“YAŞIL MAKON FIDOYILARI” TANLOVI ĞOLIBLARI ANIQLANDI
Irrigatsiya muhandisligi fakultetida “Ekologiya va iqlim barqarorligi” kafedrasi tomonidan talaba-yoşlar örtasida “Yaşil makon fidoyilari” tanlovi ötkazildi. Tanlovda 24 nafar talaba “Ekologiya bilimdoni”, “Ekologik madaniyat tarğibotçisi”, “Eng faol ekovolontyor” hamda “Yilning eng yaxşi ekologiya himoyaçisi” nominatsiyalari böyiça bellaşdi. 🏆 Tanlov yakuni
Ekspertlar kengaşi tomonidan iştirokçilarning bilim va işlari baholanib, 11 nafar talaba ğolib va sovrindor sifatida e’tirof etildi. |
Şimoliy Xitoy texnologiya universitetida malaka oşiriş dasturi
Transport muhandisligi kafedrasi dotsenti Akmal Karimov hamda ekologiya va iqlim barqarorligi kafedrasi assistenti Olmosbek Qöziyev Şimoliy Xitoy texnologiya universitetida malaka oşiriş dasturida iştirok etmoqdalar. 🎓 Dastur maqsadi
Mazkur dastur Xitoy va Özbekiston oliy taʼlim muassasalari örtasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş, professor-öqituvçilarning kasbiy malakasi va ilmiy salohiyatini oşirişga qaratilgan. Öqituvçilarimiz dastur doirasida energetika va energiyani saqlaş texnologiyalari, intellektual transport tizimlari yönalişlarida zamonaviy ilmiy-texnik yutuqlar, ilğor taʼlim metodikalari hamda ilmiy tadqiqotlar olib boriş tajribalari bilan tanişmoqdalar. 📅 Mazkur malaka oşiriş dasturi 2026-yil 6-noyabrga qadar davom etadi. |
Talabalarimiz – “Eko-debat” loyihasining viloyat bosqichi gʻolibi
Irrigatsiya muhandisligi fakultetida viloyat Ekologik partiyasi hamda “Ekologiya va iqlim oʻzgarishi” kafedrasi hamkorligida “Eko-debat” loyihasining viloyat bosqichi tashkil etildi. Bahsda Qarshi davlat texnika universiteti talabalari jamoasi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi viloyat akademik litseyi jamoasi o‘zaro bellashdi. Ishtirokchilar muammolarni chuqur tahlil qilishdi. Ilmiy asoslangan takliflarni ilgari surish bilan birga notiqlik mahoratini ham namoyish etishdi. 🏆 Tanlov yakuni
Yakunda universitetimiz talabalari gʻoliblikni qoʻlga kiritib, loyihaning respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar. Gʻolib talabalarimizni tabriklaymiz va hal qiluvchi bosqichda ham muvaffaqiyat yor bo‘lishini tilaymiz. |
16-sentabr – Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni
Mazkur sana munosabati bilan Irrigatsiya muhandisligi fakultetida “Ozon qatlamini asrash – kelajakni asrash” mavzusida maʻnaviy-maʻrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. 👤 Tadbir ishtirokchilari
🌎 Muhokama qilingan mavzular
|
🌿 “Yashil belbogʻ” hududida obodonchilik tadbirlari
Mashinalar serqatnov yoʻllar chetida bogʻ-rogʻlar barpo etilishi yashillikni asrashga, havoning sofligini saqlashga, kishiga zavq berishga xizmat qiladi. Koʻngilli talabalarimiz va guruh murabbiylari ana shunday ezgu ishga qoʻl urdilar. Ular universitetga Nishon tumani hududidan ajratilgan “yashil belbogʻ” hududida obodonchilik tadbirlarini olib bordilar. 🔨 Bajarilgan ishlar
|
🌿 “Yashil makon” umummilliy loyihasi — koʻchat ekish tadbiri
1-aprel kuni Prezidentimiz boshchiligida respublikamiz boʻylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi koʻchat ekish tadbirlari boʻlib oʻtdi. Qarshi shahrida tashkil etilgan tadbirlarda Qarshi davlat texnika universiteti rahbariyati, professor-oʻqituvchilar va talabalar ham faol ishtirok etdilar. |
🌿 “Eko avlod” volontyorlar oʻquv-seminari
📄 Huquqiy asos
Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-dekabrdagi “Volontyorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-apreldagi 169-son qarori bilan tasdiqlangan namunaviy nizomda belgilangan vazifalar ijrosini taʻminlash maqsadida mazkur oʻquv-seminar tashkil etildi. Joriy yilning 11–16-may kunlari “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” kafedrasi Atrof-muhit muhofazasi mutaxasislik magistranti Abdusattorov Asqar Koʻchkin oʻgʻli Qashqadaryo viloyati volontyor yoshlari delegatsiyasi tarkibida “Eko avlod” volontyorlar oʻquv-seminarida faol ishtirok etdi. 📚 Seminar mashgʻulotlari
“Eko avlod” volontyorlari oʻquv-seminarida oʻquv darslaridan tashqari, koʻngilochar tadbirlar hamda sport mashgʻulotlari ham tashkil etildi. 🏆 Taqdirlash marosimi
“Eko avlod” volontyorlari oʻquv-seminari yakuniy qismida taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Taqdirlash marosimi — bu shunchaki sertifikat topshirish emas. Bu — har bir ishtirokchining oʻsishi, jasorati va sarflagan energiyasining tan olinishi. Oʻzbekiston Volontyorlari Assotsiatsiyasi rahbari Shirin Abidova ham bu unutilmas kechada ishtirok etdi. |
🎨 “Koʻngil ekologiyasi” rasmlar tanlovi
Joriy yilning 15-aprel kuni Irrigatsiya muhandisligi fakultetida Qarshi davlat texnika universiteti hamda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi viloyat kengashi hamkorligida “Koʻngil ekologiyasi” mavzusida rasmlar tanlovi boʻlib oʻtdi. Mazkur tanlov yoshlar orasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mehr va masʻuliyat hissini kuchaytirish maqsadida oʻtkazilib, unda turli taʻlim muassasalaridan iqtidorli talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar. 📋 Tanlov nominatsiyalari
🏆 Tanlov yakunida barcha gʻolib va faol ishtirokchilar esdalik sovgʻalari va diplomlar bilan taqdirlandi. |
30-mart – Xalqaro chiqindisiz dunyo kuni
Bugun viloyatimizda ham ushbu sana munosabati bilan “Chiqindisiz dunyo uchun!” shiori ostida ommaviy plogging aksiyasi tashkil etildi. Tadbirda turli tashkilotlar hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar. Mazkur aksiyaning asosiy maqsadi atrof-muhitni toza saqlash, chiqindilarni kamaytirish hamda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishdan iboratdir. Ayniqsa, yoshlarning bu boradagi faolligi eʻtiborga loyiq. 🏅 Tadbir yakuni
Tadbir yakuniga koʻra, Irrigatsiya muhandisligi fakulteti “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” kafedrasi talabalari yuqori natija koʻrsatib, birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdilar. Bu ularning ekologik masʻuliyati yuqoriligi va faol fuqarolik pozitsiyasidan dalolat beradi. |
🏆 Ekologiya bilimdonlari aniqlandi
Irrigatsiya muhandisligi fakultetida 22-aprel Xalqaro Yer kuni munosabati bilan talabalar oʻrtasida “Ekologiya bilimdoni” tanlovining universitet bosqichi boʻlib oʻtdi. Mazkur tanlov “Ekologiya bilimdoni”, “Ekologik madaniyat targʻibotchisi”, “Eng faol ekovolontyor” hamda “Yilning eng yaxshi ekologiya himoyachisi” nominatsiyalari boʻyicha oʻtkazildi. Ishtirokchilar oʻzlarining nazariy bilimlari, ekologiya sohasidagi amaliy faoliyati, targʻibot ishlari, videoroliklari hamda innovatsion loyihalari bilan faol ishtirok etdilar. 🏆 Tanlov natijalari
🏆 Gʻolib va sovrindorlar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. |
Orolboʻyida ekologik yoshlar harakati va xalqaro anjuman
Joriy yilning 26–30 aprel kunlari “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” kafedrasi professor-oʻqituvchilari va talabalari Orolboʻyida ekologik yoshlar harakati va xalqaro anjumanda faol ishtirok etdilar. 🌎 Xalqaro anjuman
