Geologiya va konchilik ishi kafedrasi

Geologiya va konchilik ishi kafedrasi

 

  Ma'lumot
Mamatov Nurbek

Kafedra mudiri

Yarboboyev Tulqin Nurboboyevich

Telefon: +998 91 956 05 06
e-mail: tulkin-69@mail.ru

 

Geologiya va konchilik ishi kafedrasi

“Geologiya va konchilik ishi” kafedrasi 2010-yilda “Neftь-gaz konlari geologiyasi va razvedkasi” kafedrasi nomi bilan tashkil etilgan. 2015-yildan kafedra “Foydali qazilma konlari geologiyasi va razvedkasi” va “Konchilik ishi va geodeziya” kafedrasi nomlari bilan faoliyat koʼrsata boshladi. 2020-2024 yillarda “Foydali qazilmalar geologiyasi va razvedkasi” hamda “Konchilik ishi” kafedrasi nomlari bilan faoliyat yuritgan. 2024-yilda mazkur kafedralar bazasida “Geologiya va konchilik ishi” kafedrasi tashkil etilgan.


Bugungi kunda “Geologiya va konchilik ishi” kafedrasida jami 30 dan ortiq professor-oʼqituvchilar va ishchi xodimlar faoliyat olib boradi. Kafedrada 3 nafar professor, 15 nafar dotsent, 8 nafar katta oʼqituvchi va assistentlar oʼquv, ilmiy-tadqiqot va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni olib borishmoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 60% ni tashkil etadi.


Kafedrada quyidagi taʼlim yoʼnalishlari boʼyicha bakalavrlar tayyorlanadi:

60721600 – Foydali qazilmalar geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (kon turlari boʼyicha);

60721500 – Konchilik ishi (faoliyat turlari boʼyicha);

60722000 – Marksheyderlik ishi;

60711200 – Metallurgiya muhandisligi.

Kafedrada 5 ta magistratura mutaxassisligi boʼyicha mutaxassislar tayyorlanadi:

70721501 – Foydali qazilma konlarini qazish (qazish usullari boʼyicha);

70721601 – Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (kon turlari boʼyicha);

70720803 – Foydali qazilmalarni boyitish;

70721401 – Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish, boyitish va qayta ishlash texnologiyasi;

70711201 – Metallurgiya. 05.02.01 – “Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi” ixtisosligi boʼyicha tayanch doktorantura faoliyat yuritadi.

05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi; 04.00.14 – Foydali qazilmalarni boyitish; 02.00.19 – Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi ixtisosliklari boʼyicha Ilmiy kengash tashkil etilgan.


Kafedra fan va taʼlim sohasida Oʼzbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, Geologiya fanlari universiteti, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti va boshqa nufuzli taʼlim muassasalari hamda taʼlimni ishlab chiqarish bilan integratsiyasi sohasida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” АJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” АJ, “Dehqonobod kaliy zavodi” АJ, “Oʼzneftgaz burgʼilash ishlari” MChJ, “Oʼzbekneftgaz” АJ Shurtan neftь va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, “Oʼzneftgaz” MChJ Muborak neftь va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, “Oʼzbekgeologiya qidiruv” АJ Hisor dala geologiya qidiruv ekspeditsiyasi, va boshqa ishlab chiqarish tashkilotlari bilan hamkorlikda faoliyat olib bormoqda.