Elektr ta'minoti va intellektual energetik tizimlar kafedrasi |
|||||||
|
|||||||
Kafedra tarixi, oʻquv, ilmiy va ma'naviy-ma'rifiy ishlari haqida ma'lumot1991 yilda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qarshi filiali (filial direktori Toshniyoz Qarshiyevich Nuriddinov, filial direktori oʻrinbosari f-m.f.n. Abdurasulov Abduhalil) tarkibida "Umumtexnika fanlari" (uning tarkibi: neft va gaz, issiqlik energetikasi va elektr energetikasi) kafedrasi tashkil etilgan boʻlib, oʻsha paytda kafedra mudirlik lavozimida t.f.n. Allaqulov Panji Egamberdiyevich ishlagan. 1993-yilda «Energetika fanlari» kafedrasi shaklida faoliyatini davom ettirdi va kafedra mudirlik lavozimida Alisher Aymakov ishlagan. 1995-yilda kafedra mudiri lavozimiga Denmuhammadiyev Aktam Movlonovich saylandi. Kafedra QarMII rektorining 1999 yil 5 fevraldagi №33/M sonli buyrugʻiga asosan «Elektrenergetikasi» deb nomlandi. 1999-2000 yillarda kafedra mudiri lavozimiga t.f.n. Fayziyev Maxmanazar Mansurovich ishlagan. 2001-2002 yillarda kafedra mudiri lavozimiga Mallayev Alisher Rajabaliyevich ishlagan. 2002-2015 yillarda kafedra mudiri lavozimida i.f.n. Zayniyeva Oliyaxon Egamberdiyevna ishlagan. 2015-2016 yillarda kafedra mudiri lavozimiga Xoliqov Yusuf Doʻstmurodovich saylandi. 2016-2017 yillarda kafedra mudiri lavozimiga Zayniyeva Oliyaxon Egamberdiyevna ishlagan. 2017-2020 yillarda kafedra mudiri lavozimiga f-m.f.n. Saʻdullayev Aloviddin Bobakulovich saylandi. 2020-2023 yillarda kafedra mudiri lavozimiga t.f.n. dotsent Fayziyev Maxmanazar Mansurovich saylandi. 2023-yildan hozirgi vaqtga qadar t.f.f.d (PhD), dotsent Norboyev Anvar Eshmoʻminovich kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Ta'lim yoʻnalishlari va tayyorlov tarixi:
|
Bakalavriat ta'lim yoʻnalishi60710500 – Elektr muhandisligi | 60710600 – Elektr energetikasi (elektr ta'minoti) | 60710700 – Elektrotexnika, Elektr mexanika va elektr texnologiyalari
Fan va texnika sohasidagi yoʻnalish boʻlib, u sanoat korxonalari va shaharlarni elektr energiyasi bilan ta'minlash va iste'mol qilish uchun yaratish va ulardan foydalanishga, soha istiqbolini belgilashga, kasbiy koʻnikma, mutasaddilik qobiliyatiga yoʻnaltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini oʻz ichiga oladi. Magistratura mutaxassisliklari70710409 – Elektr energetika tizimlari va tarmoqlari (faoliyat turlari boʻyicha) | 70710407 – Elektr ta'minoti (sanoat korxonalari va shaharlar) | 70710501 – Elektr mexanika
Oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash, oʻrta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni oʻqitish; Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida; ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari; elektr energetikasi tizimlari, tarmoqlari va ularning jihozlarini loyihalash, ishlab chiqarish, montaj qilish, sozlash va ishlatish bilan shugʻullanuvchi barcha sanoat tashkilotlar majmui. |
Professor-oʻqituvchilar |
Oʻquv mashgʻulotlariga jalb etilgan mutaxassislarHozirgi vaqtda kafedrada doimiy faoliyat koʻrsatib kelayotgan professor-oʻqituvchilar bilan bir qatorda I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Oʻzbekiston FA Energetika muammolari instituti olimlari hamda viloyatning yirik ishlab chiqarish korxonalari mutaxassislari oʻquv mashgʻulotlariga jalb etilgan: Kafedra professor-oʻqituvchilari tarkibiKafedrada asosiy shtatda 9 nafar professor-oʻqituvchilar ilmiy-pedagogik faoliyat olib bormoqdalar:
|
Kafedraning moddiy-texnik bazasi
Laboratoriya mashgʻulotlarini ishlab chiqarish korxonasi bazasida oʻtkazish toʻgʻrisida 6 ta yirik ishlab chiqarish korxonalari bilan shartnomalar tuzilgan. Kafedrada asosiy e'tibor ilmiy-tadqiqot faoliyatini va ilmiy salohiyatni oshirishga hamda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli talabalarni yanada koʻproq jalb etishga qaratilgan. Kafedra bitiruvchilari faoliyat yuritayotgan korxonalar
Kafedraning ishlab chiqarish korxonalari bilan integratsiyasi
Kafedraning ilmiy yoʻnalishiKafedraning bosh ilmiy yoʻnalishi:
«Kombinatsiyalashgan elektr ta'minoti va elektr energetika tizimida integratsiyalashgan intellektual texnologiyalar tadqiqi» Amu-Qashqadaryo ITHB huzuridagi NS va EB da kafedra tashkil etilgan boʻlib, mutaxassislik fanlarining amaliy va laboratoriya mashgʻulotlari korxona bazasida tashkil etilgan. Shuningdek Shurtan gaz kimyo majmuasida tashkil etilgan Ilgʻor muhandislik maktabida 70710407-Elektr ta'minoti magistratura mutaxassisligi magistrantlari 3+2 shaklida tahsil olishmoqda. Kafedraning xalqaro aloqalari
|
