Ma'lumot | |
---|---|
FOTO |
Kafedra mudiri Toshtemirov Sanjar Jumaniyazovich Telefon: +998 97 303 07 09e-mail: sanjar_toshtemirov@mail.ru |
Qishloq xo‘jaligi muhandisligi kafedrasi
“Qishloq xo‘jaligi muhandisligi” kafedrasi 1977 yil Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filialining “Umumtexnika» fanlari“ kafedrasi bazasida tashkil etilgan. O‘tgan yillar davomida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish, “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish va servis”, “Qishloq xo‘jaligi muhandisligi va texnologiyasi” kafedrasi kabi nomlar bilan faoliyat yuritib keldi. Ushbu yillar davomida dots. A.Axmedov, prof. F.M.Mamatov, dots. R.Norchaev, dots. I.J.Toirov, dots. D.Sh.Chuyanov, dots. Z.L.Batirov va dots. A.Z.Kiyamovlar kafedrada mudir vazifasida faoliyat olib borgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-dekabrdagi PQ-428-sonli qaroridan kelib chiqib Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Qishloq xo‘jaligi muhandisligi va texnologiyasi” hamda Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti “Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalar” kafedralari bazasida Qarshi davlat texnika universiteti “Qishloq xo‘jaligi muhandisligi” kafedrasi tashkil etildi.
Qarshi davlat texnika universiteti rektorining №-44-P/O‘-sonli buyrug‘i asosida 2025-yil 1-aprel sanasidan “Qishloq xo‘jaligi muhandisligi” kafedrasi mudiri lavozimida t.f.f.d., dots. S.J.Toshtemirov faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
“Qishloq xo‘jaligi muhandisligi” kafedrasi mutaxassis chiqaruvchi kafedra hisoblanib, quyidagi kunduzgi va sirtqi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar hamda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda:
Kunduzgi ta’lim (bakalavr):
60810100-Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish;
60712400-Avtomobilsozlik va traktorsozlik;
60112400-Professional ta’lim (Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish);
60810400-Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llash.
Sirtqi ta’lim (bakalavr):
60810100-Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish;
60712400-Avtomobilsozlik va traktorsozlik;
60112400-Professional ta’lim (Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish);
60810400-Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llash.
Magistratura mutaxassisliklari:
70810101-Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish (dehqonchilik);
70112401-Professionat ta’lim nazariyasi va metodikasi (qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish).
05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash ixtisosliklari bo‘yicha tayanch doktarantura faoliyat yuritadi.
05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.06.2020.T.111.02 raqamli ilmiy kengash tashkil etilgan.
Qishloq xo’jaligi muhandisligi kafedrasi - 21 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritib kelmoqda.
Jumladan:
- 2 nafar fan doktori, professor;
- 15 nafar fan nomzodi, dotsent;
- 2 nafar assistent;
- 2 nafar stajyor-o‘qituvchi;
- 2 nafar o‘quv yordamchi xodim.
№ | Professor-o‘qituvchilarning F.I.SH. | Lavozimi |
---|---|---|
1. | Toshtemirov Sanjar Jumaniyazovich | Kafedra mudiri |
2. | Mamatov Farmon Murtozovich | professor |
3. | Aliqulov Sattor Ramazanovich | professor |
4. | Temirov Isroil G'ulomovich | professor |
5. | Norchayev Rustam XXX | dotsent |
6. | Begimqulov Fayzulla Ergashovich | dotsent |
7. | Razzakov To'ra XXX | dotsent |
8. | Toirov Ilxom Jo'rayevich | dotsent |
9. | Xamrayev Obid Jonboyevich | dotsent |
10. | Rashidov Nurbek Shermamat o'g'li | dotsent |
11. | Kiyamov Asror Ziyadullayevich | dotsent |
12. | Ergashov G'ayrat Xudoyorovich | dotsent |
13. | Badalov Sunatullo Mamadiyevich | dotsent |
14. | Ochilov Samar Umarqul o'g'li | dotsent |
15. | Chorshanbiyevavshan Xushmurodovich | dotsent |
16. | Eshdavlatov Akmal Eshpulatovich | dotsent |
17. | Suyunov Alisher Abdig'opporovich | katta o‘qituvchi |
18. | Boyqulova Gulrux Abdullayevna | assistent |
19. | Keldiyorov Rafiq Normurodovich | assistent |
20. | To'xliyev Azamat Mingbayevich | stajyor-o‘qituvchi |
21. | Xolmuminova Shaxnoza Gulyam qizi | stajyor-o‘qituvchi |
22. | Xo‘janova Gulshoda Otamurodovna | assistent |
Kafedraning ilmiy salohiyati 81% ni tashkil etadi.