YOSHLAR BANDLIGI VA KARYERA

YOSHLAR BANDLIGI VA KARYERA

YOSHLAR BANDLIGI VA KARYERA

    Bugun Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetida “Karyera kunlari” mehnat yarmarkasi boʻlib oʻtdi.

    Image

    Tadbirda turli tashkilot va korxonalar vakillari ishtirok etib, talabalar va bitiruvchilarga mavjud boʻsh ish oʻrinlari, amaliyot dasturlari hamda karyera imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berdilar. Yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olish, ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish imkoniga ega boʻldilar.

    Image

    Shuningdek, yarmarka doirasida yosh olimlar va talabalarning ilmiy tadqiqot ishlari natijalari hamda xalq hunarmandchiligi koʻrgazmalari tashkil etildi. Mutaxassislar ishtirokida talabalar bilan yuzma-yuz muloqotlar oʻtkazildi.

    Image

    Uchrashuvda yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Abror Murtazayev, TAT COLA” MChJ xorijiy kompaniyasi rahbari Ahmadshoh Mohammadi, bank muassasalari masʼullari “Kelajakka qadam” dasturining afzalliklari, hamkorlik istiqbollari haqida soʻz yuritdilar.

   Image

    Tadbir talabalarning kasbiy koʻnikmalarini oshirish, ularni mehnat bozoriga tayyorlash va ish beruvchilar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

    Image

    Yarmarka yakunida bir qator talabalar amaliyot oʻtash va ishga joylashish boʻyicha dastlabki kelishuvlarga erishdilar.