Bugun universitetimiz talabalari oʻrtasida “Talabalar ligasi” sport oʻyinlari doirasida yengil atletika boʻyicha "Rektor kubogi” musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Musobaqaning ishtirokchi yigit-qizlari 100, 400, 800, 1500, 3000 metrlarga yugurish va uzunlikka sakrash boʻyicha qanchalar tezkor va epchil ekanliklarini namoyon etdilar.
G‘oliblar bilan tanishing.
100 metrga yugurish (qizlar):
1-o‘rin: Sevinch Eshmurodova (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti).
2-o‘rin: Dilfuza Hamdamova (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti).
3-o‘rin: Shahrizoda Nishonova (Energetika muhandisligi fakulteti).

100 metrga yugurish (yigitlar):
1-o‘rin: Otabek Eshqurbonov (Irrigatsiya muhandisligi fakulteti).
2-o‘rin: Davron Ismatov (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti).
3-o‘rin: Shohruh Ashurov (Energetika muhandisligi fakulteti).

800 metrga yugurish bo‘yicha (qizlar):
1-o‘rin: Ruhshona Ergasheva (Transport va qurilish muhandisligi fakulteti).
2-o‘rin: Farzona Tirkavova (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti).
3-o‘rin: Aziza Ergasheva (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti).

800 metrga yugurish bo‘yicha (yiqitlar):
1-o‘rin: Asilbek Aliyev (Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt fakulteti).
2-o‘rin: Nuriddin Rajabov (Energetika muhandisligi fakulteti).
3-o‘rin: Dilshod Qurbonov (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti).

3000 metrga yugurish (yiqitlar):
1-o‘rin: Zufarbek Qo‘ziyev (Energetika muhandisligi fakulteti).
2-o‘rin: Hasan O‘ralov (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti).
3-o‘rin: Inoyat Rajabov (Transport va qurilish muhandisligi fakulteti).
1500 metrga yugurish (qizlar):
1-o‘rin: Tamara Norsafarova (Irrigatsiya muhandisligi fakulteti).
2-o‘rin: Husnora O‘rozova (Transport va qurilish muhandisligi fakulteti).
3-o‘rin: Dildora Omonqulova (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti).
Uzunlikka sakrash (qizlar):
1-o‘rin: Sadoqat Ziyodullayeva (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti).
2-o‘rin: Feruza Samadova (Irrigatsiya muhandisligi fakulteti).
3-o‘rin: Gulmira Shaydullayeva (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti).

Uzunlikka sakrash (yigitlar):
1-o‘rin: Sevinchbek Ziyodullayev (Neft-gaz va geologiya fakulteti).
2-o‘rin: Isroil Eshqurbonov (Energetika muhandisligi fakulteti).
3-o‘rin: Shahzod Avazov (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti).

Ushbu musobaqada bir qiziq statistika eʼtiborimizni tortdi. 8 ta nominatsiya bo‘yicha talabalar taqdirlangan bo‘lsa, har bir yo‘nalishda Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetidan hech bo‘lmaganda bir nafar ishtirokchi medalli bo‘lgan. Shu hisobdan, jami 24 medaldan 11 tasiga sazovor bo‘lgan “iqtisodchi”larga rektor kubogi topshirildi.

Barcha g‘olib va sovrindorlarimizni muvaffaqiyatga erishganlari bilan samimiy muborakbod etamiz!