Ekologiya va iqlim barqarorligi kafedrasi

Ekologiya va iqlim barqarorligi kafedrasi

 

  Ma'lumot
Mamatov Nurbek

Kafedra mudiri

Uzakov Zafar Zoirovich

Telefon: +99890 427 08 33
e-mail: uzakov.zafar@mail.ru

 

Ekologik muammolar ajv olgan bugungi kunda ekologiya va atrof-muhit muhofazasi masalalari nafaqat ilmiy va amaliy faoliyatda, balki ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda, ishlab chiqarishda, qishloq xo‘jaligida, sog‘liqni saqlashda, ta’lim tizimida, infratuzilma loyihalarida hamda Davlat boshqaruvida ham muhim o‘rin tutadi. Atrof-muhitni asrash, ekologik muvozanatni saqlash va barqaror rivojlanishga erishish uchun ekologik xavfsizlikni ta’minlash va zamonaviy ekologik yondashuvlarni joriy etish zarur hisoblanadi. Shu bois, ekologik muammolarni hal qilish, mavjud resurslardan oqilona foydalanish va ekologik monitoring tizimlarini takomillashtirishda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash dolzarb vazifalardan biridir. Ekologiya sohasidagi ilm-fan yutuqlari asosida raqobatbardosh, ekologik ongli va mas’uliyatli kadrlarni yetishtirish kafedraning asosiy yo‘nalishlaridan biridir.

 Kafedra 2000 yil 20 iyulda “Atrof muhit himoyasi va ekologiya” kafedrasi nomi bilan tashkil etilgan. Kafedraning asosiy maqsadi — atrof-muhit muhofazasi, ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanish sohalarida zamonaviy ilmiy-nazariy bilimlar, ilg‘or texnologiyalar hamda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdir. Kafedra murakkab ekologik tizimlar va ularning monitoringi, baholash hamda boshqaruvi bo‘yicha zarur bo‘lgan nazariy asoslar va texnik yechimlarni chuqur o‘rgatishga yo‘naltirilgan.

Kafedra ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishning turli yo‘nalishlarini qamrab olgan o‘quv dasturlarini taklif etadi. Ushbu dasturlar orasida ekologik tizimlar modeli, tabiiy resurslardan barqaror foydalanish, ekologik monitoring, chiqindilarni boshqarish, suv va havo sifatini baholash, hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlash kabi kurslar mavjud. Har bir o‘quv kursi nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar va laboratoriya ishlari bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan.

Kafedra o‘z yo‘nalishida dolzarb ilmiy tadqiqotlarni olib bormoqda. Bu tadqiqotlar atrof-muhitga inson faoliyatining ta’sirini baholash, ekologik muammolarning oldini olish hamda yangi ekologik texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlarini o‘rganishga qaratilgan. Talabalar va professor-o‘qituvchilar innovatsion loyihalarda faol ishtirok etib, ekologiya sohasidagi eng yangi tendensiyalar bilan yaqindan tanishishga ega bo‘ladilar.

Kafedra jamoasi — ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan malakali o‘qituvchilardan iborat. Ular nafaqat talabalarga zamonaviy bilimlarni yetkazadilar, balki ularning shaxsiy va kasbiy rivojlanishiga ham ko‘maklashadilar.

Bakalavriat

60520200 - “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

60711800 - “Atrof-muhit muhandisligi” (sanoatda)

Magistratura

70520201 - “Atrof-muhit muhofazasi” (sanoat korxonalarida)

70711801- Atrof-muhit munandisligi

Doktorantura

11.00.05 – “Atrof muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish”

 

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

Bakalavriat:

  • Ekologiya;
  • Asosiy texnologik jarayonlar va uskunalar;
  • Atrof-muhit muhofazasi;
  • Ijtimoiy ekologiya;
  • Hozirgi zamonning ekologik muammolari;
  • Atrof-muhit muhofaza qilish va yashil rivojlanish;
  • Atrof-muhit sifatining fizik-kimyoviy tahlili;
  • Atrof-muhit himoyasining jarayon va qurilmalari;
  • Atrof-muhit kimyosi;
  • Atrof-muhit muhandisligiga kirish;
  • Atrof-muhit sifatining fizik-kimyoviy jarayonlar;
  • Atrof-muhit sifatining kimyoviy jarayonlar;
  • Ekologik menejment asoslari;
  • Ekologik monitoring;
  • Ekologiya huquqi;
  • Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi;
  • Ekologiya va hayot xavfsizligi faoliyati;
  • Ekologiyaning huquqiy asoslari;
  • Ekotoksikologiya;
  • Foydali qazilmalarni olishda suv resurslarining ifloslamishini oldini olish;
  • Geografik axborot tizimlari;
  • Gidrologiya va geoekologiya;
  • Injinerlik konstruksiyalari va tabiatni muhofaza qilish inshoatlari;
  • Iqlim o‘zgarishi va yer-suv resurslari barqarorligi;
  • Ixtisoslikka kirish;
  • Kanalizatsiya va oqova suvlarni tozalash;
  • Maishiy va sanoat chiqindilarini yig‘ish va saqlash tizimlari;
  • Muhandislik ekologiyasi;
  • Sanoat chiqindilarini tozalash texnologiyalari;
  • Sanoat ekologiyasi;
  • Sanoat va ekologik xavfsizligi;
  • Suv resurslaridan mukammal foydalanish va muhofaza qilish;
  • Tabiat muhofazasida muqobil energiya manbalari;
  • Tahlilning instrumental usullari;
  • Toksikologiya asoslari;
  • Tuproqlarni ifloslanishi va rekultivatsiyasi.

 

Magistratura

  • Atrof-muhit muhofazasida patentshunoslik;
  • Atrof-muhitni holatini baholashda bioindikatorlar;
  • Chiqindilarni rekuperatsiya qilish usullari va jihozlari;
  • Chiqindisiz texnologiya asoslari;
  • Ekologik loyihalash va ekologik ekspertiza;
  • Ekologik ekspertiza;
  • Ekologik loyihalash va ekologik me’yorlash;
  • Ekologik monitoring;
  • Ekologik tadqiqotlarda statistika;
  • Oqova suvlarni tozalshda ilg‘or texnologiyalar;
  • Sanoat korxonasida atrof-muhitni boshqarish;
  • Suv resurslarini integrallashgan holda boshqarish;
  • Suv resurslari muhandisligi va oqova suvlarni tozalash texnologiyalari;

Sanoat chiqindilarini tozalash va rekuperatsiya qurilmalarining binosi va inshooti. mahsulotlarini ishlab chiqish texnologiyalari

 

№

Professor-o‘qituvchilarning F.I.SH. Lavozimi
1. Uzakov Zafar Zoirovich Kafedra mudiri
2. Raximov Tulkin Uktamovich Professor
3. Yaqubov Tursunboy Botirovich Dotsent
4. To‘rayev Ulug’bek Murtazoyevich Dotsent
5. Allayorov Ruslan Xaykal o‘g‘li Dotsent
6. Boyirov Zafar Ravshanovich Dotsent
7. Shomuratov Bahrom Xusanovich Dotsent
8. Kilicheva Dildora Ismailjonovna Katta o‘qituvchisi
9. Jonqobilov Bektemir Ulug‘muradovich Assistent
10. Raximov Uchqun Uktam o‘g‘li Assistent
11. Turdiyeva Feruza Alisherovna Assistent
12. Mamatova Dilnoza Navruzovna Assistent
13. Jo‘rayeva O‘g‘iloy Abdiraxim qizi Assistent
14. Xujamova Muhabbat Tog‘ay qizi Assistent
15. Artikova Umida Sodirjonovna Assistent
16 Mamanov Jaloliddin G‘anisher o‘g‘li Assistent
17 Ennazarova Gulshaydo O‘tkir  qizi Assistent
18 Safarov Anvar Abdinazarovich  Assistent

 

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar

- Loyiha nomi: Совершенствование методических подходов к составлению водохозяйственных балансов для целей комплексного управления водными ресурсами на примере Беларуси и Узбекистана

- Loyiha turi: Amaliy loyiha

- Ajratilgan mablag‘: 1 300 198,7 uzs

- Loyiha nomi: “Iqlim o‘zgarishiga moslashgan barqaror qorako‘lchilikni amalga oshirish”

