Xalqaro hamkorlik bo‘limi

Xalqaro hamkorlik bo‘limi

 

 

Xalqaro hamkorlik bo'limi

Image

Xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i

F.I.O: Ganiyev Asadbek Zafar o'g'li
Telefon: +998 93 939 20 31 Email: international@kstu.uz
Image

Xalqaro reytinglar bo'yicha mutaxassis

F.I.O: Qo'ziyev Shohjahon
Telefon: +998 95 259 02 28 Email: kuziev@kstu.uz
Image

Ish yurituvchi

F.I.O: Sherov Azamat Alisherovich
Telefon: +998 33 517 48 24 Email: asherov@kstu.uz
Image

Akademik mobillik bo'yicha mutaxassis

F.I.O: Aliyev Bektosh Abdirashid o'g'li
Telefon: +998 90 427 87 77 Email: alievbektosh@kstu.uz
Image

Ikki tomonlama kelishuvlar va Erasmus+ KA171 dasturi koordinatori

F.I.O: Omonov Soxibnazar Panjiyevich
Telefon: +998 91 211 80 80 Email: omonovs@kstu.uz
Image

Xalqaro loyihalar va grantlar bo'yicha mutaxassis

F.I.O: Amonov Lazizjon Abror o'g'li
Telefon: +998 91 961 23 45 Email: amonov@kstu.uz

Xalqaro hamkorlik bo'limi haqida

Qarshi davlat texnika universiteti Xalqaro hamkorlik bo'limi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-dekabrdagi PQ 428-sonli qaroriga asosan universitet tashkil topgan kundan boshlab o'z faoliyatini boshlagan.

Bo'lim vazifalari

  • Qarshi davlat texnika universitetini xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, xorijiy tillarni mukammal biladigan malakali mutaxassislar, shuningdek yuqori darajadagi xalqaro sammitlar, forumlar, madaniy va sport tadbirlarida xizmat ko'rsata oladigan tajribali jurnalistlar va tarjimon/referentlar tayyorlaydigan respublikaning yetakchi universiteti sifatida namoyon etish
  • Universitetning xalqaro aloqalarini rivojlantirishda turli bo'limlar, fakultetlar va kafedralarning faoliyatini muvofiqlashtirish
  • O'zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o'tgan nufuzli xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta'lim muassasalari, ilmiy markazlari bilan o'zaro manfaatli hamkorlikni o'rnatish va rivojlantirish
  • Qarshi davlat texnika universitetida xorijiy talabalar, ilmiy tadqiqotchilar va professor-o'qituvchilarning tahsil olishlari, tadqiqot olib borishlari, ma'ruzalar o'qishi, amaliy mashg'ulotlar va master-klasslar o'tkazishi uchun qulay sharoitlar yaratish
  • Xalqaro tashkilotlar, vazirliklar, xorijiy hamkor universitetlar delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etish, tomonlar o'rtasida ta'lim sifatini oshirish, o'quv jarayonini takomillashtirish, talabalar, tadqiqotchilar va o'qituvchilar almashinuvi dasturlarini yo'lga qo'yish, xalqaro konferensiyalar, forumlar va seminarlar, shuningdek boshqa tadbirlar doirasida turli sohalarda kelgusidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilish
  • Universitet talabalari, doktorantlari va professor-o'qituvchilarini hamkor universitetlarga ta'lim olishi, bilim va malakalarini oshirishi, ma'ruzalar o'qish, xalqaro konferensiyalar, seminarlar va vebinarlarda ishtirok etish uchun yuborish
  • Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi doirasidagi loyihani o'z ichiga olgan xalqaro ta'lim va ilmiy loyihalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish

Bo'limning maqsadi

Bugungi kunda ta'lim jarayonida eng so'nggi yutuqlardan xalqaro andozalar asosida keng foydalanish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan Xalqaro hamkorlik bo'limi institut bilan dunyoning boshqa ta'lim muassasalari o'rtasida do'stona, madaniy-ma'rifiy va ilmiy hamkorlikni yo'lga qo'yish va rivojlantirish bilan shug'ullanadi. Xorijda o'qituvchilar malakasini oshirish bo'yicha stajirovka va qisqa muddatli kurslar, Erasmus, YUNESKO, "El-yurt umidi" jamg'armasi, Yevropa Ittifoqi va boshqa ko'plab mamlakatlarning grant va stipendiya dasturlarida ishtirok etish masalalari bo'yicha maslahat yordamini ko'rsatadi.

