Ekofaol talabalar

Images

“YAŞIL MAKON FIDOYILARI” TANLOVI ĞOLIBLARI ANIQLANDI

📅 06.11.2026 Irrigatsiya muhandisligi fakulteti

Irrigatsiya muhandisligi fakultetida “Ekologiya va iqlim barqarorligi” kafedrasi tomonidan talaba-yoşlar örtasida “Yaşil makon fidoyilari” tanlovi ötkazildi.

Tanlovda 24 nafar talaba “Ekologiya bilimdoni”, “Ekologik madaniyat tarğibotçisi”, “Eng faol ekovolontyor” hamda “Yilning eng yaxşi ekologiya himoyaçisi” nominatsiyalari böyiça bellaşdi.

Image
Image
Image
Image
🏆 Tanlov yakuni

Ekspertlar kengaşi tomonidan iştirokçilarning bilim va işlari baholanib, 11 nafar talaba ğolib va sovrindor sifatida e’tirof etildi.

Şimoliy Xitoy texnologiya universitetida malaka oşiriş dasturi

📅 22.10.2026 Şimoliy Xitoy texnologiya universiteti

Transport muhandisligi kafedrasi dotsenti Akmal Karimov hamda ekologiya va iqlim barqarorligi kafedrasi assistenti Olmosbek Qöziyev Şimoliy Xitoy texnologiya universitetida malaka oşiriş dasturida iştirok etmoqdalar.

Image
Image
Image
Image
🎓 Dastur maqsadi

Mazkur dastur Xitoy va Özbekiston oliy taʼlim muassasalari örtasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş, professor-öqituvçilarning kasbiy malakasi va ilmiy salohiyatini oşirişga qaratilgan.

Öqituvçilarimiz dastur doirasida energetika va energiyani saqlaş texnologiyalari, intellektual transport tizimlari yönalişlarida zamonaviy ilmiy-texnik yutuqlar, ilğor taʼlim metodikalari hamda ilmiy tadqiqotlar olib boriş tajribalari bilan tanişmoqdalar.

📅 Mazkur malaka oşiriş dasturi 2026-yil 6-noyabrga qadar davom etadi.

Talabalarimiz – “Eko-debat” loyihasining viloyat bosqichi gʻolibi

📅 15.10.2026 Irrigatsiya muhandisligi fakulteti · Viloyat Ekologik partiyasi hamkorligida

Irrigatsiya muhandisligi fakultetida viloyat Ekologik partiyasi hamda “Ekologiya va iqlim oʻzgarishi” kafedrasi hamkorligida “Eko-debat” loyihasining viloyat bosqichi tashkil etildi.

Bahsda Qarshi davlat texnika universiteti talabalari jamoasi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi viloyat akademik litseyi jamoasi o‘zaro bellashdi.

Image
Image
Image
Image

Ishtirokchilar muammolarni chuqur tahlil qilishdi. Ilmiy asoslangan takliflarni ilgari surish bilan birga notiqlik mahoratini ham namoyish etishdi.

🏆 Tanlov yakuni

Yakunda universitetimiz talabalari gʻoliblikni qoʻlga kiritib, loyihaning respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar.

Gʻolib talabalarimizni tabriklaymiz va hal qiluvchi bosqichda ham muvaffaqiyat yor bo‘lishini tilaymiz.

16-sentabr – Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni

📅 16.09.2026 Irrigatsiya muhandisligi fakulteti

Mazkur sana munosabati bilan Irrigatsiya muhandisligi fakultetida “Ozon qatlamini asrash – kelajakni asrash” mavzusida maʻnaviy-maʻrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Image
Image
👤 Tadbir ishtirokchilari
Jamshid Begmatov — viloyat ekologiya va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi bosh mutaxassisi
Dilshod Quvvatov — fakultet dekani
Zafar Uzoqov — “Ekologiya va iqlim barqarorligi” kafedrasi mudiri
Bektemir Jonqobilov — dotsent
Oʻgʻiloy Joʻrayeva — kafedra oʻqituvchisi
Karima Qosimova — kafedra oʻqituvchisi
🌎 Muhokama qilingan mavzular
  • Ozon qatlamining Yer sayyorasi hayotidagi ahamiyati
  • Ozon qatlamining yemirilish sabablari va ekologik oqibatlari
  • Ozon qatlamini himoya qilish boʻyicha xalqaro hamkorlik masalalari

🌿 “Yashil belbogʻ” hududida obodonchilik tadbirlari

Koʻngilli talabalar · Guruh murabbiylar · Nishon tumani hududi

Mashinalar serqatnov yoʻllar chetida bogʻ-rogʻlar barpo etilishi yashillikni asrashga, havoning sofligini saqlashga, kishiga zavq berishga xizmat qiladi.

