Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti

Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti

SHAHRISABZ OZIQ-OVQAT MUHANDISLIGI FAKULTETI

Fakultet joylashgan manzil: Shahrisabz shahri, Shahrisabz ko'chasi, 20-uy.

Abdurahmonov Alijon Abdulahadovich

Dekan

F.I.O: Abdurahmonov Alijon Abdulahadovich
Telefon: +998 75 220-09-23 - 1012 Email: aabdurahmanov@kstu.uz
Shukurov Shahobiddin To'liq o'g'li

Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari

F.I.O: Shukurov Shahobiddin To'liq o'g'li
texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)
Telefon: +998 91 001 56 63 Email: shaxrisabz0100@gmail.com
Image

O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari

F.I.O: Samadov Mizamitdin Saidjanovich
Telefon: +998 91-227-64-11 Email: mizamitdins@gmail.com

FAKULTET HAQIDA UMUMIY MA'LUMOT

Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-dekabrdagi PQ-428-sonli qarori asosida tashkil etilgan. Qarorga binoan, sobiq Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali negizida Qarshi davlat texnika universiteti tarkibida yangi fakultet sifatida faoliyati yo'lga qo'yildi.

Fakultetda hozirgi kunda quyidagi ta'lim yo'nalishlari bo'yicha kadrlar tayyorlanib kelinmoqda:
  • Oziq-ovqat texnologiyasi
  • Oziq-ovqat xavfsizligi
  • Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish
  • Texnologik mashina va jihozlar
  • Kimyo muhandisligi
  • Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifatini boshqarish
  • Iqtisodiyot

Talabalar zamonaviy o'quv dasturlari asosida nazariy va amaliy bilimlarni oladilar. Fakultet ko'plab ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik qilib, amaliyot va stajirovka imkoniyatlarini taqdim etadi.

Ilmiy-tadqiqot ishlari

Fakultetda ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish bo'yicha alohida e'tibor qaratilgan. Talabalar va professor-o'qituvchilar:

  • O'zbekiston va xalqaro miqyosdagi ilmiy konferensiyalarda, simpoziumlarda faol ishtirok etadilar.
  • Oziq-ovqat texnologiyalari, kimyo muhandisligi, avtomatlashtirish tizimlari, ekologik xavfsizlik, innovatsion uskunalar ishlab chiqish yo'nalishlarida tadqiqotlar olib boradilar.
  • Startap loyihalar, amaliyotchi-tadqiqotchi dasturlari va sertifikatlashtirish bo'yicha xalqaro onlayn kurslarda ishtirok etadilar.

Shuningdek, yosh tadqiqotchilarni rag'batlantirish maqsadida "Eng yaxshi ilmiy loyiha" va "Innovatsion g'oyalar tanlovi" kabi ichki grantlar tizimi yo'lga qo'yilgan.

Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat

Fakultetda talabalarning ma'naviy va ma'rifiy saviyasini oshirishga katta e'tibor qaratiladi:

  • "Zakovat" intellektual o'yinlari va fan olimpiadalari o'tkaziladi.
  • Milliy qadriyatlar, madaniy merosni targ'ib qilish maqsadida tarixiy ziyoratlar (masalan, "Xazrati Bashir", "Langar Ota", "Xo'ja Ilm Koni" va boshqa ziyoratgohlarga) tashkil etiladi.
  • Talabalar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish uchun sport musobaqalari, "Yoshlar forumi", "Ma'rifat soatlari" kabi tadbirlar o'tkaziladi.
  • Turli mavzularda ma'naviy-ma'rifiy uchrashuvlar, kitobxonlik kechalari va targ'ibot seminarlari uyushtiriladi.