Texnologik mashina va jihozlar kafedrasi

Texnologik mashina va jihozlar kafedrasi

 

  Ma'lumot
Mamatov Nurbek

Kafedra mudiri

TURDIYEV SHAHBOZ SHERMAMAT O‘G‘LI

t.f.d. (DSc), dotsent

Telefon: +998 91 215 51 51
Qabul kunlari: Haftaning dushanba-payshanba kunlari soat 15:00 dan 18:00 gacha

 

Kafedra tarixi

Texnologik mashina va jihozlar kafedrasi Qarshi Davlat Texnika Universitetining kafedralaridan biri hisoblanib, 1995 yil 3 iyulda tashkil topgan va hozirgacha faoliyatini davom ettirmoqda.  Kafedrada  60720400-«Texnologik mashinalar va jihozlar (Neft-gaz sanoati mashinalari va jihozlari)» yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar va 70720408-«Neft-gaz sanoati mashinalari va jihozlari» yo‘nalishi bo‘yicha magistrlar tayyorlanib kelinmoqda.

Bundan tashqari kafedrada doktarantura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, doktarantlar bevosita kafedradagi professor-o‘qituvchilar ilmiy rahbarligi ostida Respublika va xalqaro miqyosdagi konferensiyalar, ilmiy jurnallarda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib kelmoqdalar.

 Asosiy vazifalari

Barcha o‘quv shakllari bo‘yicha Oliy ta’limning DTS (Davlat ta’lim standartlari) lariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarida belgilangan

- ma’ruzalar; amaliy mashg‘ulotlar; labaratoriyalar va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy  uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;

- talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga, bitiruv malakaviy ishlariga, magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilish;

- talabalar bilimini baholashning reyting nazoratini joriy etish va mustaqil ishlarni tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish; 

- kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish;

- turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlariga taqriz va xulosalar tayyorlash; 

- darslik, o‘quv qo‘llanma, uslubiy va metodik ko‘rmatmalarni tayyorlash;

- iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlash; 

- belgilangan tartibda professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirishni tashkil etish hamda ularning Respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etishini ta’minlash va shu kabi bir qancha vazifalarni o‘z ichiga oladi.

Amaliyot shartnomalari

Malakaviy amaliyotlar “Gissarneftgaz” MChJ QK, Sho'rtan neft  va gazni qazib chiqarish boshqarmasi, Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, "Hududgaz" Qashqadaryo viloyat filiali, “Koson neft va gaz quduqlarini sinash” AJ, “Koson neft va gaz qidiruv ekspeditsiyasi” MChJ, "Qashqadaryo parmalash ishlari"  AJ, "Uzbekneftgaz burg'ilash ishlari" MCHJ   kabi bir qancha yirik tashkilotlarda o‘tkaziladi.

 

Professor-o‘qituvchilarning F.I.SH. Lavozimi
1. Turdiyev Shahboz Shermamat o'g'li Kaf.mud.
2. Eshkabilov Xoliqul Karshiyevich t.f.n. professor.
3. Buronov Firdavsiy Eshbo'riyevich Dotsent
4. Raximov G‘anisher Baxtiyorovich Dotsent
5. Djurayeva Gulnora Xurramovna Dotsent
6. Mirzayev Ergash Safarovich Dotsent
7. Nurmatov Jahongir Tog'aymurodovich Dotsent
8. Abdiraximov Ilhom Eshboyevich Dotsent
9. Samadov Aziz Xasanovich Dotsent
10. Saloxiddinov Farhod Abdirazzoqovich katta o'qituvchi
11. Kurbanov Aziz Teshaboyevich katta o'qituvchi
12. Kamolov Bo'ri Sirojovich katta o'qituvchi