UCHRASHUVLAR, MULOQOTLAR VA AMALIY TAKLIFLAR

UCHRASHUVLAR, MULOQOTLAR VA AMALIY TAKLIFLAR

UCHRASHUVLAR, MULOQOTLAR VA AMALIY TAKLIFLAR

    Bugun, 30-aprel kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov Qarshi davlat texnika universitetiga tashrif buyurdi.

    Tashrif davomida viloyat hokimi oʻrinbosari Anvar Qobilov va universitet rektori Sherzod Neʼmatov hamrohlik qildilar.
    Image

    Vazir oʻrinbosari dastlab universitetda Oʻzbekiston-Germaniya hamkorligida tashkil etilgan “Xorijiy tillar va kasbga oʻqitish markazi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Oʻquv kursi tinglovchilari bilan suhbatlashdi. Mashgʻulotlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan istiqboldagi loyihalar bilan tanishdi. Muhim taklif va koʻrsatmalar berdi.

    Image

    Markaz faoliyatining bugungi holati, oʻquv jarayonining sifati, zamonaviy oʻqitish metodlari hamda tinglovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha koʻrib chiqildi. Ayniqsa, xorijiy tillarni puxta oʻzlashtirish orqali yoshlarning xalqaro mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.

    Maʼlumot oʻrnida: Germaniyaning «Prosika» kompaniyasi bilan hamkorlikda joriy yil 3 ming, 2030 yilgacha jami 50 ming nafar yoshlarni ushbu loyiha orqali nufuzli nemis kompaniyalariga ishga yuborish reja qilingan.

Image

    Sardor Rajabov Qarshi davlat texnika universitetda yangidan bunyod etilgan Muhandislik ilmiy-ishlab chiqarish markazi (Fab-lab) faoliyatini ham oʻrgandi.

    Markazning laboratoriya va ishlab chiqarish sexlari faoliyati atroflicha koʻzdan kechirildi. Xususan, “Energo Control Lab” energiya audit markazi, Yongʻin oʻchirish qurilmasini taʼmirlash va toʻldirish sexi, Mexatronika va robototexnika laboratoriyasi faoliyati oʻrganildi. Yoshlarning innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, ularni amaliyotga joriy etish va tijoratlashtirish masalalari muhokama qilindi.

    Image

    Muhandislik ilmiy-ishlab chiqarish markazida “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tadbiri tashkil etildi.

Image

    Uchrashuvda mamlakatimiz taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, iqtidorli yoshlarning ulkan yutuqlari, muhandis kadrlarni tayyorlash istiqbollari haqida soʻz yuritildi. Oʻz navbatida, yoshlar tomonidan takliflar, mulohazalar bildirildi.

   Image

    Tashrif yakunida masʼullarga markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, ilmiy ishlanmalarni qoʻllab-quvvatlash va ularni amaliyotga joriy etish samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.