Kompyuter tizimlarining dasturiy va texnik ta'minoti kafedrasi

Kompyuter tizimlarining dasturiy va texnik ta'minoti kafedrasi

 

  Ma'lumot
Mamatov Nurbek

Kafedra mudiri

Berdiyev G‘olib Rashidovich

Telefon: +99897 388 87 15
e-mail: golibberdiev@gmail.com

 

Kafedra o‘zining faoliyatini “Kompyuter tizimlarining dasturiy va texnika ta’minoti” kafedrasi nomi bilan 2025 yil martdan boshlagan.

2025-yil mart oyidan boshlab hozirgi vaqtgacha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Berdiyev G‘olib Rashidovich kafedraga mudirlik qilib kelmoqda.

Ilmiy ishlar

Kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlari quyidagi yo‘nalishlarda olib borilgan:

  1. Qurilish me'morchilik obyektlarida murakkab fraktal tuzulmalarni kompyuter modellashtirish.
  2. Ko’p fazali filtratsiya jarayonlarini kompyuter yordamida matematik modellashtirish.
  3. Biosignallarga sun’iy intellekt yordamida raqamli ishlov berish
    1. Neft-gaz tizimlarini loyihalashtirishda su’niy yuldoshdan olingan geoma’lumotlarining 3D o‘lchovli modellarini tuzish uchun amaliy dasturlar paketini yaratish.
    2. Ta’limni raqamlashtirish sharoitida intellektual o‘qitish tizimlarini yaratishning dasturiy ta'minotini takomillashtirish.
    3. Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha "Big Data texnologiyalari asosida IT-ta’limda talabalar o’quv faoliyatini tahlil qilish va individual ta’lim yo‘nalishlarini ishlab chiqish metodikasi".
    4. Turizm sohasida geoaxborot tizimidan foydalanish mexanizmini takomillashtirish.

    “Kompyuter tizimlarining dasturiy va texnik ta’minoti” kafedrasida bajarilayotgan davlat va chet el grantlari (fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar) ro‘yhati

    1. Loyiha rahbari: M.E.Shukurova. AL-8624032411-R3 “Neft-gaz tizimlarini loyihalashtirishda sun’iy yo‘ldoshdan olingan geoma’lumotlarning 3D o‘lchovli modellarini tuzish uchun amaliy dasturlar paketini yaratish. Amaliy loyiha (2025-2026-yil).
    2. Loyiha rahabri: Q.R.Zohirov AL-8223092040 “Sport kurashida yuqori malakali sportchilarilarning xarakatlarini masofaviy tahlili va operativ nazorat qilish texnologiyalari asosida monitoring qilish bo‘yicha dasturiy vositasini yaratish”. Amaliy loyiha (2024-2025-yil)

    “Sport kurashida yuqori malakali sportchilarning xarakatlarini masofaviy tahlili va operativ nazorat qilish texnologiyalari asosida monitoring qilish bo‘yicha dasturiy vositasini yaratish” amaliy loyiha, loyiha rahbari Q.R.Zohirov tomonidan 2025-yilda muvaffaqiyatli yakunlandi. Davlat va chet el grantlari e’lon qilingan tanlovlarda kafedra professor - o‘qituvchilari tomonidan tanlovga topshirilgan bir nechta loyihalar ham mavjud.

    Ilmiy-metodik ish

    Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘quv jarayoniga “aqliy hujum”, “klaster usuli” va boshqa zamonaviy pedagogik vositalar joriy etilmoqda. Barcha

    fanlardan test sinovlarini o‘tkazish uchun o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruzalar matnlari, o‘quv-uslubiy ko‘rsatmalar, test topshiriqlarini tayyorlash va nashr etish ishlari olib borilmoqda.

    Kafedraning moddiy-texnik bazasini yangilash, fan yutuqlaridan ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida foydalanish – kafedra a’zolari tomonidan hal etilayotgan dolzarb vazifalardir. Kafedra a’zolari iqtidorli talabalarning maqolalariga ilmiy rahbarlik qiladilar. Iqtidorli talabalar bilan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari respublika va oliy o‘quv yurtlararo miqyosdagi ilmiy anjumanlar to‘plamlari va materiallarida chop etilmoqda.

    So‘nggi yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bir qator monografiyalar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar va 200 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi.

    Monografiyalar (2025-yil)

    1. R.Zohirov “Sport biomexanikasida ma’lumotlarni raqamli qayta ishlash usullari”.

    Darsliklar va O‘quv qo‘llanmalar (2025-yil)

    1. R.Zohirov, S.J.Yaxyayev, S.X.Boyqobilov “Ma’lumotlarning intellektual tahlili” darslik.
    2. E.Shukurova “Parellel hisoblash tizimlari” darslik.
    3. G‘.R.Berdiyev, N.Akmalova “Kompyuterli modellashtirish” darslik.
    4. J.Ruziyev, M.E.Shukurova, S.J.Yaxyayev, S.R.Ochilova “O‘rnatilgan tizimlar” darslik.
    5. N.Abdullayev “Dasturiy ta’minot arxitekturasi” o‘quv qo‘llanma.

