Qarshi davlat texnika universiteti neft va gaz konlarini oʻzlashtirish hamda ishlatish yoʻnalishi tayanch doktoranti Sohibnazar Omonov ayni paytda Vengriyaning Budapesht shahridagi Kodolani Yanos universitetida qisqa muddatli ilmiy-amaliy stajirovka dasturida ishtirok etmoqda.
Sohibnazar Omonov stajirovka davomida neft va gaz konlarini ishlatish sohasidagi ilgʻor yondashuvlar, raqamli texnologiyalar asosida olib borilayotgan tajribaviy mashgʻulotlar hamda energetika boʻyicha zamonaviy ilmiy ishlanmalar bilan tanishmoqda.



Shuningdek, Sohibnazar Omonov ishtirokida Qarshi davlat texnika universiteti va Kodolani Yanos universiteti hamkorligida Erasmus+ dasturi doirasida talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvi hamda “Summer/Wинтер School” dasturlarini yoʻlga qoʻyish yuzasidan muzokaralar olib borildi.


Bundan tashqari, “Wорк and Travel” dasturi boʻyicha Ruminiya oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi. Bu QarDTU talabalarining Yevropa universitetlarida oʻqish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.