Koʻngilli talabalarimiz va guruh murabbiylari ana shunday ezgu ishga qoʻl urdilar. Ular universitetga Nishon tumani hududidan ajratilgan “yashil belbogʻ” hududida obodonchilik tadbirlarini olib bordilar.

Image
Image
Image
Image
🔨 Bajarilgan ishlar
  • Belgilangan joylarda agrotexnika ishlari tashkil etildi
  • Mavjud koʻchatlar orasiga ishlov berildi
  • Daraxtlar butaldi va oqlandi
  • Qurigan nihollar oʻrniga yangilari ekildi

🌿 “Yashil makon” umummilliy loyihasi — koʻchat ekish tadbiri

📅 01.04.2026 Qarshi shahri · QDTU

1-aprel kuni Prezidentimiz boshchiligida respublikamiz boʻylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi koʻchat ekish tadbirlari boʻlib oʻtdi.

Image
Image

Qarshi shahrida tashkil etilgan tadbirlarda Qarshi davlat texnika universiteti rahbariyati, professor-oʻqituvchilar va talabalar ham faol ishtirok etdilar.

🌿 “Eko avlod” volontyorlar oʻquv-seminari

📅 11–16 may 2026 “Yoshlar oromgohi” · Boʻstonliq tumani, Toshkent viloyati
📄 Huquqiy asos

Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-dekabrdagi “Volontyorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-apreldagi 169-son qarori bilan tasdiqlangan namunaviy nizomda belgilangan vazifalar ijrosini taʻminlash maqsadida mazkur oʻquv-seminar tashkil etildi.

Joriy yilning 11–16-may kunlari “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” kafedrasi Atrof-muhit muhofazasi mutaxasislik magistranti Abdusattorov Asqar Koʻchkin oʻgʻli Qashqadaryo viloyati volontyor yoshlari delegatsiyasi tarkibida “Eko avlod” volontyorlar oʻquv-seminarida faol ishtirok etdi.

📚 Seminar mashgʻulotlari

1
“Liderlik” saboqlari — Rustamxoʻja Ishanov (“Oʻzkomnazorat”da AT texnologiyalarini joriy etishni nazorat qilish boʻlimi boshligʻi) tomonidan oʻtildi. Samarali boshqaruv, jamoa bilan ishlash, masʻuliyat, tashabbuskorlik hamda yetakchilik fazilatlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar uchun amaliy va motivatsion tavsiyalar taqdim etildi.
2
“Notiqlik sanʻati” vebinari — Ikrom Xudoyberganov tomonidan oʻtildi. Notiqlik mahorati, auditoriya bilan samarali muloqot qilish, nutq madaniyati hamda omma oldida erkin chiqish qilish koʻnikmalari haqida foydali tavsiyalar berildi. Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Image
Image
Image
Image

“Eko avlod” volontyorlari oʻquv-seminarida oʻquv darslaridan tashqari, koʻngilochar tadbirlar hamda sport mashgʻulotlari ham tashkil etildi.

🏆 Taqdirlash marosimi

“Eko avlod” volontyorlari oʻquv-seminari yakuniy qismida taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Taqdirlash marosimi — bu shunchaki sertifikat topshirish emas. Bu — har bir ishtirokchining oʻsishi, jasorati va sarflagan energiyasining tan olinishi.

Oʻzbekiston Volontyorlari Assotsiatsiyasi rahbari Shirin Abidova ham bu unutilmas kechada ishtirok etdi.

🎨 “Koʻngil ekologiyasi” rasmlar tanlovi

📅 15.04.2026 Irrigatsiya muhandisligi fakulteti · QDTU × Oʻzbekiston Ekologik partiyasi viloyat kengashi

Joriy yilning 15-aprel kuni Irrigatsiya muhandisligi fakultetida Qarshi davlat texnika universiteti hamda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi viloyat kengashi hamkorligida “Koʻngil ekologiyasi” mavzusida rasmlar tanlovi boʻlib oʻtdi.

Mazkur tanlov yoshlar orasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mehr va masʻuliyat hissini kuchaytirish maqsadida oʻtkazilib, unda turli taʻlim muassasalaridan iqtidorli talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar.

Image
Image
Image
Image

📋 Tanlov nominatsiyalari

1
“Yashil makon” umummilliy loyihasi
2
Suv resurslaridan oqilona foydalanish va choʻllanishga qarshi kurash
3
Atrof-muhit ifloslanishi va hududlarni chiqindilardan tozalash
4
Qayta ishlash va chiqindilarni saralash

🏆 Tanlov yakunida barcha gʻolib va faol ishtirokchilar esdalik sovgʻalari va diplomlar bilan taqdirlandi.