Bo'limning majburiyatlari

• universitetning xorijiy oliy o'quv yurtlari va ilmiy markazlari bilan aloqalarini amalga oshirishni, shu jumladan shartnomalar, bitimlar va memorandumlar tuzishni ta'minlash;

• xorijiy mutaxassislar, o'qituvchilar va talabalarning universitetga tashrifini tashkil etish;

• ta'lim va tarbiya jarayonini takomillashtirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etish;

• o'qituvchilar, ilmiy xodimlar va ilmiy xodimlarning xorijiy grantlar olishda ishtirok etish masalalarida ko'maklashish;
• o'qituvchilar, ilmiy xodimlar va olimlarning xorijiy xizmat safarlariga hujjatlarni tayyorlash bo'yicha maslahatlar berish;

• o'qituvchilar, ilmiy xodimlar va olimlarning turli xalqaro grant loyihalari va dasturlarida, shuningdek, ta'lim fondlarida ishtirok etishi bo'yicha tavsiyalar berish;

• O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik korpus vakillari bilan aloqalarni o'rnatish va kengaytirish.

Hamkorlik ko'rsatkichlari (2024/2025)

100+

Hamkor oliy ta'lim muassasalari

122

O'qituvchi xorijga yuborilgan

20

Talaba (bakalavr, magistr, PhD)

ERASMUS+

Yevropa Ittifoqi dasturi

Hamkorlikning asosiy yo'nalishlari

• Talabalar, ilmiy xodimlar, o'qituvchilar va ma'muriy xodimlar almashinuvi

• Qo'shma va xalqaro ta'lim va ilmiy loyihalar

• O'quv-uslubiy adabiyotlar va ilmiy maqolalar chop ettirish

• Xalqaro konferensiyalar, forumlar, simpoziumlar, seminarlar, vebinarlar
• O'qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash faoliyati

• Qo'shma ta'lim dasturlarini amalga oshirish

• Qishki va yozgi maktablar tashkil qilish

• Yevropa, G'arb, Rossiya, Xitoy, Malaysia, Hindiston va MDH davlatlari universitetlari bilan hamkorlik

Faoliyat

2024/2025 o'quv yilida 122 nafar o'qituvchi va 20 nafar talaba (bakalavr, magistr, PhD) hamkor universitetlarga o'qish, malaka oshirish kurslarida qatnashish, xalqaro konferensiyalar, seminarlar, vebinarlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Universitetning rasmiy delegatsiya a'zolari xorijiy mamlakatlar universitetlariga hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari bo'yicha muzokaralar olib borish uchun tashrif buyurdilar.

Universitet talabalari, tadqiqotchilari va o'qituvchilari hamkorlar tomonidan kelishilgan shartlar va qoidalar asosida malaka oshirish kurslari, ilmiy loyihalar, xalqaro konferentsiyalar va seminarlarda ishtirok etish uchun hamkor universitetlarga tashrif buyurishadi. O'z navbatida hamkor universitetlar vakillari o'zaro hamkorlik asosida universitetga tashrif buyuradi.

QARSHI DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETINING ERASMUS+ DASTURI ASOSIDA TO'LIQ XALQAROLASHTIRISH STRATEGIYASI (2025–2030)

1. Kirish

Global ta'lim makoniga integratsiyalashuv oliy ta'lim muassasalarining raqobatbardoshligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Erasmus+ dasturi Yevropa va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, akademik mobillikni kuchaytirish, ta'lim sifati va innovatsion salohiyatni oshirish uchun asosiy vositalardan biridir.

Mazkur strategiya Qarshi davlat texnika universitetining (keyingi o'rinlarda – QDTU) Erasmus+ dasturi asosida to'liq xalqarolashtirilgan universitetga aylanishini ta'minlashga qaratilgan.