Qoraqalpogʻiston Respublikasi mezbonligida oʻtkazilgan “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida “Orolboʻyi ezgu niyat elchilari” mavzusida xalqaro anjuman boʻlib oʻtdi. Unda mintaqadagi ekologik barqarorlikni taʻminlash, innovatsion texnologiyalarni joriy etish kabi masalalari ilmiy doiralarda muhokama qilindi. 🌿 Tadbir tadbirlari
|
Shahrisabz shahriga sayohat
10.04.2025 sanasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish taʻlim yoʼnalishlari 1-bosqich talabalari qadimiy va koʼhna Shahrisabz shahriga sayohat uyushtirdilar. Tyutorlar hamrohligida kechgan ushbu sayohat davomida yoshlar Oqsaroy singari tarixiy obidalarni, Shahrisabz shahridagi hayvonot bogʼini tomosha qildilar. |
22-aprel – Xalqaro Yer kuni
Mazkur sana munosabati bilan bugun “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” kafedrasi professor-oʻqituvchilari va talabalar ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Tadbirda tuproq resurslarini muhofaza qilishda raqamlashtirish texnologiyalari hamda sunʻiy intellektning ahamiyati, agrar sohani rivojlantirishdagi muammolar, zararli moddalarning inson salomatligiga taʻsiri, huquqiy bazaning yer resurslarini muhofaza qilishdagi ahamiyati kabi mavzularda soʻz yuritildi. Mavzuga doir materiallar taqdimoti oʻtkazildi. 📑 Maʻlumot oʻrnida:
Xalqaro Yer kuni 2010-yildan buyon nishonlab kelinadi. Bu bayram Yer sayyorasining insoniyat uchun umumiy uy ekanini eʻtirof etgan holda, uni birgalikda asrab-avaylash gʻoyasini ifodalaydi. |
16-sentyabr – Butunjahon tozalik kuni (World Cleanup Day)
Qarshi davlat texnika universiteti “Irrigatsiya muhandisligi” fakulteti “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” kafedrasida tashkil etilgan Ekovalontiyor talabalar harakati aʻzolari tomonida 16-sentyabr “Butunjahon tozalik kuni” (“World cleanup day”) nishonlanishi belgilangan. Universitetimizning faol ekovalantiyor talabalar tashabbusi bilan joriy yilning 18-sentyabr kuni yoshlarni keng jalb qilgan holda chiqindilarni yugurish orqali saralab yigʻish “Plogging” tadbirlari boʻlib oʻtdi. 🏆 Mukofotlash
Faol qatnashgan valantiyor talabalar universitet tomonidan estalik sovgʻalari bilan tagʻdirlandilar. |
🌿 “Yangi daraxt — yangi nafas” ekochempionati
📄 Huquqiy asos
Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 02/14-4760-sonli xatiga asosan “Yangi daraxt — yangi nafas” ekochempionatini tashkil etilganligi yuzasidan maʻlumot. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2025-yil 15-maydagi 184-sonli qarorning 7 (a) kichik bandi hamda 2-ilova 63-bandida har yili aholining turli qatlamlari, talabalar va oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Yangi daraxt — yangi nafas” respublika ekochempionatini tashkil etish vazifasi yuklatilgan. Ushbu qarorni ijrosini taʻminlash maqsadida Qarshi davlat texnika universitetining “Irrigatsiya muhandisligi” fakulteti “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” kafedrasida tashkil etilgan Ekovalontiyor talabalar harakati aʻzolari tashabbusi bilan joriy yilning 11-noyabr “Yangi daraxt — yangi nafas” tadbirlari boʻlib oʻtdi. 🌿 Tadbir natijalari
Tadbir davomida 40 ga yaqin manzarali daraxt koʻchatlari ekildi va faol talabalar tadbir davomida taqdirlandi. |
11-noyabr – Koʻchib yuruvchi hayvonlar kuni
“Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan 11-noyabr – Koʻchib yuruvchi hayvonlar kuni munosabati bilan “Tabiat chegara bilmaydi” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. 📚 Tadbir dasturi
|
















































