Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi
|
Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi
|
|
|
Markaz haqida
Markaz o'z faoliyatini amaldagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruq va farmoyishlari, hay'at qarorlariga muvofiq amalga oshiradi.
Markazning moliyaviy faoliyati universitetning budjet va budjetdan tashqari mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi. Markaz boshlig'i universitet rektorining buyrug'i bilan tayinlanadi. Markaz universitetning strukturaviy bo'limi hisoblanadi.
|
Asosiy vazifalari
- yangi axborot texnologiyalari bo'yicha elektron ilmiy, uslubiy qo'llanmalar va darsliklarni yaratishda amaliy yordamlar ko'rsatish, hamda ularni Internet – xalqaro axborot tizimlari bo'yicha tarqatishni yo'lga qo'yish;
- masofaviy o'qitish ishlarini amalga oshirish;
- professor-o'qituvchilar, tadqiqotchilar, iqtidorli talabalarni kompyuter va axborot texnologiyalar bo'yicha savodxonligini oshirish maqsadida kurslar tashkil etish;
- professor-o'qituvchi xodimlar, tadqiqotchilar va talabalar uchun kompyuter hamda axborot texnologiyalari manbalaridan, Internet - xalqaro axborot tizimlaridan unumli foydalanishni yo'lga qo'yish;
- professor-o'qituvchilar, xodimlar, talabalar o'rtasida buyurtmalar bo'yicha pullik kompyuter kurslarini yo'lga qo'yish;
- amaliyot va laboratoriya darslarini multimedia va kompyuter tizimlari orqali imitatsion stendlar va virtual laboratoriya dasturlar ta'minotini yaratish ishlarida amaliy yordam ko'rsatish va uni tashkil qilish;
- turli xil dasturlar yaratish va ularni tadbiq etish;
- ARM kutubxonasining elektron katalogini yaratish, "virtual kutubxona" joriy etish va undan foydalanishni yo'lga qo'yish;
- kompyuter tarmog'ini tashkil qilish;
- axborot uzatish va qabul qilish vositalaridan (Internet, elektron pochta, modem aloqa, faks va sh.k.) foydalanish ishlarini amalga oshirish;
- axborot texnologiyalari bo'yicha Respublika va xorijiy o'quv muassasalari hamda ilmiy tekshirish markazlari bilan hamkorlikda ilmiy izlanish ishlarini olib borish, Internetdan foydalanib, xorijiy davlat oliy o'quv yurtlari bilan aloqa o'rnatishni yo'lga qo'yish;
- o'quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishni kompyuterlashtirish shu bilan birga yagona axborot makonini yaratish, mashg'ulotlar o'tkazish sifatini markazlashgan holda masofadan nazorat qilishni amalga oshirish;
- axborot texnologiyalari uchun zarur bo'lgan texnik vosita va jihozlarni zamon talablari asosida yangilab turish;
- oliy ta'lim tizimiga yangi axborot texnologiyalarini joriy etish;
- axborotlar bazasini yaratish va ularni doimiy ma'lumotlar bilan yangilab borish;
- videokonferensiya, videokonsultatsiya va videodebatlarni tashkil etish;
- universitetning Web saytini yaratish va uni doimiy yangi ma'lumotlar bilan yangilab borishda amaliy yordamlar ko'rsatish;
- buyurtmalar bo'yicha Web sahifalar yaratish, dasturlar ta'minotini tuzish, kompyuter texnikalarini sozlash va ishga tushirish bo'yicha pullik servis xizmatini ko'rsatish;
- talabalar bilimini nazorat qilishni tashkil etish va uning monitoringini olib borish;
- akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga konsalting xizmat ko'rsatish hamda boshqa faoliyat doirasida o'quv-uslubiy, ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy ishlarni bajarish.
|