“YIL AYOLI” MILLIY TANLOVI – IMKONIYAT MAYDONI

“YIL AYOLI” MILLIY TANLOVI – IMKONIYAT MAYDONI

“YIL AYOLI” MILLIY TANLOVI – IMKONIYAT MAYDONI

    Tanlovda 35 yoşdan yuqori bölgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari, öz yönalişi böyiça kamida 5 yil uzluksiz faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, şuningdek, oilasi va mahallasida ibratli faoliyat körsatayotgan uy bekalari iştirok etişlari mumkin.

    Tanlov quyidagi nominatsiyalar böyiça ötkaziladi:

    “Yilning eng vatanparvar ayoli”;

    “Yilning eng faol olima ayoli”;

    “Yilning eng ilğor tadbirkor ayoli”;

    “Yilning eng yaxşi ijodkor ayoli”;

    “Öz kasbining ustasi bölgan yil ayoli”;

    “Yilning eng kuçli maʼnaviy-maʼrifiy tarğibotçisi”;

    “Yilning eng yaxşi uy bekasi”;

    “Yilning eng jonkuyar ustozi”;

    “Yilning eng faol soğlom turmuş tarzi tarğibotçisi»;

    “Yilning eng yangi ğoyalar taşabbuskori”;

    “Yilning eng yaxşi AT-dasturçi ayoli”.

    “Yil ayoli” milliy tanloviga nomzodlarni saralaş tuman (şahar) taşkiliy qömitalari tomonidan amalga oşiriladi. Tanlovga nomzodlar özlari faoliyat yuritayotgan taşkilot, korxona yoki muassasalar tomonidan, uy bekalari esa yaşaş joyidagi mahalla fuqarolar yiğini tomonidan tavsiya etiladi.

    Tanlovning hududiy bosqiçlari noyabr oyida, respublika bosqiçi dekabr oyida bölib ötadi.

    Tanlovning respublika bosqiçi ğoliblari quyidagi tartibda taqdirlanadi:

    Gran-pri (oliy örin) sohibasi – Prezident sovğasi (avtomobil).

    1-örin sohibasi – BHMning 50 baravari miqdorida pul mukofoti bilan.

    2-örin sohibasi – BHMning 40 baravari miqdorida pul mukofoti bilan.

    3-örin sohibasi – BHMning 30 baravari miqdorida pul mukofoti bilan.

    Şuningdek, tanlovda faol iştirok etgan hamda turli nominatsiyalar böyiça ğolib deb topilgan qatnaşçilar diplom va qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlanadilar.
    Tanlov nizomi

    “Yil ayoli” milliy tanlovi mamlakatimiz xotin-qizlarining intellektual salohiyati, ijtimoiy-siyosiy faolligi hamda jamiyat va davlat hayotidagi örnini yuksak eʼtirof etiş, yetakçilik fazilatlarini munosib rağbatlantirişga qaratilgan muhim taşabbusdir.