Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi

Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi

 

  Ma'lumot
Mamatov Nurbek

Kafedra mudiri

Alikulov Azamat Tuygunovich

Telefon: +998 99 669 66 73
e-mail: azamat1441@mail.ru

 

 Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi

Kafedraga 1996 yilda asos solingan bo‘lib, kafedrada 60410200 – Buxgalteriya hisobi, 60410600 – Bank ishi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar hamda 70410201-Buxgalteriya hisobi va 70410202-Audit mutaxassisliklari bo‘yicha magsitrantlar tayyorlanmoqda. Kafedra institutning asosiy o‘quv-ilmiy tarkibidan biri hisoblanadi. Kafedradagi fanlarni o‘qitishga ilmiy darajaga ega, salohiyatli professor-o‘qituvchilar jalb qilingan. Kafedraning asosiy maqsadi yuqori malakali, raqobatbardosh, shaxsiy fazilatlarga ega, dunyoqarashi keng mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.

Hozirgi kunda kafedrani iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent A.T Alikulov boshqarib kelmoqda. Bugungi kunda kafedrada 16 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Jumladan, 1 nafar fan doktori, 10 nafar fan nomzodi va PhDlar bo‘lib, ilmiy salohiyati 68,75 % ni tashkil etadi. Kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishga, kafedrada ilmiy salohiyatni oshirishga, xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda kafedraning 5 nafar yosh professor-o‘qituvchilari aniq ilmiy mavzular asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.