Metrologiya va materialshunoslik muhandisligi kafedrasi

Metrologiya va materialshunoslik muhandisligi kafedrasi

Metrologiya va materialshunoslik muhandisligi kafedrasi

Image

Kafedra mudiri

F.I.O: Eshqobilov Olim Xoliqulovich
Ilmiy daraja: Texnika fanlari doktori (DSc), professor
Telefon: +998 91 632 15 30 Email: olimeshqobilov252@gmail.com

Kafedra haqida

Qarshi davlat texnika universitetida 2017-2018 o'quv yilidan boshlab 60710800–"Metrologiya va standartlashtirish", 2022-2023 o'quv yilidan esa 60710800–"Materialshunoslik" ta'lim yo'nalishlari bo'yicha kadrlar tayyorlanib kelinmoqda.

Rektorning 2024-yil 30-avgustdagi "Universitet fakultetlari va kafedralarini maqbullashtirish to'g'risida"gi 524/M–sonli buyrug'iga asosan universitetda ilk bor "Metrologiya va materialshunoslik muhandisligi" kafedrasi tashkil etildi.

Hozirda kafedrada quyidagi bakalavriat ta'lim yo'nalishlari talabalariga bilim berib kelinmoqda:
  • 60710800 – Metrologiya va standartlashtirish
  • 60710800 – Materialshunoslik
  • 60720700 – Yengil sanoat muhandisligi
  • 60712300 – Mexanika muhandisligi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024–yil 10–dekabrdagi "Qarshi davlat texnika universitetini tashkil etish to'g'risida"gi PQ-428–sonli Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida hamda fan–ta'lim–ishlab chiqarish integratsiyasini ta'minlash maqsadida etakchi korxona va tashkilotlar bilan doimiy hamkorlik yo'lga qo'yilgan.

Professor-o'qituvchilar tarkibi

20

Professor-o'qituvchi

 

1

Fan doktori, professor

 

8

Fan nomzodi, dotsent

 

41

O'quv fanlari

Kafedra filiallari

  • "O'zbekiston milliy metrologiya instituti" DM Qashqadaryo filiali
  • "O'zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" DM Qashqadaryo filiali

Ishlab chiqarish amaliyoti bazalari

• Sho'rtan neft va gaz ishlab chiqarish boshqarmasi
• "Sho'rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ
• Muborak neft va gaz ishlab chiqarish boshqarmasi
• Muborak gazni qayta ishlash zavodi
• "O'zbekiston milliy metrologiya instituti" DM Qashqadaryo filiali
• "O'zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" DM Qashqadaryo filiali
• Qashqadaryo viloyatidagi yirik ishlab chiqarish korxonalari

2024-2025 o'quv yili yutuqlari

  • 6 ta darslik chop etildi
  • 6 ta o'quv qo'llanma chop etildi
  • 2 ta monografiya chop etildi
  • Intellektual mulk agentligining 7 ta dasturiy ta'minot uchun guvohnomasi olindi
  • 2 nafar yosh o'qituvchi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi

Kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan universitet talaba yoshlari, texnikumlar, litsey va umumta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida kasbga yo'naltirish bo'yicha targ'ibotlar o'tkazib kelinmoqda. Talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida turli xil ma'naviy-ma'rifiy va sport tadbirlari uyushtirilgan.

Ilmiy to'garak

Talabalarni ilm-fanga qiziqishini yanada oshirish maqsadida kafedra qoshida "Yosh metrologlar" ilmiy to'garagi tashkil etilgan bo'lib, unga talabalar orasidan iqtidorli yoshlar jalb qilingan.