Ma'lumot | |
---|---|
![]() |
Dekan SHODIYEV ABBOS NE’MATOVICH Telefon: +998 94 376 05 05E-mail: abbos.shodiyev.91@mail.ru |
![]() |
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari SHARIPOV G‘ULOMJON QARSHI O‘G‘LI Telefon: +998 90 518 53 33E-mail: sharipovgulomjon92@gmail.com |
![]() |
O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari MEYLIYEV FARRUX IKROM O‘G‘LI Telefon: +998 88 900 70 15E-mail: farruxmeyliyev995@gmail.com |
FAKULTET HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
1995 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti va Toshkent politexnika institutining Qarshi filiallari negizida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti tashkil etilgandan so‘ng “Muhandis texnika” fakulteti tashkil etildi. 2013 yil avgust oyida institutda fakultet va kafedralarning yangi tashkiliy tuzilmasiga o‘tilishi munosabati bilan “Neft va gaz” fakultetiga aylantirildi. Prezidentimizning 10.12.2024 yildagi PQ-428 sonli qarorlariga asosan Qashqadaryo viloyatidagi 4 ta oliy ta'lim muassasalari negizida yangi Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etildi va universitetda “Neft va gaz” hamda “Geologiya va konchilik ishi” fakultetlari birlashtirilib “Neft-gaz va geologiya”fakultetiga о‘zgartirildi.
Neft-gaz va geologiya fakulteti tarkibida 4 ta:
- Neft-gaz ishi va ularni qayta ishlash texnologiyasi;
- Texnologik mashinalar va jihozlar;
- Geologiya va konchilik ishi
- Tabiiy fanlar kafedralari faoliyat olib bormoqda.
Ushbu kafedralarda quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida bakalavrlar hamda mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda:
60721800-Neft va gaz ishi (Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish),
60720700-Texnologik mashinalar va jihozlar faolioyat turlari bo‘yicha);
60730300-Qurilish muhandisligi: neft-gazni qayta ishlash sanoati obyektlari qurilishi
60721100-Neft va neft- gazni qayta ishlash texnologiyasi;
60720900-Neft-gaz kimyo sanoati texnologiyasi.
60721600-Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvetkasi (faolioyat turlari bo‘yicha);
60721500–Konchilik ishi (faolioyat turlari bo‘yicha);
60722000-Marksheyderlik ishi;
60711200-Metallurgiya muhandisligi;
(Magistratura)
(Talaba soni-3826 nafar)
Fakultetda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar kontengenti 2025 yil holatiga ko‘ra 3826 nafarni tashkil etgan, jumladan 3640 nafari o‘g‘il bolalar va 186 nafari xotin-qiz talabalar.
Fakultetda 2024-2025 o‘quv yilida asosiy va ichki o‘rindoshlik shtatda ilmiy-pedagogik faoliyat olib borgan professor-o‘qituvchilar soni 135 nafarni tashkil etadi.