2. Strategiyaning maqsadi va vazifalari

Asosiy maqsad:

QDTUni Erasmus+ dasturi orqali xalqaro ta'lim va ilmiy hamkorlikning faol subyektiga aylantirish, xalqaro standartlarga mos kadrlar tayyorlash.

Asosiy vazifalar:
  • Akademik va ma'muriy mobillikni kengaytirish
  • Ta'lim dasturlarini xalqaro standartlarga moslashtirish
  • Xalqaro ilmiy-tadqiqot loyihalarini rivojlantirish
  • Xorijiy talabalar va professor-o'qituvchilar ulushini oshirish
  • Universitet boshqaruv tizimini xalqaro tajribaga moslashtirish

3. Xalqarolashtirishning ustuvor yo'nalishlari

3.1. Akademik mobillik (KA1) Talabalar mobilligi:
  • Yevropa Ittifoqi va hamkor davlatlar OTMlari bilan semestrlik almashinuv
  • Kreditlarni tan olish (ECTS) tizimini to'liq joriy etish
  • Kamida 10–15% talabalarni Erasmus+ almashinuviga jalb qilish
Professor-o'qituvchilar mobilligi:
  • Xorijiy OTMlarda dars berish va malaka oshirish
  • QDTUda xorijiy professorlarni jalb qilish (visiting professor)
3.2. Ta'lim dasturlarini xalqarolashtirish
  • Ingliz tilida o'qitiladigan bakalavr va magistratura dasturlarini joriy etish
  • Qo'shma (Double/Joint Degree) dasturlarni ishlab chiqish
  • Xalqaro akkreditatsiyadan o'tish (ABET, EUR-ACE va boshqalar)
  • Erasmus+ CBHE (Capacity Building in Higher Education) loyihalarida ishtirok etish
3.3. Ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalar (KA2, KA3)
  • Xalqaro konsorsiumlarda ilmiy loyihalar ishlab chiqish
  • Horizon Europe va Erasmus+ sinergiyasi
  • Ilmiy maqolalar va patentlar sonini oshirish
  • Yosh olimlar uchun xalqaro grantlar maktabini tashkil etish
3.4. Universitet boshqaruvining xalqarolashtirilishi
  • Xalqaro aloqalar bo'limini Erasmus+ ofisiga aylantirish
  • Xalqaro loyiha menejerlarini tayyorlash
  • Raqamli boshqaruv va xalqaro hisobot tizimlari
  • Xalqaro reytinglarda (QS, THE) ishtirok etish
3.5. Xorijiy talabalar va madaniy integratsiya
  • Xorijiy talabalar uchun ingliz tilidagi portal
  • "International Student Support Center" tashkil etish
  • Madaniyatlararo tadbirlar va Erasmus Student Network (ESN)
  • Yotoqxona va ijtimoiy infratuzilmani moslashtirish

4. Amalga oshirish mexanizmi

1-bosqich (2025–2026)
  • Hamkor OTMlar bilan shartnomalar
  • Erasmus+ loyihalariga arizalar
  • Til va loyiha salohiyatini oshirish
2-bosqich (2027–2028)
  • Qo'shma dasturlar
  • Xalqaro akkreditatsiya
  • Talabalar va o'qituvchilar mobilligi kengayishi
3-bosqich (2029–2030)
  • To'liq xalqaro integratsiya
  • Universitetning mintaqaviy Erasmus+ markaziga aylanishi

5. Kutilayotgan natijalar

  • Erasmus+ loyihalari sonining yiliga kamida 3–5 taga yetishi
  • Xorijiy talabalar ulushi – 10–15%
  • Ingliz tilida o'qitiladigan dasturlar – kamida 20%
  • QDTUning xalqaro reytinglarda paydo bo'lishi
  • Bitiruvchilarning xalqaro mehnat bozoridagi raqobatbardoshligi

6. Xulosa

Mazkur strategiya Qarshi davlat texnika universitetining Erasmus+ dasturi orqali xalqaro ta'lim maydonida mustahkam o'rin egallashiga, ilmiy va akademik salohiyatining oshishiga xizmat qiladi hamda universitetni mintaqadagi yetakchi xalqaro OTMlardan biriga aylantiradi.