30-mart – Xalqaro chiqindisiz dunyo kuni

📅 30.03.2026 Alisher Navoiy nomli istirohat bogʻi · Qarshi shahri

Bugun viloyatimizda ham ushbu sana munosabati bilan “Chiqindisiz dunyo uchun!” shiori ostida ommaviy plogging aksiyasi tashkil etildi. Tadbirda turli tashkilotlar hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar.

Mazkur aksiyaning asosiy maqsadi atrof-muhitni toza saqlash, chiqindilarni kamaytirish hamda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishdan iboratdir. Ayniqsa, yoshlarning bu boradagi faolligi eʻtiborga loyiq.

Image
Image
🏅 Tadbir yakuni

Tadbir yakuniga koʻra, Irrigatsiya muhandisligi fakulteti “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” kafedrasi talabalari yuqori natija koʻrsatib, birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdilar. Bu ularning ekologik masʻuliyati yuqoriligi va faol fuqarolik pozitsiyasidan dalolat beradi.

🏆 Ekologiya bilimdonlari aniqlandi

📅 22.04.2026 Irrigatsiya muhandisligi fakulteti · Universitet bosqichi

Irrigatsiya muhandisligi fakultetida 22-aprel Xalqaro Yer kuni munosabati bilan talabalar oʻrtasida “Ekologiya bilimdoni” tanlovining universitet bosqichi boʻlib oʻtdi.

Mazkur tanlov “Ekologiya bilimdoni”, “Ekologik madaniyat targʻibotchisi”, “Eng faol ekovolontyor” hamda “Yilning eng yaxshi ekologiya himoyachisi” nominatsiyalari boʻyicha oʻtkazildi. Ishtirokchilar oʻzlarining nazariy bilimlari, ekologiya sohasidagi amaliy faoliyati, targʻibot ishlari, videoroliklari hamda innovatsion loyihalari bilan faol ishtirok etdilar.

Image
Image
Image
Image

🏆 Tanlov natijalari

“Ekologiya bilimdoni” nominatsiyasi
🏅 1-oʻrin Odilbek Jumayev (ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, 4-bosqich)
🏅 2-oʻrin Xursandbek Abdullayev (bank ishi, 2-bosqich)
🏅 3-oʻrin Mehriniso Neʻmatullayeva (ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, 4-bosqich)
“Ekologik madaniyat targʻibotchisi” nominatsiyasi
🏅 1-oʻrin Xolida Eshquvvatova (bank ishi, 2-bosqich)
🏅 2-oʻrin Mushtariy Xoʻjamshukurova (ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, 2-bosqich)
🏅 3-oʻrin Farangiz Ismoilova (ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, 1-bosqich)
“Eng faol ekovolontyor” nominatsiyasi
🏅 1-oʻrin Asqar Abdisattorov (atrof-muhit muhandisligi, 1-bosqich magistranti)
🏅 2-oʻrin Dilnoza Zulfiqorova (ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, 3-bosqich)
🏅 3-oʻrin Marjona Shokirova (ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, 2-bosqich)
“Yilning eng yaxshi ekologiya himoyachisi” nominatsiyasi
🏅 1-oʻrin Munisa Mengliqulova (atrof-muhit muhandisligi, 2-bosqich magistranti)
🏅 2-oʻrin Nozima Xoliqulova (biotexnologiya, 2-bosqich)

🏆 Gʻolib va sovrindorlar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Orolboʻyida ekologik yoshlar harakati va xalqaro anjuman

📅 26–30 aprel 2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi · “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” kafedrasi

Joriy yilning 26–30 aprel kunlari “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” kafedrasi professor-oʻqituvchilari va talabalari Orolboʻyida ekologik yoshlar harakati va xalqaro anjumanda faol ishtirok etdilar.

🌎 Xalqaro anjuman

Qoraqalpogʻiston Respublikasi mezbonligida oʻtkazilgan “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida “Orolboʻyi ezgu niyat elchilari” mavzusida xalqaro anjuman boʻlib oʻtdi.

Unda mintaqadagi ekologik barqarorlikni taʻminlash, innovatsion texnologiyalarni joriy etish kabi masalalari ilmiy doiralarda muhokama qilindi.

Image
Image
🌿 Tadbir tadbirlari
  • “10 ming qadam” ommaviy piyoda yurish tadbiri
  • Hududning iqlim sharoitiga mos daraxt koʻchatlarini ekish orqali Orolning qurigan tubida “yashil qoplamalar” yaratish tashabbusi
  • Eko-festivallar barchani ezgu maqsad yoʻlida birlashtirdi

Shahrisabz shahriga sayohat

📅 10.04.2025 Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ta'lim yo'nalishlari · 1-bosqich talabalari
Shahrisabz shahriga sayohat

10.04.2025 sanasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish taʻlim yoʼnalishlari 1-bosqich talabalari qadimiy va koʼhna Shahrisabz shahriga sayohat uyushtirdilar.

