Neft-gaz va geologiya fakulteti faollar zalida “Taʼlim muassasasida xavfsiz va oʻzaro hurmatga asoslangan muhitni shakllantirish omillari” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbirda yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Abror Murtazayev, rektor maslahatchilari Nasim Joʻrayev, Gavhar Eshonqulova, boʻlim boshliqlari, dekanlar, kafedra mudirlari, professor-oʻqituvchilar va psixologlar ishtirok etdilar.

Muloqot davomida universitetda xavfsiz muhitni shakllantirish omillari, odob-axloq meʼyorlariga amal qilish masʼuliyati, talabalar ruhiyatidagi oʻzgarishlarni erta aniqlash, individual suhbat usullaridan foydalanish afzalliklari haqida soʻz yuritildi. Yoshlarni turli tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishga qaratilgan targʻibot ishlarini kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
