Ma'lumot | |
---|---|
![]() |
Kafedra mudiri TILAVOV HUSAN SHOMURODOVICH Telefon: +998 90 902 34 44e-mail: husan.tilavov86@gmail.com |
Oziq-ovqat muhandisligi kafedrasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-dekabrdagi “Qarshi davlat texnika universitetini tashkil etish” to‘g‘risida PQ-428-son qaroriga asosan Toshkent kimyo-texnologiya institutining sobiq Shahrisabz filiali bazasida Universitetning Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti faoliyatini yo‘lga qo‘yib, unda ustuvor ravishda oziq-ovqat texnologiyasi, oziq-ovqat xavfsizligi hamda oziq-ovqat sanoati mashinalari va agregatlari yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlashni tashkil etish vazifasi belgilangan. Ushbu qarorninig ijrosini ta’minlash maqsadida 2024/2025 o‘quv yili davomida Universitetning Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakultetida “Oziq-ovqat muhandisligi” kafedrasi tashkil etildi.
Ushbu kafedrada hozirgi kunda jami 39 nafar professor-o’qituvchilar bo’lib, shundan 3 ta professor, 11 ta dotsent, 16 ta katta o’qituvchi hamda 9 ta assistant o’qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda.Shunda kafedraning ilmiy salohiyati 36 % ni tashkil etadi.
Soha bo‘yicha ta’lim berishda boshqa institut, tashkilot va korxonalar bilan ham aloqalar yaxshi yulga qo‘yilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarkibidagi «O‘simlik moddalari kimyosi» instituti laboratoriyalarida tadqiqotchilar dissertatsiyalari buyicha ilmiy ishlarini amalga oshiradilar. Kafedra Buxoro muhdndislik-texnologiya instituti bilan ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlashda uquv-uslubiy jarayonlarda hamkorlik qilib kelmoqda. Ilmiy xodim-izlanuvchilar «Toshkentdonmahsulot» AJ, «G‘alla-Alteg» AJ korxonalari va «O‘zdonmahsulot» aksionerlik kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘z ilmiy tadqiqot ishlarini bajarib kelishmoqda. Talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti korxonalarda o‘tkazilishi yo’lga quyilgan.
Don mahsulotlari texnologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha amaliyotlar respublikamizdagi un-yorma ishlab chiqarish korxonalaridan Shahrisabz «Don xalq rizqi» AJ, «Qo‘qondonmahsulotlari» AJ, «Shahrikesh donmahsulotlari» qo‘shma korxonalari, «Shurchidonmahsulotlari» AJ, «Jizzaxdonmahsulotlari» MCHJ larda turli texnologik tizimlarni chuqur o‘rganish bilan amalga oshiriladi.