YANGI BITIM, YANGI HAMKOR

YANGI BITIM, YANGI HAMKOR

YANGI BITIM, YANGI HAMKOR

    Qarshi davlat texnika universiteti “Transport muhandisligi” kafedrasi mudiri Doʻstmurod Choʻyanov Xitoyning Shixetzi shahrida "Bir makon, bir yo‘l: xalqaro “aqlli” qishloq xo‘jaligi uskunalari rivoji” mavzusida oʻtkazilgan xalqaro ISAED-2025 анжуманиda ishtirok etdi.

    Mazkur tadbir Shixetzi universiteti tomonidan Xitoy qishloq xo‘jaligi mashinasozligi sanoati assotsiatsiyasi, Xitoy qishloq xo‘jaligi mashinasozlik jamiyati hamda Xitoy qishloq xo‘jaligi muhandislik jamiyati bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

    Anjumanning asosiy maqsadi “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida “aqlli” qishloq xo‘jaligi texnologiyalarining innovatsion rivojlanishini ilgari surish, sohadagi kadrlar salohiyatini kuchaytirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirishdan iborat.

    Anjumanda Doʻstmurod Choʻyanov mavzu yuzasidan maʼruza qildi. Shuningdek, Qarshi davlat texnika universiteti va Shixetzi universiteti oʻrtasida hamkorlik bitimi imzolandi.