Özbekiston aholisining qariyb 60 foizini 30 yoşgaça bölgan yoşlar taşkil etişi mamlakat taraqqiyotida yoş avlodning örni va ahamiyatini yaqqol körsatadi. Yoşlarning bilimli, taşabbuskor va faol fuqarolar sifatida şakllanişi, nafaqat ularning şaxsiy kelajagi, balki jamiyatning barqaror rivojlanişi uçun ham muhimdir. Bu jarayonda siyosiy partiyalar qanday örin tutadi?
Yoşlar faolligini faqat saylovlarda ovoz beriş yoki turli tadbirlarda qatnaşiş bilan baholab bölmaydi. Uning mazmuni ança keng bölib, jamoatçilik muhokamalarida iştirok etiş, ijtimoiy muammolarga yeçim taklif qiliş, öz huquq va manfaatlarini himoya etiş, şuningdek, davlat va jamiyat hayotiga daxldor qarorlar qabul qilinişida iştirok etişni ham qamrab oladi.
Şu maʼnoda, siyosiy partiyalar yoşlarning qaraş va taşabbuslarini ifoda etiş, ularni siyosiy jarayonlarga jalb qiliş hamda jamiyatdagi muammolarni hal etişga yönaltirişda muhim institutlardan biri hisoblanadi.
Siyosiy partiyalar va yoşlar: imkoniyatlar va vazifalar
Özbekistonda yoşlar siyosati davlat siyosatining muhim yönalişlaridan biri sifatida rivojlanib bormoqda. Yoşlarni qöllab-quvvatlaş, ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, taʼlim olişi, kasb egallaşi va jamiyat hayotida faol iştirok etişi uçun imkoniyatlar yaratişga qaratilgan çora-tadbirlar bu boradagi işlarning asosini taşkil etadi.
Yoşlar bilan işlaşda davlat organlari bilan bir qatorda siyosiy partiyalar, nodavlat notijorat taşkilotlari va boşqa fuqarolik jamiyati institutlarining ham iştiroki muhim. Çunki yoşlarning ehtiyoj va muammolari turliça bölib, ularni aniqlaş va hal etişda jamoatçilik bilan doimiy muloqot talab etiladi.
“Siyosiy partiyalar töğrisida”gi Qonun partiyalarning huquqiy maqomi va faoliyat asoslarini belgilaydi. Qonun mazmunidan kelib çiqib, siyosiy partiyalarning jamiyat siyosiy hayotidagi örnini fuqarolar manfaatlarini ifoda etiş, ularning siyosiy jarayonlarda iştirokini taʼminlaş va davlat hokimiyati organlari faoliyatida vakillikni amalga oşiriş bilan boğliq holda baholaş mumkin.
Bugungi kunda mamlakatda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalar yoşlar bilan işlaşga alohida eʼtibor qaratmoqda. Partiyalar qoşidagi yoşlar qanotlari yoşlarning siyosiy bilimlarini oşiriş, dasturiy ğoyalar bilan taniştiriş, ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va faol fuqarolik pozitsiyasini şakllantirişda muhim maydon bölib xizmat qilmoqda.
Biroq yoşlar qanotlari faoliyatining samaradorligini faqat ötkazilgan tadbirlar yoki jalb qilingan iştirokçilar soni bilan ölçaş töğri emas. Asosiy mezon - yoşlar kötargan masalalarning qay darajada örganilgani, ular böyiça qanday takliflar işlab çiqilgani va muammolarni hal etişda qanday amaliy natijalarga erişilganidir.
Saylovdan taşabbuskorlikkaça
Saylovlar yoşlarning siyosiy jarayonlardagi iştirokini namoyon etadigan muhim demokratik mexanizmdir. Saylovda ovoz beriş orqali fuqarolar mamlakat va jamiyat taraqqiyotiga doir öz qaraşlarini ifoda etadi. Siyosiy partiyalar esa öz dasturlari, nomzodlari va takliflarini jamoatçilikka yetkaziş orqali saylov jarayonida iştirok etadi.
Şu bilan birga, yoşlarning siyosiy faolligi saylovlar oraliğida ham davom etişi kerak. Yoşlarning mahalliy muammolarni muhokama qilişda, jamoatçilik eşituvlarida, qonunçilikka takliflar tayyorlaşda va ijtimoiy loyihalarni amalga oşirişda qatnaşişi siyosiy iştirokning amaliy ahamiyatini oşiradi.
Bu borada siyosiy partiyalar yoşlar bilan muntazam muloqot örnatişi, ularning takliflarini örganişi va tegişli vakillari orqali vakolatli organlarga olib çiqişi mumkin. Masalan, taʼlim sifati, yoşlar bandligi, tadbirkorlik, ekologik muammolar yoki raqamli xavfsizlikka doir taşabbuslarni muhokama qiliş yoşlarning siyosiy jarayonlarga qiziqişini oşiriş bilan birga, ularda muammoni tahlil qiliş va yeçim işlab çiqiş könikmalarini ham rivojlantiradi.
Eng muhimi, yoşlar siyosiy faollikni tayyor ğoyalarni qabul qiliş emas, balki mustaqil fikrlaş, dalillarga tayaniş, turli qaraşlarni tahlil qiliş va öz pozitsiyasini asoslaş imkoniyati sifatida anglaşi lozim. Siyosiy partiyalar esa bunday muhitni şakllantirişga kömaklaşişi zarur.
