STIPENDIYA TANLOVI GʻOLIBLARI ANIQLANDI

STIPENDIYA TANLOVI GʻOLIBLARI ANIQLANDI

STIPENDIYA TANLOVI GʻOLIBLARI ANIQLANDI

    11 nafar talabamiz “Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi” MChJ stipendiya dasturi gʻolibi boʻldi!

    “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MChJ tomonidan malakali kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “Stipendiya dasturi”ning Qarshi davlat texnika universiteti va Qarshi davlat universitetidagi navbatdagi tanlovlari muvaffaqiyatli yakunlandi.

    2025/2026-oʻquv yili uchun tashkil etilgan tanlovda energetika, texnologik jarayonlar, avtomatika, kimyo va neft-gazga oid yoʻnalishlarda tahsil olayotgan 4-bosqich va magistratura mutaxassisligi talabalari ishtirok etdi. Tanlov ikki bosqichda – yozma test va suhbat jarayonlari orqali baholandi.

    Natijada 16 nafar talaba dastur gʻolibi deb topildi. Gʻoliblarning 11 nafari Qarshi davlat texnika universiteti talabasi ekanligi – quvonarli hol. Ular bilan tanishing.

    Elektr energetikasi yoʻnalishi:

    - Togʻaymurodov Bunyod Shuhrat oʻgʻli

    - Izbosarov Erkin

    - Xolmanov Umidjon Vasil oʻgʻli

    - Rizaqulov Maʼzirjon Maʼrifjon oʻgʻli

    Energetika muhandisligi yoʻnalishi:

    - Hamroyev Shirinbek Gʻulom oʻgʻli

    - Sharifov Rustam Rustamovich

    Yuqori molekulyar birikmalar yoʻnalishi:

    - Toʻychiyev Ogʻabek Sunnatullo oʻgʻli

    Neft va gazni qayta ishlash yoʻnalishi:

    - Qilichov Xudoyberdi Toʻra oʻgʻli

    Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish yoʻnalishi:

    - Qarshiyev Asadbek Azamat oʻgʻli

    Texnologik mashinalar va jihozlar yoʻnalishi:

    - Aralov Bekzod Akbar oʻgʻli

    - Qarshiyev Otabek Olimjon oʻgʻli

    Shuningdek, sinovlarda faol ishtiroki va tashabbuskorligi bilan ajralib turgan 26 nafar talaba “Faol ishtirokchi” sifatida eʼtirof etildi. Ular orasida Qarshi davlat texnika universitetidan 17 nafar talaba ham bor.

    Gʻolib va faol ishtirokchilarni samimiy muborakbod etamiz! Ularning ilm yoʻlidagi izlanishlari va kelajakdagi faoliyatlarida ulkan yutuqlar tilaymiz!