Transport va qurilish muhandisligi fakulteti

Transport va qurilish muhandisligi fakulteti

Transport va qurilish muhandisligi fakulteti

Fakultet joylashgan manzil: Qarshi shahri, Mustaqillik shox ko'chasi, 225-uy.

Image

Dekan

F.I.O: QODIROV UCHQUN ILXOMOVICH
Telefon: +998 90 616 85 25 Email: uchqun.1277@mail.ru
Image

Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari

F.I.O: TALIPOV ULUG'BEK QAXRAMONOVICH
Telefon: +998 90 244 77 76 Email: talipovulugbek903@gmail.com
Image

O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari

F.I.O: Mo'minov Jamolbek Abdijabbor o'g'li
Telefon: +998 88 151 48 88 Email: jamolbekmuminov@gmail.com

Fakultet haqida umumiy ma'lumot

Transport va qurilish muhandisligi fakulteti 1975 yildan boshlab faoliyat ko'rsatib keladi. 1995 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti va Toshkent politexnika institutining Qarshi filiallari negizida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti tashkil etilgandan so'ng "Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash", "Gidromelioratsiya" va "Yer tuzish" fakultetlari birlashtirilib, "Agromuhandislik" fakulteti tashkil etildi. 2009 yil dekabr oyidan boshlab, "Agromuhandislik" fakulteti kengaytirilib, "Qishloq va suv xo'jaligi muhandisligi" nomi bilan yuritilgan. 2011 yil avgust oyida institutda fakultet va kafedralarning yangi tashkiliy tuzilmasiga o'tilishi munosabati bilan "Qishloq va suv xo'jaligi muhandisligi" fakulteti "Muhandis-texnika" fakulteti deb qayta nomlandi. 2020 yil avgust oyida institutda fakultet va kafedralarning yangi tashkiliy tuzilmasiga o'tilishi munosabati bilan "Muhandis-texnika" fakulteti "Muxandislik texnikasi" nomiga o'zgartirilgan.

Prezidentimizning 10.12.2024 yildagi PQ-428 sonli qarorlariga asosan Qashqadaryo viloyatidagi 4 ta oliy ta'lim muassasalari negizida yangi Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etildi va "Muhandislik texnikasi" fakulteti tuzilmasiga ham o'zgartirishlar kiritilib Qarshi davlat texnika universiteti "Transport va qurilish muhandisligi" fakulteti nomi bilan faoliyat ko'rsatmoqda.

Transport va qurilish muhandisligi fakulteti tarkibida 5 ta kafedra faoliyat olib bormoqda:

  • Transport muhandisligi;
  • Gidravlika va muhandislik inshootlari qurilishi;
  • Metrologiya va materialshunoslik muhandisligi;
  • Kimyo muhandisligi va biotexnologiya;
  • Umumtexnik fanlari.

Kunduzgi bakalavriat ta'lim yo'nalishlari

• 60730500 — Suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini loyihalashtirish va ekspluatatsiyasi
• 60530300 — Gidrologiya (tarmoqlar bo'yicha)
• 60730300 — Qurilish muhandisligi
• 60720600 — Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi
• 61040200 — Yo'l harakatini tashkil etish
• 60712500 — Transport vositalari muhandisligi (turlar bo'yicha)
• 60710200 — Biotexnologiya
• 60710100 — Kimyoviy texnologiyalar (yuqori malekulali birikmalar)
• 60720300 — Materialshunoslik
• 60730400 — Muhandislik komunikatsiyalari va qurilish ekspluatatsiyasi
• 60710800 — Metrologiya va standartlashtirish
• 60712300 — Mexanika muhandisligi
• 60720700 — Yengil sanoat muhandisligi
• 60710100 — Kimyo muhandisligi
• 60730100 — Arxitektura
• 60730600 — Gidrotexnika va geotexnika muhandisligi
• 60730500 — Yo'l muhandisligi
• 60711500 — Metrologiya standartlashtirish va kanalizatsiya turlarini loyihalashtirish va ekspluatatsiyasi

Sirtqi bakalavriat ta'lim yo'nalishlari

• 60710200 — Biotexnologiya
• 60710100 — Kimyoviy texnologiyalar
• 60710100 — Kimyo muhandisligi
• 60712500 — Transport vositalari muhandisligi (turlar bo'yicha)
• 60720700 — Yengil sanoat muhandisligi
• 60730400 — Muhandislik komunikatsiyalari va qurilish ekspluatatsiyasi
• 61040200 — Yo'l harakatini tashkil etish
• 60530300 — Gidrologiya (tarmoqlar bo'yicha)
• 60730500 — Suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini loyihalashtirish va ekspluatatsiyasi

Kechgi bakalavriat ta'lim yo'nalishlari

• 60730100 — Arxitektura
• 60730500 — Yo'l muhandisligi
• 60712500 — Transport vositalar muhandisligi
• 60710100 — Kimyo muhandisligi
• 60710200 — Biotexnologiya
• 60730300 — Qurilish muhandisligi

Fakultet statistikasi (2025-2026 o'quv yili)

2652

Jami talabalar

2272

O'g'il bolalar

380

Xotin-qiz talabalar

182

Professor-o'qituvchilar