Energetika muhandisligi fakulteti

Energetika muhandisligi fakulteti

 

  Ma'lumot
Shuxrat Komilovich Dekan
YAXSHIBOYEV SHUXRAT KOMILOVICH
Telefon: +998 91 560 97 79
e-mail: shuxratbekyaxshiboyev@rambler.ru
Bahodir Mamatkulovich Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari
XAZRATKULOV BAHODIR MAMATKULOVICH
Telefon: +998 90 440 47 15
e-mail: bahodir4715@gmail.com
Azamat Sattorovich O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
RASHIDOV AZAMAT SATTOROVICH
Telefon: +998 90 929 77 79
e-mail: azamatjon0808@gmail.com

 

FAKULTET HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT

1995 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti va Toshkent politexnika institutining Qarshi filiallari negizida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti tashkil etilgandan so‘ng “Muhandis texnika”  fakulteti tashkil etildi. 2013 yil avgust oyida institutda fakultet va kafedralarning yangi tashkiliy tuzilmasiga o‘tilishi munosabati bilan “Energetika” fakultetiga aylantirildi. Prezidentimizning 10.12.2024 yildagi PQ-428 sonli qarorlariga asosan Qashqadaryo viloyatidagi 4 ta oliy ta'lim muassasalari negizida yangi Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etildi va universitetda “Energetika” fakulteti “Energetika muhandisligi”fakultetiga о‘zgartirildi.

 Energetika muhandisligi fakulteti tarkibida 5 ta:

  • Elektr ta’minoti va intellektual energetik tizimlar;
  • Energetika muhandisligi;
  • Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi;
  • Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish
  • Oliy matematika kafedralari faoliyat olib bormoqda.

Ushbu kafedralarda quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida bakalavrlar hamda mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda:

 

60710400 -  Energetika muhandisligi,

60710500 -  Elektr muhandisligi;

60710900 -  Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish;

61020200 -  Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (Sanoatda).

70710503 -  Sanoat issiqlik energetikasi;

70710401 -  Energiya tejamkorligi va EA;

70710409 -  Elektr energetikasi tizimlari va tarmoqlari;

70710501 -  Elektr mexanikasi;

70710901 -  Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish;

70710407 -  Elektr ta’minoti;

70710411 -  Muqobil enerergiya manbalari;

71020201 -  Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi.

(Talaba soni-3237 nafar)

 

Fakultetda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar kontengenti 2025 yil holatiga ko‘ra 3237 nafarni tashkil etgan, jumladan 2829 nafari o‘g‘il bolalar va 408 nafari xotin-qiz talabalar.

Fakultetda 2024-2025 o‘quv yilida asosiy va ichki o‘rindoshlik  shtatda ilmiy-pedagogik faoliyat olib borgan professor-o‘qituvchilar soni 135 nafarni tashkil etadi.