QARSHI DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI – 1 YOSHDA!

QARSHI DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI – 1 YOSHDA!

QARSHI DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI – 1 YOSHDA!

    Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar!

    Aziz talaba-yoshlar, qadrli jamoa!

    Bugun – universitetimiz tarixida muhim kun.

    Bundan roppa-rosa bir yil ilgari, 2024-yilning 10-dekabr sanasida Prezidentimizning “Qarshi davlat texnika universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 428-sonli qarori imzolangan edi.

    Bir yil! Tarix silsilasida, asrlar zamirida soniyachalik ahamiyat kasb etsa-da, universitetimiz uchun oʻziga xos sinov, masʼuliyat, izlanish, yuksalish davri boʻldi.

    Ushbu qisqa davr ichida dastlabki natijalar boʻy koʻrsata boshladi. Universitet jamoasi toʻliq shakllandi, maqsad va kelajak rejalarimiz aniq belgilab olindi. Xalqaro hamkorlik koʻlami va geografiyasi kengaydi. Nufuzli korxonalar bilan hamkorligimiz mustahkamlandi. Professor-oʻqituvchilarimiz va iqtidorli talabalarimiz xalqaro tanlovlarda gʻolib va sovrindor boʻldilar.

    Yutuqlarimiz – zalvorli, maqsadimiz – ulugʻ, shijoatimiz – shaxdam. Biz birgalikda bundan-da yuksak marralarni zabt etishimizga ishonaman.

    Bayramlar barchamizga muborak boʻlsin!

    Hurmat bilan,

    Sherzod Neʼmatov,

Qarshi davlat texnika universiteti rektori