Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi

Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi

Image

Bo'lim boshlig'i

F.I.O: Yuldashov Sobir Fayzullayevich
Qabul vaqti: Dushanba - Juma
Telefon: +998 97 445 82 90 Email: sobiryuldashov190@gmail.com
Image

Bosh mutaxassis

F.I.O: Yodgorov Nizomiddin Narmahmatovich
Qabul vaqti: Dushanba - Juma
Telefon: +998997271227 Email: nizomiddinyodgorov1@gmail.com
Image

Bosh mutaxassis

F.I.O: Shokirova Dilnoza Olimjon qizi
Qabul vaqti: Dushanba - Juma
Telefon: +998990264746 Email: yozbahor744@gmail.com
Image

Bosh mutaxassis

F.I.O: Sabirova Zebiniso Usmonovna
Qabul vaqti: Dushanba - Juma
Telefon: +998 94 493-05-10 Email: zebiniso55@gmail.com

Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limining asosiy vazifalari

Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi quydagi vazifalarni bajaradi:

1
Institutda kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish va muvofiqlashtirishni o'quv jarayonini davlat standartlariga olib borish.
2
Talabalar bilimlari, malaka va ko'nikmalarini davlat ta'lim standartlariga muvofiqligini hamda talabalarning fanlarni o'zlashtirish darajasini o'rganib borish va tahlil qilish.
3
Ta'lim sifatini ta'minlay oladigan professor-o'qituvchilar tarkibini shakllantirish, salohiyatli o'qituvchilarni tanlash, ishga qabul qilish, ularning kasbiy mahorati va malakasini oshirish imkonini beradigan shaffof tashkiliy mexanizmlarni yaratish.
4
Professor-o'qituvchilarning dars berish sifatini muntazam ravishda tahlil qilish.
5
Institutni ichki baholashdan o'tkazishni tashkil etish va ichki baholash natijalari bo'yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko'rish.
6
O'quv jarayonini normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar asosida tashkil etish va HEMIS tizimidan foydalanish samaradorligini o'rganib borish (axborot tizimiga ma'lumotlarni o'z vaqtida va to'g'ri hajmda kiritilganligi, kredit modul tizimini talab darajasida tashkil etilganligi).
7
Malaka talablari, o'quv reja va dasturlarning standartlar hamda mehnat bozori talablariga mos bo'lgan raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga muvofiqligini tahlil qilish.
8
Bitiruvchi talabalarning kadrlar bozoridagi o'rni va ularga bo'lgan ehtiyoj hamda yangi ta'lim yo'nalishlarini ochish bo'yicha takliflarni kiritish.
9
O'quv mashg'ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar va multimedia vositalari asosida tashkil etilganligi, dars jarayonlarida axborot kommunikatsiyalardan keng foydalanishni yo'lga qo'yilganligini o'rganib borish.
10
Amaliy mashg'ulotlarning sifatini oshirish uchun ishlab chiqarish korxonalaridan malakali mutaxassislarni jalb etilganligini o'rganib borish (tashqi o'rindosh sifatida).
11
Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashda shaffoflik va xolislikni ta'minlash bo'yicha ko'rilgan chora-tadbirlar samaradorligini aniqlash.
12
Professor-o'qituvchilar tarkibi, ularning malaka oshirish sifatini nazorat qilish va ta'lim dasturlariga yangi fanlarning kiritilganligini o'rganish.
13
Professor-o'qituvchilarga o'quv yuklamasini adolatli taqsimlanganligini tahlil qilish.
14
Axborot resurs markazida talaba va o'qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar holati va fanlar bo'yicha dasturlarning mavjudligini tahlil qilish hamda bu bo'yicha rahbariyatga takliflar kiritish.
15
Mustaqil ta'limni talab darajasida tashkil etilishini tahlil qilish (yo'riqnoma yoki uslubiy ko'rsatmalarni tashkil etish uchun tegishli tartibni ishlab chiqilganligi).
16
Institutda plagiatga qarshi dasturlarni joriy etilishini ta'minlash (jumladan, akademik halollik tamoyillarini joriy etish va ko'chirmachilikka qarshi ishlarni tizimli ravishda tashkil etish).
17
Vazirlikning topshirig'iga muvofiq, boshqa oliy ta'lim muassassalari faoliyatini o'rganishda ishtirok etish.
 
Bo'ysunish tartibi:
  • Institut Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi to'g'ridan-to'g'ri vazirlikning Ta'lim muassassalari faoliyatini tashkil etish, litsenziyalash, ta'lim sifatini ta'minlash departamentiga hisobdor hisoblanadi.
  • Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi bevosita institut rektoriga bo'ysunadi va mazkur nizom asosida o'z vakolatlari doirasida faoliyat yuritiladi.

