Ma'lumot | |
---|---|
![]() |
Kafedra mudiri Texnika fanlari falsafa doktori (PhD) Quvvatov Dilshod Ashuraliyevich Telefon: +998 99 878 34 22e-mail: dquvvatov@gmail.com |
Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi
“Irrigatsiya va Melioratsiya” kafedrasi Qarshi davlat texnika universitetining Irrigatsiya muhandisligi fakulteti tarkibidagi yetakchi mutaxassis tayyorlovchi kafedralardan biri hisoblanadi.
“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi dastlab, TIQXMMI MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Gidromelioratsiya fakulteti tarkibidagi mutaxassis tayyorlovchi asosiy kafedralardan biri sifatida tashkil etilgan. Uning oliy texnik ta’lim beruvchi ilmiy– pedagogik jamoasining shakllanish tarixi TIQXMMI Qarshi filialining tashkil topishi bilan bog‘liq bo‘lib, “Umum texnik fanlar” kafedrasi negizida 2021 yil 2 aprelda tashkil etildi.
Kafedraning birinchi mudiri sifatida qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim Sh.U.Xazratkulova faoliyat olib borgan.
Kafedrada 1 ta bakalavr ta'lim yo‘nalishi, 2 ta magistrlik mutaxassisliklari hamda 1 ta tayanch doktorantura ixtisosligi mavjud, shu jumladan bakalavriat yo‘nalishlari:
60812300-Suv xo‘jaligi va melioratsiya;
Magistratura mutahassisliklari:
70812302-Melioratsiya sug‘orma dehqonchilik;
70812306-Suvtejamkor sug‘orish texnologiyalari mutahasisliklaridir.
Tayanch doktarantura ixtisosligi:
06.01.02- Melioratsiya va sug’orma dehqonchilik.
Kafedrada hozirda jami 15 nafar professor-o’qituvchilar, jumladan: 4 nafar dotsent, 7 nafar assistent va 4 nafar stajyor-o‘qituvchilar faoliyat olib borishmoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari raxbarligida darsliklar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar yaratildi, PhD doktorlik dissertatsiyalari yoqlandi. Jumladan, q.x.f.f.d., dotsent A.M.Abduazimov tomonidan Suv xo‘jaligi va melioratsiyaga kirish fani bo‘yicha o‘zbek tilida darslik yaratildi.
Kafedrada bakalavr ta’lim yo‘nalishi, magistrlik mutaxassisliklariga Irrigatsiya va melioratsiya, Suvdan foydalanish rejasi asosida ekinlar hosildorligi bashorati, Sho‘r yuvish texnologiyalari, O‘rmon melioratsiyasi, Yerlar rekultivatsiyasi va muhofazasi, Sug‘orish texnikalari, Kimyoviy melioratsiya, Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish, Dehqonchilik va melioratsiya, Suv xo‘jaligi va melioratsiyaga kirish, Qishloq xo‘jalik melioratsiyasi, Qishloq va yaylovlarda suv ta’minoti, Melioratsiya va yerlarni rekultivatsiyalash, Sug‘orish melioratsiyasi, Global iqlim va suv ta’minoti, Suv resurslarini o‘lchovi va vositalari, Sug‘orish tarmoqlaridan foydalanish va avtomatlashtirish, Landshaftli irrigatsiya, Biomelioratsiya, Sug‘orishning resurstejamkor texnologiyasi, Tuproq-o‘simlik-suv bog‘liqligi kabi fanlari o‘qitilmoqda.