Melioratsiya va yer kadastri kafedrasi

Melioratsiya va yer kadastri kafedrasi

Melioratsiya va yer kadastri

Kafedra mudiri

Kafedra mudiri

F.I.O: Abduazimov Akbar Muxtorovich – qishloq xo'jaligi fanlari falsafa doktori (PhD)
Telefon: +998 91 461 83 84 Email: akbar.abduazimov@kstu.uz

Kafedra tarkibi va mavjud ilmiy salohiyat

"Melioratsiya va yer kadastri" kafedrasi Qarshi davlat texnika universiteti negizida 2025 yil 27 avgust kuni tashkil etildi. Kafedraning birinchi mudiri sifatida qishloq xo'jaligi fanlari falsafa doktori(PhD) Abduazimov Akbar Muxtorovich faoliyat olib bormoqda.

28

Professor-o'qituvchilar

8

Ilmiy darajali

5

Bakalavr yo'nalishlari

3

Magistr ixtisosliklari

Kafedrada asosiy shtatda 28 nafar professor-o'qituvchi faoliyat olib borishadi. Shundan 8 nafari ilmiy darajali professor-o'qituvchi, 1 nafar katta o'qituvchi, 16 nafar assistent va 3 nafar stajyor o'qituvchi faoliyat yuritmoqda.

Kafedrada bakalavr ta'lim yo'nalishi 5 ta, magistr ixtisosligida 3 ta hamda tayanch doktoranturada 1 ta mutaxassisliklari tayyorlanadi.

Kafedrada o'qitiladigan asosiy fanlar:

Irrigatsiya va melioratsiya, O'rmon melioratsiyasi, Kimyoviy melioratsiya, Yerlar rekultivatsiyasi va muhofazasi, Suv xo'jaligi va melioratsiyaga kirish, Yer tuzishni loyihalash, Yaylov melioratsiyasi, Yer kadastri, Suv va gidrotexnika inshootlari kadastri, Davlat yer nazorati, Qishloq xo'jaligi yerlari kadastri, Melioratsiya va yerlar rekultivatsiyasi, Biomelioratsiya, Tuproq-o'simlik-suv bog'liqligi.