Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti

Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti

 

  Ma'lumot
Shuxrat Komilovich Dekan
Nasimov Shavkat Vasiyevich
Telefon: +998 97 799 49 64
e-mail: shavkatnasimov2212@gmail.com
Bahodir Mamatkulovich Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Mirzayev Komiljon Mamairjonovich
Telefon: +998 90 994 07 87
e-mail: komil_mir@list.ru
Azamat Sattorovich O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Jonuzoqov Nurbek Berdimurodovich
Telefon: +998 91 229 14 06
e-mail: nurbekjonuzoqov2@gamil.com 

 

FAKULTET HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT

Iqtisodiyot fakultetida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” shuningdek, Prezidentimizning milliy istiqlol g‘oyasi, ma’naviyat va ma’rifat, ta’lim va tarbiyaga bag‘ishlangan asarlari va nutqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining bo‘yruqlari, hamda Qarshi davlat texnika universiteti  rektorining bo‘yruqlari, universitet va fakultet Ilmiy Kengashlari qarorlarini hayotga tadbiq etish bilan birga ma’naviy-ahloqiy va tarbiyaviy ishlar ham olib borilmokda.

          Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev ta’kidlaganidek,  “Erishilgan yutuqlarga mahliyo bo‘lib o‘tirish taraqqiyot yo‘lidagi eng katta g‘ovdir”

 Qarshi davlat texnika universiteti Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti 1992 yilda  yildan tashkil topgan. 1995 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari universiteti va Toshkent politexnika universitetining Qarshi filiallari negizida Qarshi muhandislik iqtisodiyot universiteti tashkil etilgandan so‘ng, “Iqtisodiyot” fakulteti tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.12.2024 yildagi PQ-428-sonli qaroriga asosan Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etilishi munosabati bilan fakultet nomi “Iqtisodiyot va boshqaruv” deb qaytadan nomlandi.

1992 yildan bugungi kungacha fakultetni tugatgan mutaxassislar respublikamiz va chet el davlatlaridagi ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatib, mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishda o‘zlarining munosib xissalarini qo‘shib kelmoqdalar.

FAKULTET TARKIBIDAGI KAFEDRALAR:

  • Buxgalteriya hisobi va audit;
  • Innovatsion iqtisodiyot
  • Biznes va boshqaruv
  • Moliya va bank ishi

Hozirgi vaqtda: 60410100 - Iqtisodiyot 61010400 - Logistika 60410800 - Menejment 60410700 - Statistika 60410200 - Buxgalteriya hisobi 60410600 - Bank ishi 60410500 - Moliya va moliyaviy texnologiyalar Sug’urta ishi ta’lim yo’nalishlarida bakalavriat bosqichida talabalar tahsil olishmoqda.

Fakultet kafedralarida bugungi kunda 78 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Jumladan, 5 nafar fan doktori, professor, 32 nafar i.f.f.d, fan nomzodi dotsentlar bo‘lib, ilmiy salohiyati 52.5 % ni tashkil etadi.

Keyingi vaqtda fakultetda kadrlar tayyorlash sifatiga aloxida e’tibor qaratilmoqda. Qator yillar mobaynida kafedralarda mustahkam va zamonaviy moddiy-texnik baza yaratilib, o‘quv va laboratoriya xonalari davr talabi asosida jihozlangan. Shu o‘rinda ta’limni fan va ishlab chiqarish bilan o‘zaro integratsiyasi aloxida ahamiyat kasb etadi. Bir qator korxonalarida fakultet kafedralarining filiallari tashkil etilgan bo‘lib, u yerda o‘quv mashg‘ulotlarini olib borilishi fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada chuqurlashtirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. O‘quv jarayoni nazariy bilim olish va amaliy ko‘nikmalar hosil qilishni o‘zaro bog‘lash asosida tashkil etilgan.

Viloyatning yirik korxona va tashkilotlari bilan innovatsion korporativ hamkorlik o‘rnatilgan. Fakultetda 12 ta ma’ruza auditoriyalari, 9 ta amaliy va semenar mashg‘ulotlari olib boriladigan auditoriyalar, faollar zali, 2 ta kompyuter xonalari va sport zal mavjud. Fakultetda iqtidorli va iste’dodli talabalarga alohida e’tibor qaratilishi natijasida fakultet talabalarining 25 foizi yaxshi va a’lo baholarda o‘qishadi talaba yoshlarni bo‘sh vaqtlarini kungilli o‘tkazishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Turli sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar va turli tanlovlar  o‘tkazib turiladi. Fakultetda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari muntazam o‘tkazilib keladi. Universitet bo‘yicha o‘tkaziladigan  sport musobaqalarida fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari muntazam ishtirok etib faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda.

Fakultetning iqtidorli talabalari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibasi:

Mahmutullayeva Sevinch Habibulla qizi

Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibasi:

Abdukarimov Hasan Rustam o‘g‘li

Raupova Lobar Sherzod qizi

Navoiy nomli davlat stipendiyasi sohiblari:

Xalilova Zilola Oybek qizi

Maxmutullayeva Sevinch Xabibulla qizi.

Eshmurodova Sevinch Ulug‘bek qizi.

Nаmozov Bekjon Boʻron oʻgʻli

"Mirzo Ulugʻbek vorislari” tanlovini Respublika bosqichi g’oliblari

“Bank ishi va audit” ta’lim yoʻnalishi BA-156-21 guruh talabasi

Eshmurodova Sevinch Ulugʻbek qizi,

“Menejment” ta’lim yoʻnalishi MJ-187-22 guruh talabasi

Abdunazarova Saida Gʻolib qizi, 

“Bank ishi va audit” ta’lim yoʻnalishi BA-158-21 guruh talabasi

Nomozov Bekjon Bo‘ron o‘g‘li

“Kitob – mening doʻstim” respublika koʻrik-tanlovi gʻolibi

Saida Abdinazarova boʻldi

 

“Womenʼs Chess Championship 2025” xalqaro turniri ishtirokchisi

Feruza Qurbonova

Fakultetda ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, ilmiy salohiyatni oshirish, iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish maqsadlariga alohida e’tibor qaratilmoqda