Qarshi davlat texnika universiteti rektori etib Sherzod Ne’matov tayinlandi
19-may kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov va Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov hukumat qaroriga muvofiq rektor lavozimiga tayinlangan Sherzod Qalandarovich Ne’matovni universitet jamoasiga tanishtirdi.
Tadbirda viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, viloyatda mavjud barcha oliy ta’lim muassasalari rektori va prorektorlari hamda Qarshi davlat texnika universiteti jamoasi ishtirok etdi.
Sh. Ne’matov bunga qadar Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori lavozimida ishlagan.
![]() |
![]() |