13-dekabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Taʼlimda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash va ulardan samarali foydalanish” mavzusida rektorlar forumi boʻlib oʻtdi.

Forumda rektor Sherzod Neʼmatov hamda Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt fakulteti dekani Salim Norqobilov ham ishtirok etdilar.
.jpg)
Anjumanda oliy taʼlim tizimida sunʼiy intellektdan samarali foydalanish, uning taʼlim sifatini oshirishdagi ahamiyati haqida fikr yuritildi, talabalarni baholashda sunʼiy intellekt joriy etilishi haqida taklif va tavsiyalar berildi.

Forum doirasida Oʼzbekiston Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohat tashkil etildi. Markazda insoniyat taraqqiyotining barcha davrlari golografik videoroliklar orqali namoyish qilindi.

Tadbir ishtirokchilari buyuk allomalarimiz, nodir tarixiy qoʻlyozma va osori atiqalar, islom dinining Markaziy Osiyoga kirib kelishi, Birinchi renessans davrining boshlanishi haqida koʻplab maʼlumotlardan xabardor boʻldilar.