Ma'lumot | |
---|---|
![]() |
Kafedra mudiri ESHEV SOBIR SAMATOVICH Telefon: +998 97 200 05 77e-mail: telnets@mail.ru |
Kafedra xaqida umumiy ma’lumotlar.
«Gidroinjeneriya» kafedrasi 1978 yilda TIQXMII Qarshi filialining «Qishloq xo‘jaligi suv ta’minoti» kafedrasi nomi bilan tashkil etilgan. 1997 yili kafedra «Suv xo‘jaligi qurilishi va suv ta’minoti», 1998 yil “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafedrasi, 2020 yil “Gidravlika va gidroinshootlar” kafedrasi va 2025 yilda “Gidravlika va muhandislik inshootlari qurilishi” kafedrasi nomi berilgan. Hozirgi kunda kafedra 60730300-Qurilish muhandisligi (bino va inshootlarni loyihalash, 6053300-Gidrologiya (tarmoqlar bo'yicha), 60730500-Suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini loyihalashtirish va ekspluatatsiyasi, 60710800-Gidroenergetika, 60812500 – “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish”, 60730400 –Muhandislik komunikatsiyalari qurilishi va ekspluatatsiyasi ta’lim yo’nalishlari va 70730901–“Gidrotexnika inshootlari, 70530404 – Gidravlika, 70730903 – Gidroelektr va nasos stansiyalaridan foydalanish, 70710501 – Gidroenergetika, 70811301 - Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish, ularning ishonchliligi va xavfsizligi magistratura mutaxassisliklari xizmat qiladi.
2.Kafedraning yillik va istiqbolli hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» talablarini bajarish bo‘yicha rejalari mavjud. Har bir kafedrada bo‘lishi lozim bo‘lgan 22 ta nomli ro‘yxatda keltirilgan xujjatlar papkasi mavjud va muntazam ravishda yuritilmoqda.
3.Kafedraning ilmiy-pedagogik kadrlari. Ularning sifat tarkibi.
Kafedrada xozirgi kunda 29 ta professor oʻqituvchilar (12 ta toʻliq shtat, 12 ta 0,5 va 5 ta 0,25) faoliyat koʻrsatishmoqda. Shundan 8 ta fan nomzodi, 2 ta katta oʻqituvchi. Professor-oʻqituvchilarning tayanch maʼlumoti, ilmiy darajasi kafedraning yoʻnalishiga toʻla mos keladi. Kafedrada professor oʻqituvchilarining oʻrtacha yoshi 45,6 yoshni tashkil etadi. Bu esa kafedrada munosib oʻrinbosarlar tayyorlash va bu haqida jiddiy o‘ylash payti kelganini bildiradi.
O‘quv jarayoning tashkil qilinishi.
Tahlillar shuni ko’rsatadiki, mavjud fanlardan me’yoriy hujjatlar na’munaviy va ishchi dasturlar, kalendar rejalar, reyting jadvallari, nazorat savollari mavjud.
Tahlil qilingan fanlarning namunaviy dasturlarida ko‘zda tutilgan adabiyotlarning yetarli darajada.
Oʻquv rejasi, namunaviy va ishchi dasturlarida koʻzda tutilgan laboratoriya ishlarini toʻliq hajmda oʻtkazishni taʼminlaydigan oʻquv laboratoriya xonalarini taʼminlanganlik darajasiga kelsak, kafedrada oʻquv auditoriyalari 1-139auditoriya boʻlib, ulardagi laboratoriya jixozlari va uskunalari bilan taʼminlanganligi darajasi 100 % atrofida. Laboratoriya xonalarini zamonaviy jixozlar bilan taʼminlangan
Kafedrada 12 dona kompyuter boʻlib, undan oʻquv-uslubiy, tarbiyaviy, ilmiy ishlar buyicha foydalaniladi.
Ilmiy - tadqiqot ishlari
Kafedrada boʻyicha har oʻquv yo‘lida reja boʻyicha xo‘jalik shartnomalari bajarib kelinmoqda.
Keyingi yillar ichida kafedrada nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoya qilinmoqda va darslik, oʻquv qoʻllanma, monografiya va ITI lari bo‘yicha maqolalar kafedra oʻqituvchilari tomonidan bajarib kelinmoqda.
Xoʻjalik shartnomalari boʻyicha bajarilgan ITI larning natijalari, ishlab chiqarish bilan aloqalari bugungi kun talablariga javob beradi.
Ma’naviy – ma’rifiy ishlar
Kafedrada xar bir o‘quv yili uchun kafedraning ma’naviy va ma’rifiy ishlar rejasi tuzilgan va tasdiqlangan.
Jumladan, diniy ekstremizm va akidaparastlikka karshi kurash, terrorizmning mohiyati va unga qarshi murosazizlik, milliy istiqlol g‘oyalarini yoshlarga yetkazish, talabalar uylarida tarbiyaviy ishlarni olib borish va talabalarning ijtimoiy axvolini o‘rganish kabi masalalar aks etgan. Institut miqyosidagi o‘tkazilayotgan turli ma’naviy-ma’rifiy ishlar va tadbirlarda talabalarga tashkilotchilik va rahbarlik qilish ishlari olib borilmoqda.