Erasmus+ Capacity Building in Higher Education (CBHE) doirasida amalga oshirilayotgan BERUNI loyihasi yuzasidan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur onlayn uchrashuvda QarDTU vakillari – “Biznes va boshqaruv” kafedrasi professori Alibek Eshev, xalqaro hamkorlik bo‘limi hodimi Sohibnazar Omonov hamda yurtimizdagi va xorijiy universitetlar vakillari ishtirok etdilar.

Loyihaning asosiy maqsadi O‘zbekistonda sanoat muhandisligi (Industrial Engineering) yo‘nalishida zamonaviy, xalqaro standartlarga mos magistratura dasturini yo‘lga qo‘yish hamda universitet va sanoat korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.

Ushbu loyiha doirasida o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilish, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limni rivojlantirish, zamonaviy laboratoriyalarni joriy etish hamda sanoat uchun yuqori malakali muhandis kadrlar tayyorlash ko‘zda tutilgan.