Qishloq xo‘jaligi muhandisligi kafedrasi

Qishloq xo‘jaligi muhandisligi kafedrasi

 

  Ma'lumot

Kafedra mudiri

Ravshanov Hamroqul Amirqulovich

Telefon: +99890-882-85-38
e-mail: ravshanovhamroqul@mail.ru

 

“Qishloq xo‘jaligi muhandisligi” kafedrasi 1977-yil Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filialining “Umumtexnika fanlari“ kafedrasi bazasida tashkil etilgan.  O‘tgan yillar davomida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish, “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish va servis”, “Qishloq xo‘jaligi muhandisligi va texnologiyasi” kafedrasi kabi nomlar bilan faoliyat yuritib keldi. Ushbu yillar davomida  dots. A.Axmedov, prof. F.M.Mamatov, dots. R.Norchayev, dots. I.J.Toirov, dots. D.Sh.Chuyanov, dots. Z.L.Batirov, dots. A.Z.Kiyamov va dots. S.J.Toshtemirovlar kafedrada mudir vazifasida faoliyat olib borgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-dekabrdagi PQ-428-sonli Qaroridan kelib chiqib Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining “Qishloq xo‘jaligi muhandisligi va texnologiyasi” hamda Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutining “Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalar” kafedralari bazasida Qarshi davlat texnika universitetida “Qishloq xo‘jaligi muhandisligi” kafedrasi tashkil etildi.

Qarshi davlat texnika universiteti rektorining №599/X-sonli buyrug‘i asosida 2025-yil 30-avgustdan “Qishloq xo‘jaligi muhandisligi” kafedrasi mudiri lavozimida t.f.d., dots. H.A.Ravshanov faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

“Qishloq xo‘jaligi muhandisligi” kafedrasi mutaxassis chiqaruvchi kafedra hisoblanib, quyidagi kunduzgi va sirtqi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar hamda magistratura va tayanch doktorantura, doktorantura mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda:

Kunduzgi ta’lim (bakalavr):

60810100-Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish;

60712400-Avtomobilsozlik va traktorsozlik

60112400-Professional ta’lim (Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish);

60810400-Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llash.

Sirtqi ta’lim (bakalavr):

60810100-Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish;

60712400-Avtomobilsozlik va traktorsozlik;

60112400-Professional ta’lim (Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish);

60810400-Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llash.

Magistratura mutaxassisligi:

70810101-Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish (dehqonchilik);

Tayanch doktorantura va doktorantura:

05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktarantura va doktorantura faoliyat yuritadi.

Ilmiy Kengash:

05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash ixtisosligi bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.06.2020.T.111.02 raqamli Ilmiy kengash tashkil etilgan.

Qishloq xo‘jaligi muhandisligi kafedrasida - 18 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritib kelmoqda.

Jumladan:

  • 5 nafar fan doktori, professor;
  • 11 nafar fan nomzodi, dotsent;
  • 3 nafar assistent;
  • 3 nafar stajyor-o‘qituvchi;

4 nafar o‘quv yordamchi xodim

№ Professor-o‘qituvchilarning F.I.SH. Lavozimi
1. Ravshanov Hamroqul Amirqulovich Kafedra mudiri
2. Mamatov Farmon  Murtozevich professor
3. Aliqulov Sattor Ramazanovich professor
4. Temirov Isroil G'ulomovich professor
5. Bо‘riyev Iskandar Astanovich professor
6. Hossein Navid Hassan professor
7. Baymaxanov Kenjamirza dotsent
8. Begimqulov Fayzilla Ergashovich dotsent
9. Chorshanbiyev Ravshan Xushmurodovich dotsent
10. Toshtemirov Sanjar Jumaniyazovich dotsent
11. Choriyeva Dilsabo Normamatovna dotsent
12. Badalov Sunatullo Mamadiyevich dotsent
13. Suyunov Alisher Abdig‘opporovich dotsent
14. Rashidov Nurbek Shermamat o‘g‘li dotsent
15. Eshdavlatov Akmal Eshpulatovich dotsent
16. Ochilov Samar Umarqul o‘g‘li dotsent
17. Boyqulova Gulrux Abdullayevna assistent
18. Keldiyorov Rafiq Normurodovich assistent
19. Niyazova Bibiniso Boltayevna assistent
20. To‘xliyev Azamat Mingbayevich stajyor-o‘qituvchi
21. Xolmuminova Shaxnoza Gulyam qizi stajyor-o‘qituvchi
22. Toyirova Fotima Shoyimovna assistent

Kafedraning ilmiy salohiyati 73% ni tashkil etadi.