Yoşlar parlamenti - amaliy tajriba maydoni
Yoşlarning siyosiy-huquqiy bilim va könikmalarini oşiriş, ularni qonun ijodkorligi jarayonlari bilan taniştiriş hamda taşabbuslarini ilgari surişda Yoşlar parlamenti muhim institutlardan biri hisoblanadi.
Uşbu tuzilma yoşlarga parlament faoliyati, qonunçilik taşabbuslarini işlab çiqiş, jamoatçilik bilan muloqot qiliş va tengdoşlarining muammolarini örganiş böyiça amaliy tajriba orttiriş imkonini beradi. Yoşlar parlamenti faoliyatining ahamiyati, avvalo, yoşlar kötargan masalalarning mazmunli muhokama qilinişi va ular böyiça asoslangan takliflar tayyorlanişida namoyon böladi.
Bunda har bir iştirokçining öz hududidagi yoşlar bilan muloqot qilişi, ularni qiynayotgan muammolarni aniqlaşi va yeçimlar taklif etişi muhim. Çunki yoşlarning ehtiyojlarini bevosita örganiş orqali işlab çiqilgan takliflar umumiy çaqiriqlardan köra aniqroq va amaliyroq böladi.
Şuningdek, 2025-yil 26-fevralda qabul qilingan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengaşining KQ–102–V-sonli qarori asosida xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşlari huzurida Yoşlar maslahat guruhlarini taşkil etişga qaratilgan taşabbus mahalliy darajada yoşlar iştirokini kengaytiriş nuqtai nazaridan ahamiyatlidir.
Mazkur guruhlarning samaradorligi yoşlardan kelib tuşgan takliflarning qançalik tizimli örganilişi, ularning mahalliy Kengaşlar muhokamasiga kiritilişi va natijalari yuzasidan yoşlarga axborot berilişi bilan belgilanadi. Bu esa yoşlarning jamoatçilik nazorati va mahalliy boşqaruvdagi iştiroki uçun amaliy imkoniyatlarni kengaytiradi.
Natijaga yönaltirilgan hamkorlik zarur
Yoşlar faolligini oşirişda siyosiy partiyalar, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari örtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş zarur. Bunda har bir tuzilmaning vazifasi va masʼuliyati aniq belgilanişi, yoşlar taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşning amaliy mexanizmlari işlab çiqilişi muhim.
Birinçidan, partiyalar qoşidagi yoşlar qanotlari faoliyatini yoşlar muammolarini örganiş va ularga yeçim taklif qiliş bilan uzviy boğlaş lozim. Har bir tadbir muayyan muammoni aniqlaş, taklif işlab çiqiş yoki mavjud taşabbusni amalga oşirişga xizmat qilişi kerak.
Ikkinçidan, yoşlarning fikr va takliflarini eşitiş bilan çeklanmasdan, ularning qay darajada inobatga olingani haqida muntazam axborot beriş tizimini yölga qöyiş zarur. Bu yoşlarda öz taşabbusining ahamiyatiga nisbatan işonçni mustahkamlaydi.
Uçinçidan, siyosiy-huquqiy maʼrifat, tanqidiy fikrlaş, axborotni tahlil qiliş va jamoatçilik bilan muloqot könikmalarini rivojlantirişga qaratilgan amaliy maşğulotlarni kengaytiriş maqsadga muvofiq. Bu yoşlarning nafaqat siyosiy jarayonlarda qatnaşişi, balki ularda mustaqil va masʼuliyatli iştirok etişi uçun ham muhimdir.
Törtinçidan, yoşlar faoliyatini baholaşda miqdoriy körsatkiçlar bilan birga sifat natijalariga ham eʼtibor qaratiş lozim. Kötarilgan muammolar, tayyorlangan takliflar, ularning körib çiqiliş holati va erişilgan natijalar oçiq tahlil qilinişi partiyalar faoliyatining amaliy samaradorligini baholaş imkonini beradi.
Xulosa qilib aytganda, yoşlarning siyosiy faolligi mamlakatning bugungi taraqqiyoti va ertangi istiqboliga daxldor muhim omildir. Siyosiy partiyalar esa bu jarayonda yoşlarning manfaatlarini ifoda etiş, taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va ularning jamiyat hayotidagi iştirokini kengaytirişga hissa qöşişi mumkin.
Buning uçun yoşlar bilan işlaş tadbirlar ötkaziş yoki ularni partiya safiga jalb qiliş bilangina çeklanmasligi kerak. Asosiy vazifa - yoşlarni mustaqil fikrlaydigan, jamoatçilik oldida masʼuliyatni his qiladigan va öz taşabbuslarini amaliy natijaga aylantira oladigan faol fuqarolar sifatida şakllantirişdir. Zero, yoşlarning faolligi ularning ovozi eşitilganida, takliflari inobatga olinganida va taşabbuslari hayotda öz ifodasini topganida yanada mustahkamlanadi.
Abror RAHMONOV,
Demokratik jarayonlarni tahlil qiliş markazi Qaşqadaryo viloyati
hududiy bölinmasi yetakçi mutaxassisi.