    Kafedraning ma’naviy-ma’rifiy ishlari

    Fakultetning kafedralararo xotin-qizlar o’rtasida tashkillashtirilgan sport, sog’lomlashtirish (shaxmat, shashka) tadbiri, professor-o‘qituvchilar o‘rtasida sportning mini-futbol, stol tennis turlari bo‘yicha  musobaqalar, talaba-yoshlar bilan nomdor stipendiyalarni olish  va tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha suhbatlar, universitet tomonidan Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borilmoqda.

 

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Bakalavr

Kompyuterni tashkil etilishi

Kompyuter tarmoqlari

Kompyuter arxitekturasi

Katta ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalari

Matlab muhitining asoslari

Mashinali o‘qitishga kirish

O‘rnatilgan tizimlar

IT/Mutaxassislik tanlov fani (Ma’lumotlarning intellektual tahlili)

IT/Mutaxassislik tanlov fani (Bioinformatika va biomexanika)

IT/Mutaxassislik tanlov fani (Geoaxborot texnologiyalar)

IT/Mutaxassislik tanlov fani (Kompyuterli modellashtirish)

IT/Mutaxassislik tanlov fani (Katta hajmdagi ma’lumotlarni boshqarish)

IT/Mutaxassislik tanlov fani (Bulutli texnologiyalar)

Dasturiy ta'minot arxitekturasi

Dasturlash 1,2

Dasturiy ta'minot sifatini ta'minlash

Mobil ilovalarini ishlab chiqish

Ma'lumotlar tuzilmasi va algoritmlar

Dasturiy ta’minot talablari tahlili

Web ilovalarini yaratish

Dasturiy injiniringga kirish

Dasturiy ta'minot sifatini ta'minlash

Intelektual va ekspert tizimlari

Magistratura

Axborotlarni izlash va ajratib olish

Mutaxassislik tanlov fani (Kompyuter ko‘rish)

Sun’iy intellekt va neyron tarmoqlar

Bioinformatika

Mutaxassislik tanlov fani

Industrial ilovalar

Deklarativ dasturlash

Kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibi

Professor-o‘qituvchilarning F.I.SH. Lavozimi
1. Berdiyev G‘olib Rashidovich Kafedra mudiri
2. Uzakov Zair Professor
3. Zohirov Qudratjon Rafiqovich Professor
4.

Shukurova Marxabo Eshonqulova

Dotsent
5.

To‘rayev Muzaffar Farmonovich

Dotsent

6.

Yaxyayev Sobir Jumakulovich

Dotsent

7.

Abduvaliev Asror Abdusolievich

Dotsent v.b
8. G‘aniev Alisher Islomovich

Dotsent v.b

9. Ochilova Sojida Rayimberdi qizi Katta o’qituvchi
10.

Nosirov Baxtiyor Nusratovich

Katta oʻqituvchi
11.

Zoxidov Jahongir Botirxonovich

Katta oʻqituvchi
12. Abdullayev Ravshan Narzulloyevich Katta oʻqituvchi
13. Abdullayev Ravshan Narzulloyevich Katta oʻqituvchi
14. Ulasheva Shaxlo Tagayevna Katta oʻqituvchi
15. Xujaqulov Navruz Turdiali o‘g‘li Assistent
16 Dilmurodov Zuxriddin Do’stmurodovich Assistent
17 Muqimov Shaxzod Ixtiyor o’g’li Assistent
18 Ochilova Aziza Bahodir qizi Assistent
19 Boyqobilov Sardor Xoliqul o’g’li Assistent
20 Ro‘ziqulova Maqsuda Abriy Qizi Assistent
21 Sulaymonova Dilnoza Bohodir Qizi Assistent
22 Axmedova Nilufar Farxodovna Assistent
23 Abrayev Azamat Kamoliddinovich Assistent
24 Ablaqulov Kamoliddin Bahriddinovich Assistent
25 Samandarova Shaxnoza Mirjamilovna Assistent
26 Ibotova Sharifa Aminovna Assistent
27 Rasulova Moxira Sa’dullayevna Assistent
28

Yusupov Sherali Sharipovich

Assistent
29 Boboqulov Shaxzod Ruziboy o‘g‘li Stajyor-o‘qituvchi
30 Nusratova Shahrizoda Baxtiyor qizi Stajyor-o‘qituvchi