YOSHLIK – BU BILIM, KUCH VA TAFAKKUR!

YOSHLIK – BU BILIM, KUCH VA TAFAKKUR!

YOSHLIK – BU BILIM, KUCH VA TAFAKKUR!

    Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev kuni kecha yoshlar bilan uchrashuvda kelajak bunyodkorlari boʻlgan bu avlodning puxta bilim olishi, hunar egallashi, tadbirkorlik bilan shugʻullanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar maydonini yanada kengaytirish yuzasidan muhim topshiriqlarni va vazifalarni belgilab berdilar.

    Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Yoshlar taraqqiyoti global indeksida eng tez surʼatlarda rivojlanayotgan davlat deb eʼtirof etilgani bejiz emas. Joriy yilda Toshkent shahrida Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati bosh qarorgohi tashkil etilishi, Samarqand shahrida Yoshlar parlamenti aʼzolarining 12-global konferensiyasi, “Take Off” xalqaro startap sammiti va 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi oʻtkazilishi bunga yorqin misol boʻla oladi.

    Prezidentimiz hamisha yoshlarga katta ishonch bildirib keladilar. Bugun fan olimpiadalarida, jahon sporti arenalarida oltin medallar va boshqa sovrinlarni qoʻlga kiritayotgan yoshlarimiz ana shu ishonchdan kuch olmoqdalar.

    Universitetimizda ham bu borada keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchilarimiz oʻz tadbirkorlik loyihalarini hayotga tatbiq etayotgani bizni quvontiradi. Kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, tanlovlar koʻlami ortdi. Iqtidorli talabalarimiz startap loyihalarini shakllantirishda ustozlarning koʻmagi muhim oʻrin tutmoqda.

    Bir soʻz bilan aytganda, davlatimiz rahbarining yoshlar bilan muloqoti davomida muhim tashabbuslar ilgari surildi. Ayniqsa, bu universitetimiz talabalarini juda ruhlantirdi. Ularning maqsad-rejalari bilan yaqindan tanishdik. Ulardagi shijoat, tashabbus, harakatchanlik shiddati yuqori. Biz Yangi Oʻzbekistonni ana shunday qalbi qaynoq yoshlar bilan bunyod etamiz!

Sherzod Neʼmatov,

Qarshi davlat texnika universiteti rektori