Viloyat hokimligi majlislar zalida "Raqamli transformatsiya sharoitida sunʼiy intellekt va zamonaviy raqamli texnologiyalarning samaradorligi hamda ularni joriy etishdagi muammolar va yechimlar" mavzusida oʻquv seminari oʻtkazildi.
Seminar mamlakatimizning raqamli transformatsiyasini qoʻllab-quvvatlash va zamonaviy texnologiyalarning ishlab chiqarish va xizmatlar sohasidagi samaradorligini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatli boʻldi.
.jpg)
Oʻquv seminarida Qarshi davlat texnika universiteti rektori Sherzod Neʼmatov “Raqamlashtirish davri: raqamli texnologiyalarning bugungi kundagi roli” mavzusida maʼruza qildi.
.jpg)
Maʼruzada raqamli texnologiyalarning bugungi kundagi roli va sunʼiy intellektdan foydalanish imkoniyatlarini oshirishning ahamiyati haqida soʻz yuritildi. Xizmat koʻrsatish tezkorligini yaxshilash, boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash, iqtisodiy samaradorlikni koʻtarish afzalliklari eʼtirof etildi.

Shuningdek, maʼruzada raqamli transformatsiyani rivojlantirishdagi muammolar haqida maʼlumot berildi, ularning yechimi yuzasidan takliflar bildirildi. Raqamli infratuzilmani modernizatsiya qilish omillari sanab oʻtildi.