| Ma'lumot | |
|---|---|
|
Axborot-resurs markazi direktori Shamsiyeva Nodira Sobirovna Telefon: +998 91 949 02 03 |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyunda qabul qilingan “Respublika aholisini axborot kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-381-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2007 yilda QMII kutubxonasi negizida “Axborot-resurs markazi” tashkil etildi. ARMning umumiy maydoni 1470 m kv.
Bugungi kunda ARMda 5ta bo‘lim faoliyat yuritib kelmoqda.
Ilmiy-uslubiy va axborot-ma’lumot (davriy nashrlar) bo‘limi;
Elektron-axborot-resurslar bo‘limi;
Axborot-kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi;
Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi;
Xorijiy Axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi.
Oraliq masofani hisobga olgan holda, institut Axborot-resurs markazining 6 ta talabalar turar joylarida hamda 6 ta fakultet binolarida shaxobchalar tashkil etilgan. Talabalar turar joylaridagi xodimlar uchun grafik asosida ish vaqti 8.00 dan 21.00 gacha tashkil qilingan. Bundan tashqari talabalar turar joylarida elektron (QR-kod) doskalar o‘rnatilgan.
Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi tomonidan universitetning talabalari, professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda magistr va doktorantlaridan 12722 nafari a’zo bo‘lgan, shundan 11821 nafari talabalar, 635 nafari professor-o‘qituvchilar, 160 nafari xodimlar, 106 nafari magistr va doktorantlarni tashkil qiladi.
Universitet ARM umumiy fondi 22729 nomdagi 215106 sonda adabiyotlardan iborat bo‘lib, shundan darsliklar 68500 dona (6145 nomda), o‘quv qo‘llanmalar 85601 dona (8013 nomda), ilmiy adabiyotlar 1478 dona (408nomda), ma’ruzalar 5445dona (103nomda), badiiy adabiyotlar 22158 dona (2742 nomda), boshqa adabiyotlar 31924 dona (5318 nomda).
Fanlar bo‘yicha yetishmayotgan adabiyotlarning elektron variantlarini boshqa OTM elektron kutubxonalaridan muallifligi saqlangan holda yuklab olinmoqda. ARMda o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanish darajasi 98% ni tashkil etadi.
Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi (RTTM) tomonidan RFID-texnologiyasiga asoslangan https://carlib.qmii.uz/ tizimi tashkil etilgan. Tizim foydalanuvchilarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatishi uchun 2 ta shtrix-kodlarni tahrirlovchi hamda 7 ta ID-kartalarni tasdiqlovchi skaner qurilmalari bilan ta’minlangan. https://carlib.qmii.uz/ tizimida talabalarning ID-kartalarini skanerlash orqali foydalanuvchi nomida bo‘lgan adabiyotlar, ularning qaytarilish muddatlari haqida ma’lumot olinadi. Bundan tashqari, foydalanuvchilar ARM fondida mavjud bo‘sh adabiyotlarning soni, kam nusxadagi adabiyotlarga oldindan buyurtma berish imkoniyatiga ega. Tizim to‘liq elektron-kutubxona talablariga javob beradi. Hozirgi kunga qadar 13 mingga yaqin ARM fondida mavjud adabiyotlarning bibliografik ma’lumotlari kiritilgan va jarayon davom etmoqda. ARM fondida mavjud 14431 nomdagi o‘quv adabiyotlari raqamlashtirilgan bo‘lib, raqamlashtirilgan adabiyotlarni tizimga yuklash orqali tizim takomillashtirilmoqda, foydalanuvchilar raqamlashtirilgan adabiyotlarni yuklab olishi uchun qulay shart-sharoit yaratilmoqda. Tizimdan 4946 nafar foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shundan 4479 nafari talabalar, 470 nafari professor-o‘qituvchilardir. Tizimni yanada takolmillashtirish, tizimga professor-o‘qituvchilar va talabalarni a’zoligini to‘liq ta’minlash ishlari olib borilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda ARMning http://www.ereading.uz manzili mavjud bo‘lib, unda ARMga qabul qilingan disk shaklida elektron adabiyotlar, o‘quv-uslubiy majmualar va audio-video darslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kunlik institut talabalarining qatnov tahlili doimiy joylashtirib borilmoqda.