Bo'lim amalga oshiradigan funksiyalar

1
Ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta'lim standartlari (DTS), malaka talablari, o'quv rejalari va fan dasturlari bilan ta'minlanganligini tizimli tahlil qiladi.
2
Asosiy faoliyatini belgilangan mezonlar asosida ta'lim sifatini o'rganishga, natijalarni tahlil qilishga qaratadi va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha takliflarni ishlab chiqadi.
3
Ta'lim yunalishi va mutaxassisliklarning normativ-huquqiy hujjatlar bilan ta'minlanganligini o'rganadi.
4
Talabalarning darslik va o'quv qo'llanmalari (shu jumladan, elektron darslik va qo'llanmalar) bilan ta'minlanganlik darajasini ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklar hamda tillar kesimida tahlil qiladi.
5
OTM professor-o'qituvchilari tayanch ma'lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning qayta tayyorlashdan o'tganligini yoki mos ixtisoslik bo'yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o'rganadi va ma'lumotlarni OTM rektoriga taqdim etadi.
6
O'quv jarayonida ilg'or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish holatini o'rganadi va ularni takomillashtirish bo'yicha tegishli takliflarni OTM rektoriga taqdim etadi.
7
Ilmiy-tadqiqot ishlarining iste'molchilar talablaridan kelib chiqqan holda olib borilayotganligini, OTM professor-o'qituvchilari va talabalarining ilmiy-tadqiqot ishlaridagi ishtirokini, ilmiy ishlarning ishlab chiqarishga tatbig'ini moliyalashtirish manbalari holatlari bo'yicha o'rganadi.
8
OTM tarkibiy tuzilmalarining zamonaviy moddiy-texnik ta'minoti, o'quv-laboratoriya jihozlari, kompyuterlar bilan ta'minlanganigi va ulardan samarali foydalanilish darajasini tahlil qiladi.
9
Ta'limning ishlab chiqarish va ilm-fan bilan integratsiyasini, OTMning kadrlar tayyorlash va hamkorlikda ilmiy texnologik yechimlar yaratishda ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish darajasini, innovatsion g'oyalar, ishlanma va texnologiyalarni jalb etilishini o'rganadi.
10
Pedagog kadrlarning bevosita ishlab chiqarishda malakasi oshirilishini hamda ta'lim yo'nalishlari bo'yicha iste'molchilar bozorining o'rganilganligini (marketing xizmati ma'lumotlari asosida) tahlil qiladi.
11
Ta'lim jarayoniga ilmiy-tadqiqot institutlari, ishlab chiqarish korxona va tashkilotlari hamda xorijiy davlatlar malakali mutaxassislarining jalb etilishini o'rganadi.
12
Ta'lim va kadrlar tayyorlash sifati muammolari bo'yicha xalqaro konferensiyalar, anjumanlar, simpoziumlar, seminar va o'quvlarda ishtirok etadi.
13
Talabalar bajarayotgan bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyasi mavzularining dolzarbligi, sifati va ularni ishlab chiqarishga qay darajada joriy qilinganligini o'rganadi.
14
OTMning tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil tadqiqotchi instituti orqali oliy malakali kadrlar tayyorlash faoliyatini tahlil qiladi.
15
OTMning o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari bilan hamkorlik faoliyatini o'rganadi; asosidagi takliflarni O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Ta'lim muassassalari faoliyatini tashkil etish, litsenziyalash, ta'lim sifatini ta'minlash departamenti va OTM rektoriga taqdim etadi.
16
OTMda ma'naviy-ma'rifiy ishlar rejasi, mazmuni va uning bajarilishini (bayonnomalar asosida), professor-o'qituvchilarning tarbiyaviy ishlarga jalb etilganligini, ta'lim muassasasidagi ma'naviy-ijtimoiy muhitni, pedagog xodimlarning axloqiy sifatlarini (so'rovnoma asosida) o'rganadi.
17
OTM axborot-resurs markazi fondining zarur adabiyotlar bilan ta'minlanganligini, ulardan foydalanayotgan professor-o'qituvchilar va talabalar salmog'ini aniqlaydi.
18
Professor-o'qituvchilar reytingini aniqlashda ishtirok etadi.
19
Talabalar bilimini baholash bo'yicha nazorat natijalarini tanlama tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini va shaffofligini o'rganadi va takliflar tayyorlaydi.
20
Yakuniy davlat attestatsiyalarini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilgan holda o'tkazilganligini va uning natijalarini tahlil qiladi.
21
OTMning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo'lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo'nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash jarayoni va tahliliy ma'lumotlarni tayyorlashda ishtirok etadi.
22
OTMda kadrlar tayyorlash sifati va talabalar bilim darajasini aniqlash maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o'qituvchi va kadrlar iste'molchilari o'rtasida ijtimoiy so'rovlar o'tkazadi.
23
OTMda xalqaro hamkorlikning yo'lga qo'yilganligini, xorijiy mamlakatlar bilan shartnoma asosida talaba, tayanch doktorant, doktorant, ilmiy xodimlar almashinuvini, fan sohasida xalqaro ilmiy tadbirlarning tashkil etilishini, chet el grantlari asosida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini, xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishini tahlil qiladi va bu sohani rivojlanishiga takliflar beradi.
24
Bo'lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Iste'dod" jamg'armasi yoki xalqaro loyihalar va OTM hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o'quv va ilmiy markazlari tajribasini o'rganadi va ularni ta'lim jarayoniga tatbiq etadi.
25
O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Ta'lim muassassalari faoliyatini tashkil etish, litsenziyalash, ta'lim sifatini ta'minlash departamenti tomonidan amalga oshiriladigan OTMlar reytingini aniqlash va baholashga oid ma'lumotlarni to'plashda hamda boshqa topshiriq va vazifalarni bajarishda ishtirok etadi.
26
Respublikada va xorijiy davlatlardagi ta'lim sifatini nazorat qilishga oid yangiliklarni doimiy o'rganib boradi va ularni ta'lim jarayoniga tadbiq etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi.

QDTU Ta'lim sifati nazorati bo'limining yillik ish rejasi 2025/2026

№ 1 QDTU Ta'lim sifati nazorati bo'limining ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan yillik ish rejasi