Har yili, anʼanaga koʻra, qishki taʼtil davrida institut professor-oʻqituvchilari va xodimlari oʻrtasida bir necha sport turlari boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqalari oʻtkaziladi. Bu yil ham shunday boʻldi.

Bugun boshlangan turnirlarda mini futbol, shaxmat va shashka bellashuvlari boʻlib oʻtdi. Gʻolib va sovrindorlar nomi maʼlum boʻldi.

Mini futbol musobaqasida bu yil Irrigatsiya muhandisligi fakulteti jamoasi bosh sovringa munosib boʻldi. “Irrigatorlar” finalda Transport va qurilish muhandisligi fakulteti jamoasini 3:2 hisobida magʻlub etdilar. 3-oʻrin Energetika muhandisligi fakulteti futbolchilariga nasib qildi.

Shaxmat va shashka boʻyicha bellashuvlar ham ancha qiziqarli kechdi. Erkaklar va ayollar oʻrtasidagi bahslarda 12 nafar ishtirokchi gʻolib va sovrindor sifatida eʼtirof etildi.

Shaxmat (erkaklar):
1-oʻrin: Yunus Ochilov (Energetika muhandisligi fakulteti, oʻqituvchi).
2-oʻrin: Otabek Azimov (Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt fakulteti, tyutor).
3-oʻrin: Toʻlqin Primov (Energetika muhandisligi fakulteti, katta oʻqituvchi).

Shaxmat (ayollar):
1-oʻrin: Shahnoza Rustamova (Irrigatsiya muhandisligi fakulteti, oʻqituvchi).
2-oʻrin: Matluba Eshmirzayeva (Neft-gaz va geologiya fakulteti, dotsent).
3-oʻrin: Musaffo Aliyeva (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti, oʻqituvchi).

Shashka (erkaklar):
1-oʻrin: Shuhrat Qurbonov (Energetika muhandisligi fakulteti, katta oʻqituvchi).
2-oʻrin: Abdurazzoq Murodov (matbuot kotibi).
3-oʻrin: Komiljon Mirzayev (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti, dekan oʻrinbosari).
Shashka (ayollar):
1-oʻrin: Shoira Samadova (Energetika muhandisligi fakulteti, dotsent).
2-oʻrin: Feruza Qosimova (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti, katta oʻqituvchi).
3-oʻrin: Dilrabo Rahimova (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti, katta oʻqituvchi).

Gʻolib va sovrindorlarga universitet xodimlari va talabalari kasaba uyushmasi qoʻmitasining sovgʻalari topshiriladi. Taqdirlash marosimi ertaga oʻtkaziladi.