armasi — budjetdan tashqari rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari
5
Davlat grantlari — ilmiy-texnikaviy dasturlar doirasida grant tanlovlari natijalari bo'yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar uchun ajratiladigan mablag'lar
6
Pullik xizmatlar — pullik kurslarni tashkil etish va boshqa turdagi xizmatlarni ko'rsatishdan tushadigan barcha mablag'lar
7
Xalqaro grantlar — xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari
8
Xayriya va badallar — jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari va maqsadli badallari
9
Tijoratlashtirish va ijara — ilmiy, o'quv va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda Universitetning mol-mulkini ijaraga berishdan tushgan mablag'lar
 

60-band. Tadbirkorlik va pullik xizmatlar

60
Ruxsat etilgan faoliyat

Universitet asosiy faoliyatiga zarar yetmaydigan tartibda ta'lim hamda boshqa sohalarda pullik ta'lim va servis xizmatlarini amalga oshirishi mumkin. Soliq va boshqa majburiy to'lovlardan so'ng qolgan daromadni mustaqil tasarruf etish huquqiga ega.

Taqiqlangan holat

Universitet pullik ta'lim xizmatlarini budjetdan ajratiladigan mablag'lar hisobidagi ta'lim faoliyati doirasida va uning o'rniga amalga oshirishi mumkin emas.

62-band. Lavozim maoshlari va moddiy rag'batlantirish

62
Lavozim maoshlari

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-926-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 164-son qarori hamda Mehnatga haq to'lashning yagona tarif setkasiga muvofiq belgilanadi.

Moddiy rag'batlantirish

Qo'shimcha maosh, ustama va boshqa moddiy rag'batlantirish tadbirlarining hajmini Vazirlar Mahkamasining 517-son qaroriga muvofiq Universitet mustaqil, moddiy rag'batlantirish fondi doirasida amalga oshiradi.

X. Xalqaro hamkorlik

65-band. Xalqaro hamkorlik huquqi

65

Universitet O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2909-son qarori va PF-5847-son Farmoni hamda mazkur Ustavga muvofiq, xorijiy mamlakatlarning ta'lim va ilmiy markazlari, xalqaro jamg'armalar va boshqa tashkilotlar bilan o'zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o'rnatish huquqiga ega.

🌍 Xorijiy ta'lim markazlari 🔬 Ilmiy muassasalar 🏦 Xalqaro jamg'armalar 🤝 Boshqa xalqaro tashkilotlar

66-band. Xalqaro faoliyatdagi huquqlar

66
1
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda ta'lim sohasidagi xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlariga a'zo bo'lish
2
Xorijiy davlatlarning ta'lim va ilmiy markazlari bilan o'zaro manfaatli hamkorlik yuzasidan shartnomalar (bitim, memorandumlar) tuzish
3
Xorijiy oliy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlardan yuqori malakali professor-o'qituvchilar va olimlarni dars mashg'ulotlariga jalb etish
4
Xorijiy hamkorlik ishtirokida qo'shma fakultetlar, qo'shma ta'lim dasturlari, markazlar va boshqa bo'linmalar tashkil etish
5
Universitet professor-o'qituvchilari, xodimlari va doktorantlarini xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish
6
Universitet talabalarini xorijiy mamlakatlarga stajirovka, amaliyot o'tash, konferensiya va tanlovlarga yuborishni ta'minlash
7
Universitet va xorijiy oliy o'quv yurtlari talabalari, doktorantlar, professor-o'qituvchilar bilan ikki tomonlama o'zaro almashinuv dasturlarini tashkil etish
8
Xorijiy fuqarolarni belgilangan tartibda Universitetga o'qishga qabul qilish va ularning o'qishlari uchun shart-sharoitlar yaratish
67
Xorijiy xizmat safarlari

Universitet professor-o'qituvchilari, xodimlari va talabalarining chet el xizmat safarlari amaldagi qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Rektor xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishni Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligini xabardor qilgan holda amalga oshiradi. Safari yakunida Universitet veb-saytiga hisobot joylashtiriladi.

XI. Yakuniy qoidalar

70-band. Universitetning mas'uliyati

70

Universitet O'zbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan tartibda quyidagilarga javob beradi:

!
Ta'lim jarayonida o'quv reja va jadvallarga muvofiq ta'lim dasturlari hajmini to'liq bajarmaganligi
!
Ta'lim jarayoni vaqtida Universitetda ta'lim oluvchilar va xodimlarning hayoti va sog'lig'i
!
Ta'lim oluvchilar va xodimlarning huquq va erkinliklarining buzilganligi
71

Universitet O'zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq qayta tashkil qilinishi yoki tugatilishi mumkin.

72

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan Universitetga operativ boshqaruv huquqi asosida tegishli bo'lgan davlat ko'chmas mulki obyektlarini xatlash va majburiy realizatsiya qilinishi mumkin emas.

73-band. Ustavning kuchga kirishi va o'zgartirishlar

73
Ustavning kuchga kirishi
 
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi
 
O'rnatilgan tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazilgandan so'ng kuchga kiradi
 
"Ta'lim to'g'risida"gi Qonunga muvofiq qabul qilinadi
Ustav o'zgartirishlari
 
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug'i bilan amalga oshiriladi
 
O'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish ham shu tartibda amalga oshiriladi
 
Amaldagi qonunchilikka zid bo'lmagan holda qabul qilinadi

Qarshi davlat texnika universiteti

USTAVI

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 21-yanvardagi 19-son buyrug'i bilan tasdiqlangan