Ma'lumot | |
---|---|
![]() |
Kafedra mudiri Omanov Rustam Farmonovich Telefon: +998 99 428 03 10e-mail: omanov.rustam@bk.ru |
Moliya va bank ishi kafedrasi
Kafedraga 2025 yilda asos solingan bo‘lib, kafedrada 60410400 – “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar hamda 70410501 – “Moliya”, 70410502 – “Korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar bozori” va 70410503 – “Investitsiyalarni boshqarish” mutaxassisliklari bo‘yicha magistrantlar tayyorlanmoqda. Kafedra universitetning asosiy o‘quv-ilmiy tarkibidan biri hisoblanadi. Kafedradagi fanlarni o‘qitishga ilmiy darajaga ega, salohiyatli professor-o‘qituvchilar jalb qilingan. Kafedraning asosiy maqsadi yuqori malakali, raqobatbardosh, shaxsiy fazilatlarga ega, dunyoqarashi keng mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.
Hozirgi kunda kafedrani iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent R.F.Omanov boshqarib kelmoqda. Bugungi kunda kafedrada 12 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Jumladan, 6 nafar fan nomzodi va PhDlar bo‘lib, ilmiy salohiyati 50% ni tashkil etadi. Kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishga, kafedrada ilmiy salohiyatni oshirishga, xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda kafedraning 5 nafar yosh professor-o‘qituvchilari aniq ilmiy mavzular asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar