Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi

Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi

 

  Ma'lumot
Mamatov Nurbek

Kafedra mudiri

ARISLANOV ILXOM TASHTEMIROVICH

Telefon: +998 90 716 40 20
e-mail:  ilhom_4444@mail.ru

Kafedra tarixi, o‘quv, ilmiy va manaviy ma’rifiy ishlari haqida malumot

1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti Qarshi filiali (filial direktori Maxmudov Ernazar Jumayevich) tarkibida “Jismoniy tarbiya va FM” (uning tarkibi: jismoniy tarbiya va fuqarolar mudofaasi) kafedrasi tashkil etilgan bo‘lib, o‘sha paytda kafedra mudirlik lavozimida Bozor Xamrayev ishlagan. 1993-yilda «Jismoniy tarbiya» kafedrasi shaklida faoliyatini davom ettirdi va kafedra mudirlik lavozimida Chori Xamrayev ishlagan. 2010-yilda kafedra mudiri lavozimiga Kurbanov Ilxom Kamalovich,  2015-yilda Ergashev Rashit Kuziyevich va 2020-yilda Arislanov Ilxom Tashtemirovich kafedra mudirlik lavozimiga saylandi.

Kafedra О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10-dekabrdagi “Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etish tо‘g‘risida”gi PQ-428 qaroriga asosan “Jismoniy tarbiya va sport” deb nomlandi.

1987-1993 yillarda kafedra mudiri lavozimiga Bozor Hamrayev ishlagan. 1993-2010 yillarda kafedra mudiri lavozimiga Chori Hamrayev ishlagan. 2010-2015 yillarda kafedra mudiri lavozimida Kurbanov Ilxom Kamalovich ishlagan. 2015-2020 yillarda kafedra mudiri lavozimiga Ergashev Rashit Kuziyevich saylandi. 2020-yildan hozirgi vaqtga qadar dotsent Arislanov Ilxom Tashtemirovich kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda  
Xozirgi vaqtda kafedrada asosiy shtatda 10 nafar professor-o‘qituvchilar ilmiy-pedagogik faoliyat olib bormoqdalar. Kafedra professor-o‘qituvchilarining |

  • 4 nafar dotsentlar;
  • 4 nafari dotsent v.b. va katta o‘qituvchilar;

2 nafari assistent  va stajyor o‘qituvchilar ilmiy-pedagogik faoliyat olib bormoqda

Kafedraning moddiy-texnik bazasi

Universitetda faoliyat yuritib kelayotgan professor-o‘qituvchilar, ishchi-xizmatchilar, va pedagog murabbiylar hamda shu universitetda tahsil olayotgan talaba-yoshlar, shuningdek talabalar turar joylarida yashovchi talabalar o‘rtasida sog‘lom  turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda doimiy ravishda sport bilan shug‘ullanishlari uchun sharoit yaratish maqsadida  kafedraga qarashli 8 ta yopiq sport zallari, 12 ta ochiq sport maydon va sport maydonchalari tashkil etilgan va sport jihozlari bilan jixozlangan.

 Professor-o‘qituvchilar, ishchi-xizmatchilar, va pedagog murabbiylar ayniqsa talaba-yoshlarni  ma’naviy-ma’rifiy, madaniy saviyasini muntazam oshirib borishlari uchun shaxmat shashka xonasi tashkil etilgan. Bejizga shaxmatni aql charxi deb atashmaydi, shaxmat har qanday vaziyatni aql bilan ko‘rishga o‘rgatadi, o‘ylab qilingan har qanday ish o‘zining ijobiy samarasini beradi.

Ta’lim sifatini oshirish, darslarni zamonaviy talablar asosida olib borish  maqsadida 16 ta o‘quv-uslubiy majmualar kafedra o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan.

Kafedrada asosiy e’tibor ilmiy-tadqiqot faoliyatini va ilmiy salohiyatni oshirishga qaratilgan, shuningdek olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli talabalarni yanada ko‘proq jalb etish maqsadida sportning 10 turi ( futbol, voleybol, basketbol, gandbol, stol tennisi,

kurash, dzyu-do, badminton, yengil atletika, shaxmat) bо‘yicha sport tugaraklari faoliyati  yо‘lga qо‘yilgan.

Kafedraning ilmiy yo‘nalishi

Kafedraning bosh ilmiy yo‘nalishi:

“Yoshlar о‘rtasida ommaviy sport turlarini tizimli tashkil etish orqali sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni ommaviy sportga jalb etishni yangi bosqichga olib chiqish”.

Professor-o‘qituvchilarning F.I.SH. Lavozimi
1.

Arislanov  Ilxom Tashtemirovich

Dotsent, Kafedra mudiri
2. Azimxonov Yakubjon Babaevich Dotsent
3. Ergashev   Rashit Kuziyevich Dotsent
4. Yusupov Erali Tuychievich Dotsent
5. Avazov Shukrullo Ibatovich Dotsent
6. Maxmatqulov Farxod Abdirayimovich Katta o‘qituvchi
7. Quvatov Elyor Haqmuratovich Katta o‘qituvchi
8. Kurbanov  Ilxom Kamalovich Katta o‘qituvchi
9. Arabov Erkin Oltiyevich Assistent
10. Sultonov Baxtiyor Samatovich Stajyor-o‘qituvchi