Tyutorlar hamrohligida kechgan ushbu sayohat davomida yoshlar Oqsaroy singari tarixiy obidalarni, Shahrisabz shahridagi hayvonot bogʼini tomosha qildilar.

22-aprel – Xalqaro Yer kuni

📅 22.04.2025 "Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi" kafedrasi
Xalqaro Yer kuni davra suhbati - 1
Xalqaro Yer kuni davra suhbati - 2

Mazkur sana munosabati bilan bugun “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” kafedrasi professor-oʻqituvchilari va talabalar ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbirda tuproq resurslarini muhofaza qilishda raqamlashtirish texnologiyalari hamda sunʻiy intellektning ahamiyati, agrar sohani rivojlantirishdagi muammolar, zararli moddalarning inson salomatligiga taʻsiri, huquqiy bazaning yer resurslarini muhofaza qilishdagi ahamiyati kabi mavzularda soʻz yuritildi. Mavzuga doir materiallar taqdimoti oʻtkazildi.

📑 Maʻlumot oʻrnida:

Xalqaro Yer kuni 2010-yildan buyon nishonlab kelinadi. Bu bayram Yer sayyorasining insoniyat uchun umumiy uy ekanini eʻtirof etgan holda, uni birgalikda asrab-avaylash gʻoyasini ifodalaydi.

16-sentyabr – Butunjahon tozalik kuni (World Cleanup Day)

📅 18.09.2025 Ekovalontiyor talabalar harakati · QDTU

Qarshi davlat texnika universiteti “Irrigatsiya muhandisligi” fakulteti “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” kafedrasida tashkil etilgan Ekovalontiyor talabalar harakati aʻzolari tomonida 16-sentyabr “Butunjahon tozalik kuni” (“World cleanup day”) nishonlanishi belgilangan.

Universitetimizning faol ekovalantiyor talabalar tashabbusi bilan joriy yilning 18-sentyabr kuni yoshlarni keng jalb qilgan holda chiqindilarni yugurish orqali saralab yigʻish “Plogging” tadbirlari boʻlib oʻtdi.

Plogging tadbiri - 1
Plogging tadbiri - 2
Plogging tadbiri - 3
Plogging tadbiri - 4
🏆 Mukofotlash

Faol qatnashgan valantiyor talabalar universitet tomonidan estalik sovgʻalari bilan tagʻdirlandilar.

🌿 “Yangi daraxt — yangi nafas” ekochempionati

📅 11.11.2025 Ekovalontiyor talabalar harakati · QDTU
📄 Huquqiy asos

Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 02/14-4760-sonli xatiga asosan “Yangi daraxt — yangi nafas” ekochempionatini tashkil etilganligi yuzasidan maʻlumot.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2025-yil 15-maydagi 184-sonli qarorning 7 (a) kichik bandi hamda 2-ilova 63-bandida har yili aholining turli qatlamlari, talabalar va oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Yangi daraxt — yangi nafas” respublika ekochempionatini tashkil etish vazifasi yuklatilgan.

Ushbu qarorni ijrosini taʻminlash maqsadida Qarshi davlat texnika universitetining “Irrigatsiya muhandisligi” fakulteti “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” kafedrasida tashkil etilgan Ekovalontiyor talabalar harakati aʻzolari tashabbusi bilan joriy yilning 11-noyabr “Yangi daraxt — yangi nafas” tadbirlari boʻlib oʻtdi.

Yangi daraxt — yangi nafas tadbiri - 1
Yangi daraxt — yangi nafas tadbiri - 2
Yangi daraxt — yangi nafas tadbiri - 3
Yangi daraxt — yangi nafas tadbiri - 4
🌿 Tadbir natijalari

Tadbir davomida 40 ga yaqin manzarali daraxt koʻchatlari ekildi va faol talabalar tadbir davomida taqdirlandi.

11-noyabr – Koʻchib yuruvchi hayvonlar kuni

📅 11.11.2025 “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” kafedrasi

“Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan 11-noyabr – Koʻchib yuruvchi hayvonlar kuni munosabati bilan “Tabiat chegara bilmaydi” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Ko'chib yuruvchi hayvonlar kuni davra suhbati - 1
Ko'chib yuruvchi hayvonlar kuni davra suhbati - 2
📚 Tadbir dasturi
  • Mavzu yuzasidan maʻruzalar tinglandi
  • Talabalarning taqdimotlari oʻtkazildi
  • Tezkor savollarga javob berdilar
  • Bilim va koʻnikmalarini namoyon etdilar