XALQARO HAFTALIK TAASSUROTLARI

XALQARO HAFTALIK TAASSUROTLARI

XALQARO HAFTALIK TAASSUROTLARI

    Universitetimiz delegatsiyasi Hindiston Respublikasining Parul universitetida tashkil etilayotgan Xalqaro haftalik tadbirida ishtirok etmoqdalar.

    Image

    Vakillarimiz – “Kimyo muhandisligi va biotexnologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi Hasan Sa’diyev, “Sanoatda axborot texnologiyalari va turizm” kafedrasi katta o‘qituvchisi Shohabbos Doliyev, “Axborot tizimlari va texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi Sherzod Abdullayev, “Tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Nilufar Mustafoyeva hamda “Xorijiy tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Umida Xidirova bilim va mahoratlarini oshirmoqdalar.

    Image

    Mazkur xalqaro tadbirda dunyoning 20 dan ortiq davlatlari universitetlari olimlari ishtirokida ta’lim, ilm-fan va texnika sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

    Image

    Xalqaro haftalik qatnashchilari o‘zaro tajriba almashish, akademik mobillik, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qilmoqdalar.