Ma'lumot | |
---|---|
![]() |
Kafedra mudiri NORQOBILOVA FERUZA ABDUHOMIDOVNA Telefon: +998 91 214 91 11e-mail: feruzanorqobilova9111@mail.com |
Biznes va boshqaruv kafedrasi
Kafedraga 2008 yilda asos solingan bo‘lib, Kafedrada 2 ta bakalabriat ta’lim yo‘nalishlari va 1 ta magistratura mutaxassisliklari mavjud. 60410200–Menejment va 60410800-Statstika yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar (kunduzgi va sirtqi ta’limda) hamda 70411201–Menejment yo‘nalish magistratura, 08.00.06-Ekonometrika va statstika tayanch doktarantura ixtisosliklari tayyorlanmoqda. Kafedra institutning asosiy o‘quv-ilmiy tarkibidan biri hisoblanadi. Kafedradagi fanlarni o‘qitishga ilmiy darajaga ega, salohiyatli professor-o‘qituvchilar jalb qilingan. Kafedraning asosiy maqsadi yuqori malakali, raqobatbardosh, shaxsiy fazilatlarga ega, dunyoqarashi keng mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.
Hozirgi kunda kafedrani iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent F.A.Norqobilova boshqarib kelmoqda. Bugungi kunda kafedrada 11 nafar professor-o‘qituvchi va 2 nafar ishchi xodim faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan, 1 nafar fan doktori, 7 nafar fan nomzodi bo‘lib, ilmiy salohiyati 72 % ni tashkil etadi. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llanilishi talabalarning bilim darajasini oshirish bilan birgalikda yaxshi samara bermoqda. Kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishga, kafedrada ilmiy salohiyatni oshirishga, xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda kafedraning 2 nafar yosh professor-o‘qituvchilar aniq ilmiy mavzular asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.