- Loyiha turi: Amaliy loyiha

- Ajratilgan mablag‘: 2 444 462 500 uzs

SCOPUS va Web of science bazasiga kirgan ilmiy ishlar

  1. Karimov, K., Uzakov Z., Mallaeva D., Khushmurodov J., Abdurazzakov, N. Amount of mobile toxicants in typical gray soils and irrigation water contained Kitab district, Uzbekistan. E3S Web of Conferences 623, 01006 (2025).
  2. Uzakov, Z., Karimov, X., & Uzakov, Z. (2024, June). Restoration of contaminated soils by agricultural crops. In AIP Conference Proceedings (Vol. 3184, No. 1, p. 020033). AIP Publishing LLC.
  3. Jonkobilov U., Jonkobilov B., Rajabov U., Jonkobilov S., Ulugmuradov, Murodilla. Maximum increase in direct hydraulic shock pressure AIP Conf. Proc. 3286, 040032 (2025).
  4. Jonkobilov, S., Jonkobilov, B., Bahodirov, Sh., Ruzikulov, J., Ulugmuradov, M. Water shock when starting pumps in automated pumping stations AIP Conf. Proc. 3256, 020034 (2025).

5.Uzakov, Zafar Zairovich; Karimov, Khusniddin Nagimovich; Uzakov, Zair Uzakovich; and Eshonkulov, Ravshan Abdurazakovich (2023) "Accumulation of Heavy Metals in Agricultural Crops and Ecological Series of Crops Placement," Baghdad Science Journal: Vol. 20: Iss. 1, Article 25. https://doi.org/10.21123/bsj.2022.7210

  1. Yunusov, G. Kh., Khakimova, Z. F., Quvatov, D. R., Khuzhamova, M. T., Mansurov, S. R. Statistical assessment of the influence of meteorological factors on the formation of mountain rivers runoff AIP Conf. Proc. 3286, 030004 (2025).

 

RЕSPUBLIKA MIQIYOSIDAGI OAK E’TIROF ETILGAN ILMIY JURNALLARDAGI MAQOLALAR

  1. Turdiyeva Feruza Alisherovna, Mamanov Jaloliddin G‘anisher o‘g‘li Qashqadaryo viloyatida suv resurslari tanqisligi muammolari //Qarshi davlat texnika universiteti. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 9 | 2025.
  2. To‘rayev Ulug‘bek Murtazoyevich, Bo‘riyev Jamshid Kozim o‘g‘li. Maishiy chiqindilarning atrof-muhitga ta’sirini baholash va tavsiyalar ishlab chiqish. Journal of Engineering, Mechanics and Modern Architecture Vol. 4, No. 2, 2025 ISSN: 2181-4384.
  3. Ernazarova Gulshaydo, Ergashov Xusniddin. Qattiq maishiy chiqindilarni koʻmishda yuzaga keladigan zaharli gazlar oqibatlari va ularning yechimlari. Лучшие интеллектуальные исследования. Часть-40. Том-1. Март-2025.
  4. To‘rayev Ulug‘bek Murtazoyevich, Islomov Feruz Xodiyevich. Suv resurslarini integrallashgan holda boshqarish: ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy yondashuvlar. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 2 | 2025.
  5. Muxammadiyev Jasur Mardon o‘g‘li, Mudarisova Rayxon Xodjaevna, Mirzayev Jasurbek Ashiraliyevich, Safarov Anvar Abdinazarovich. Shaharlardagi ekologik muammolar. International scientific and practical conference “Global environmental problems, desertification, and food security”, may 24, 2025.
  6. Safarov Anvar Abdinazarovich. Gazni qayta ishlash korxonalari faoliyatining atrof-muhitga ta’siri. Journal of Science, Research and Teaching Vol. 4, No. 2, Feb - 2025 ISSN: 2181-4406.
  7. Toʼrayev Ulugʻbek Murtazoyevich, Shoyimov Abubakir Ziyodullayevich, Mirzayev Sardor Safarali o‘g‘li. Iqlim o‘zgarishining suv va yer resurslariga ta’siri: muammo va ilmiy yechimlar. Izlanuvchi vol. 2 no. 1 ilmiy-metodik jurnali www.phoenixpublictaion.net  
  8. Erkayeva Nodira Choriyorovna, Axmedov Azimjon Normo‘minovich, Mamatova Dilnoza Navruzovna. Sayqallovchi rafinatsiyalashdan o‘tkazilgan moylarni maxsus adsorbsion xususiyatiga ega filtrlovchi agentlarni qo‘llash usullari. “Central asian food engineering and technology” elektron ilmiy jurnali. Journal of food science volume 3, ISSUE 4, May 2025 ISSN: 2181-385X.
  9. Ulug‘bek Murtazoyevich, Ziyodova Odinabonu Umidullo qizi. Sanoat oqova suvlari va tozalash tizimlarining ekologik holatini baholash hamda texnik tavsiyalar ishlab chiqish (shurtan gaz kimyo majmuasi misolida). Central asian journal of academic research. Volume 3, Issue 02, Part 2 February 2025.
  10. Jo‘rayeva O’g’iloy Abdiraxim qizi. O’zbekistonning barqaror rivojlanishi va yashil iqtisodiyotga o’tishning ekonometrik modellashtirish yo’nalishlari. Modern education and development. Часть–4. Май –2025.
  11. Safarov A.A., Toshmuradova M.Sh. Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi faoliyatining hudud atrofida tarqalgan tuproqlarning unumdorligiga ta’siri. Ilim hám jámiyet. Ilimiy-metodikalıq jurnal. №6.2025.
  12. Shomurotov Bahrom Xusanovich, Mamanov Jaloliddin G‘anisher o‘g‘li. Ekologik bashoratlashda forsaytdan foydalanish metodikasi. Tadbirkorlik va pedagogika. Ilmiy-uslubiy jurnal. ISSN: 2181-2659. [4/2024].
  13. Uzakov Zafar Zoirovich, Boyirov Zafar Ravshanovich, Bahodirxo‘jayeva Rufayda Adham qizi Neft va gaz sanoati korxonalarining ekotizimlarga ta’siri. Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar 2025-yil 4-son.
  14. Kilicheva Dildora Ismailjonovna. Barqaror rivojlanishning asosiy konsepsiyasi talablari asosida ekologik madaniyatni rivojlantirish metodikasi. Namangan davlat universiteti ilmiy axborotnomasi, [2025-3].
  15. Boyirov Zafar Ravshanovich, Uzakov Zafar Zoirovich, Raximov Tulkin Uktamovich. Qarshi shahri tajriba maydoni turoqlarining agrokimyoviy xususiyatlari. Qo‘qon davlat pedagogika instituti ilmiy xabarlari (2025-yil 7-son).
  16. Raximov To‘lqin O‘ktamovich, O‘zakov Zafar Zoirovich. Bioxilma-xillik monitoringining zamonaviy muammolari va ularni hal etish yo‘llari. Irrigatsiya va agrotexnologiyalar. 2025/2(6)-son.
  17. Uzakov Zafar Zoirovich, Muzaffarov Mahsud Akmal o‘g‘li. Kimyo sanoati korxonalarining atrof-muhitga ta’sirini baholash. Qo‘qon davlat pedagogika instituti

ilmiy xabarlari (2025-yil 6-son).

 

Darslik va o‘quv qo‘llanmalar

  1. Uzakov Z.Z., Ismatova N.I. “Ekotoksikologiya” fanidan o‘quv qo‘llanma // Qarshi. “Ilm-fan-ma’naviyat” nashriyoti, 2025.-156-bet.
  2. Boyirov Z.R. “Ekologiya” fanidan oʻquv qoʻllanma // Qarshi. “Ilm-fan ma’naviyat” nashriyoti, 2025.-226-bet.
  3. Z.Z.Uzakov, Sh.E.Chorshanbiyev. “Ekologiya” fanidan oʻquv qoʻllanma // Qarshi. “Ilm-fan-ma’naviyat” nashriyoti, 2025.-338-bet.
  4. Shomurotov B.X., Abdiyeva S. “Atrof muhit kimyosi” // Darslik // Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-sonli buyrug‘iga asosan // № 572059.
  5. Boyirov Z.R., Madarova S. “Ekologiya” // Darslik // Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136- sonli buyrug‘iga asosan // № 850119 4. Boyirov Z.R., Kilicheva D.I. “Muhandislik ekologiyasi” // Darslik // Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 09-iyuldagi 258-sonli buyrug‘iga asosan // № 313731.